|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 54/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Regional taqqoslash region yoki sedimentatsiya (cho’kish) havzasida kesimni stratigrafik nuqtai nazardan ajratish, xarakterli litologik-stratigrafik majmualarning qatlamlanish izchilligini, qatlarning yotishida tanaffuslar va nomuvofiqliklar borligini aniqlash maqsadida bajariladi. Bunda paleontologik ma’lumotlar asosida solishtirilayotgan yotqiziqlarning biostratigrafik nuqtai nazardan o’xshashligini aniqlash muhim hisoblanadi.
Regional taqqoslashdan olingan natijalardan qidiruv ishlarida unumli foydalaniladi va ular umumiy taqqoslash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
5.1.2. Umumiy taqqoslash
Burg’ quduqlarining kesimi va umuman kon bo’yicha tog’ jinslarining tarkibining, tuzilishining va boshqa xususiyatlarining o’zgarishini o’rganish maqsadida quduq kesimlari taqqoslanadi. Umumiy taqqoslashda konda qazilgan burg’ quduqlari kesimlarida tayanch qatlamlar (va gorizontlar) ajratiladi, ularning yotish chuqurligi aniqlanadi, bir xil nomdagi qatlamlar ajratilib, turli yo’nalishlarda ularning qalinligi, litologik tarkibining o’zgarishi va fatsial o’zgaruvchanligi belgilanadi, shuningdek, qatlamlarning geologik tuzilishining maydon bo’ylab o’zgarishi o’rganiladi. Bunda quduq kesimlari bir yoki bir necha gorizontlar (yoki belgili qatlamlar) bo’yicha solishtiriladi.
Belgili qatlamning qalinligi maydon bo’ylab bir xilda saqlangan bo’lishi mumkin. Kesimlarni ishonchli taqqoslash tadqiq qilinayotgan kesimlarda aniqlangan belgili gorizontlarning ko’pligiga bog’liq.
Umumiy taqqoslashni stratigrafik, elektrik yoki radioaktiv belgili gorizontlar, belgili qatlamlar va kuzatuv ma’lumotlari majmui (shlam va mikrofaunani o’rganish, mexanik karotaj va sh.k.) bo’yicha ham bajarish mumkin. Kon sharoitida umumiy taqqoslash 1:500 yoki 1:200 masshtabda o’tkazilgan standart elektr karotaj diagrammalaridan foydalanib bajariladi. Dastavval karotaj diagrammasiga boshqa tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar tushiriladi. Quduq kesimlari uning og’zidan to tubigacha solishtiriladi, bunda bir xil stratigrafik svitalar va litologik pachkalar maydon bo’ylab kuzatib boriladi. Natijada kon bo’yicha quduq kesimining geologik tuzilishi, unda uzilmali buzilishlarning va yuvilish yuzasining bor yoki yo’qligi, ayrim stratigrafik gorizont va litologik pachkalarning tuzilishi va qalinligining
o’zgarishi to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin bo’ladi.
5.1-rasmda Volga-Ural neft-gazli provintsiyasidagi Shkapov neft koni kesimining mahsuldor qismida qazilgan quduqlarning namunaviy karotaj diagrammalari taqqoslangani misol tariqasida keltirilgan. Diagrammada hamma quduqlarda yaxshi kuzatiladigan bir qator gorizontlar ajratilgan. Bunga kinov yotqiziqlari ostida joylashgan yupqa ohaktosh qatlami ham taalluqlidir. Jivet yarusi yotqiziqlari ustki qismidagi zohiriy qarshiliklar yuqori ko’rsatkichlarga ega. Uning ostidagi qalinligi 8-10 m bo’lgan «qora ohaktosh» deb atalmish ohaktosh qatlamining PS qiymatlari minimumga yaqin. Jivet yarusi yotqiziqlarining o’rta qismida yuqoridagi qatlamga monand ohaktoshlar mavjud bo’lib, qazilgan va taqqoslanayotgan hamma quduqlarda yaxshi kuzatiladi. Bu qatlamning PS egri chizig’i avvalgisidan ko’proq egilganligi bilan farqlanadi. YAna bir ohaktosh qatlami eyfel yarusi ustki qismida joylashgan.
|
| |