|
Burg’ilash jarayonida gaz-neftli gorizontlarni o’rganish, sinash va neft, gaz, suvdan namuna olish
|
bet | 51/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 4.5.4. Burg’ilash jarayonida gaz-neftli gorizontlarni o’rganish, sinash va neft, gaz, suvdan namuna olish
Quduqlarni burg’ilash jarayonida ochilgan gaz-neftli gorizontlarni, ulardagi neft va gazning tarkibi, xususiyatlari, joylashish sharoitlari va qazib chiqarish imkoniyatlarini o’rganishga ahamiyat beriladi. Bunday tadqiqotlar kernda neft va gaz belgilari borligini aniqlashga yo’naltirilgan bo’lib, kon-geofizikasi kuzatuvlari bilan birga olib boriladi.
Germetik tuzilgan, olib qo’yiladigan (echiladigan) namunaolgich yordamida burg’ilash quvurlari birikmasini ko’tarmasdan turib, 3000-3500 m chuqurlikdagi mahsuldor qatlamdan neft-gazga to’yingan jinslarning tabiiy tuzilishini saqlagan holda kern olish va uni tezlikda yer yuzasiga chiqarish mumkin.
Quduq burg’ilash jarayonida ochilgan mahsuldor qatlamda suyuqlik va gaz oqimini jonlantirish, qatlamdagi suyuqlik va gazdan namuna olish, neft va gazning fizik parametrlarini aniqlashda qatlam sinagichi asbobi (namunaolgich) dan foydalaniladi. Qatlam sharoitida (qatlam bosimi va temperaturasi saqlangan holda) olingan namuna ishonchli hisoblanadi. Namunaolgichning chuqurlikdan (quduq ichidan) va qatlamni sinash chog’ida quduq tubi zonasidan oladigan xillari mavjud. Birinchi xil namunaolgich quduqqa metall trossda, lebyodka bilan (1500 m chuqurlikkacha qo’lda harakatlantirilib, undan u yog’iga 7000 m gacha mexanizm yordamida) tushiriladi, ikkinchi xili qatlamlarni sinash moslamalari bilan birga tushiriladi. CHuqurlik namunaolgichi qatlam bosimi 30 MPa gacha va temperaturasi
1200S (ochiq kamerali) va 1000S gacha (yopiq kamerali) bo’lgan flyuidlardan namuna olishga mo’ljallangan.
Qatlamning mahsuldorligi burg’ilash quvuriga kirgan suyuqlik miqdori, quvurni to’lish muddati, qatlamdagi va burg’ilash quvurlaridagi bosimning farqiga qarab baholanadi.
Qatlamni sinashda avval qatlam sinagichi asbobining hamma elementlarining va
burg’ilash quvurlari birikmasining germetikligi tekshiriladi. Sinash chog’ida quduqdagi suyuqlik sathining barqarorligi kuzatib boriladi, agar uskunalar etarli darajada germetiklikka ega bo’lmasa, quvur ichiga yuvuvchi suyuqlik kirishi, natijada qatlamga bo’ladigan bosim miqdorining ortishi va o’z navbatida qatlamdagi suyuqlikning quduqqa kirib kelishi qiyinlashishi mumkin.
Odatda qatlam sinagichi quduq tubida 25-30 minut tutib turiladi. So’ng uni quduqdan chiqarib olib, quvur ichiga kirgan suyuqlik hajmi va uning sifati aniqlanadi. Katta chuqurlikda joylashgan qatlamlarni sinashda quvurni ezilish va qiyshayishdan asrash maqsadida ichiga suv, neft yoki gil eritmasi quyiladi. Quvur ichiga qatlamdan kirayotgan suyuqlik miqdorini aniqlashda avval quyilgan suyuqlik hajmi ham hisobga olinadi.
Shuningdek, burg’ilash chog’ida quduqda suv, neft yoki gaz oqimlari namoyon bo’lsa, ulardan laboratoriya tadqiqotlari uchun namunalar olinadi.
Gil eritmasidagi suvni kimyoviy tadqiq qilish orqali quduqda ochilgan suvli gorizontlar to’g’risida fikr yuritish mumkin. Buning uchun gil eritmasidan olingan namunani xomsurpdan tayyorlangan qopchada suzib, menzurka (o’lchovli shisha idish)ga quyiladi, so’ngra Bome areometri (suyuqlikning zichligini, solishtirma og’irligini o’lchaydigan asbob) yordamida suvning sho’rligi (100 sm3 suvdagi tuzlar miqdori grammda) aniqlanadi. Quduqqa kirib borayotgan gil eritmasidan va quduq ichidan olingan namuna ma’lumotlarini solishtirib, quduqqa qatlamdan chiqib qo’shilayotgan suvlar sho’rligi to’g’risida fikrlash mumkin. Qo’shilayotgan suvlar xususiyatlarini o’rganish uchun quduqqa kirayotgan va undan chiqib ketayotgan gil eritmasidan namuna olib, laboratoriyaga yuborish kerak. Suvning to’liq kimyoviy tahlili uchun 1 l suv namunasi olinadi.
Neft konlaridagi suvlarning nisbiy zichligi ds suv harorati 15,50S bo’lganda uning sho’rlanish (0Ve da) dalillari asosida hisoblanadi:
145 .
dс 1450Be
Agar quduqda neft namoyonlansa namuna olib, unga quduq raqami, quduq tubining chuqurligi, namuna olingan gorizont, vaqt va kim tomonidan olinganini yozib, laboratoriyaga yuboriladi. Tahlil uchun 2-3 l neft olinadi.
Ko’pincha korxonaning geologiya bo’limida namunani laboratoriyaga yuborishdan avval 15,50S da neft zichligi neft uchun darajalarga bo’lingan (0Ve da) areometr yordamida aniqlanadi, shuningdek, emperik tenglama orqali hisoblanadi:
140 .
dн 130 0Bе
Agar quduqda gaz oqimi namoyonlansa, undan tahlil uchun namuna olinadi. Burg’ilash eritmasidan gaz voronka yordamida olinadi. Voronka quduqdan chiqayotgan eritma oqimi ustiga keng tomoni bilan qo’yilib, eritmaga biroz botiriladi. Voronkaning ingichka tomoniga rezinali naycha qotiriladi, naychaning ikkinchi uchi suv bilan to’ldirilib, suv solingan idishga to’nkarilib o’rnatilgan butilka teshigiga kiritib qo’yiladi. Burg’ilash eritmasidagi gaz voronka va rezina naycha orqali asta-sekin butilkaning yuqori qismida to’plana boshlaydi. Butilkada biroz suv qolganda uning bo’g’zi suv ostida rezina tiqin bilan yopiladi. Gazi uchib ketmasligi uchun butilka laboratoriyaga tahlil qilishga to’nkarilgan holatda yuboriladi. Olinayotgan namuna sof bo’lishi uchun voronka va rezina naycha gaz bilan yuviladi va undan keyin butilka ichiga kiritiladi.
Burg’ilash jarayonida gaz namunasini olish, uni tahlil qilish gaz karotaji yordamida amalga oshiriladi.
|
| |