|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 50/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiQuduqni o’zlashtirish. Neft va gaz quduqlarini ishlatishga topshirishdan oldin qatlamdagi suyuqlik yoki gaz oqimini harakatga keltirish lozim. Qatlamdagi neft va gaz oqimini quduq tomon harakatlnishi uchun undagi gidrostatik bosim qatlamdagi bosimdan kam bo’lishi kerak. Qatlam flyuidlarining quduqqa kirib kelishi ko’pgina xollarda qatlamga shimilgan gil eritmasi zardobining va qumning miqdoriga hamda quduq tubining tozaligiga bog’liq. Shu sababli, quduqqa suyuqlik yoki gaz oqimini keltirish uchun quduqni zichligi kam bo’lgan suyuqlik va havo (gaz) bilan yuvish yoki quduqdagi suyuqlik sathini pasaytirish lozim. Quduq filtrgacha (quvurning teshilgan joyigacha) tushirilgan nasos-kompressor quvurlari birikmasi orqali yuviladi.
Qatlam bosimi bilan quduq tubi bosimidagi farq qanchalik katta bo’lsa, qatlamdan quduqqa suyuqlik va gaz shunchalik shiddat bilan kirib keladi. Qatlam bosimi yuqori bo’lgan (favvorali) quduqlarni o’zlashtirishda ham suzg’ichgacha nasos-kompressor quvurlari tushiriladi va uning og’ziga favvoraviy armatura o’rnatiladi. So’ngra ishlatish kolonnasi bilan ko’targich quvurlari oralig’iga suv haydaladi. Gil eritmasi suv bilan siqilib, ko’targich quvurlari orqali yer yuzasiga chiqadi. Agar bu usulda favvoralanish yuz bermasa, u holda suv neft bilan almashtiriladi. Shunda ham favvoralanish yuz bermasa, unda quduqqa havo yoki gaz haydaladi. Qayd qilingan metodlarni qo’llash natija bermasa, kompressor yordamida quduqdagi suyuqlik sathi pasaytiriladi.
Kuchsiz sementlangan jinslardan tarkib topgan qatlamlardagi hamda ostki suvlari bo’lgan ob’ektlardagi quduqlarni o’zlashtirishda qatlamga beriladigan bosimni keskin kamaytirmaslik kerak. Gaz quduqlarini o’zlashtirishda gaz oqimini vujudga keltirishdan avval quduq tubini tozalash maqsadida (agar quduqdagi gidrostatik bosim qatlam bosimidan pasayib ketishi oqibatida gaz otqini hosil bo’lish havfi bo’lmasa) gil eritmasi suv bilan almashtiriladi. SHundan so’ng quduqqa favvoraviy quvurlar birikmasi tushiriladi, u orqali quduq tubidan og’zi tomon gaz harakatlanadi. Favvoraviy quvurlar quduqqa tushirilmagan bo’lsa, gaz oqimini jonlantirish quduqdagi suyuqlik sathini pasaytirish orqali amalga oshiriladi, bunda qatlam va quduq tubi bosimlarining farqi quduq tubi devoridagi gil qobiqni buzishga va quduqdagi suyuqlik ustuni bosimidan ustun kelishi uchun etarli bo’ladi, bunday sharoitlarda qatlamdan gaz oqimi quduq tomon harakatlanadi. Gaz oqimi harakatlana boshlaganda suyuqlik sathini pasaytirish to’xtatiladi va quduqda qolgan suyuqlik havo oqimi bilan yer yuzasiga chiqarilib, quduq tozalanadi. Favvoraviy quvurlar birikmasi tushirilgan bo’lsa, gaz qudug’ini jonlantirish siqilgan havo yoki gaz bilan siqish orqali amalga oshiriladi.
Haydash quduqlarini o’zlashtirish jarayoni quduqlarda neft va gaz oqimini harakatga keltirish ishlaridan farqlanadi. Bunday quduqlarning asosiy vazifasiga rejalashtirilgan hajmdagi suvni qatlamga haydash kiradi. SHunga ko’ra haydash quduqlarini o’zlashtirish juda murakkab bo’lib, quduq tubi zonasini turli cho’kindilardan tozalash, xlorid kislota bilan qayta ishlash tadbirlari ko’rilgandan so’ng ham ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. U vaqtda quduqning suyuqlik qabul qilaolishini oshirish uchun qatlamda gidravlik yorish, qum-suvli perforatsiyalash, torpedalash va sh.k. ishlar amalga oshiriladi.
Amaliyotda qatlam bosimi past bo’lgan zonalarda joylashgan quduqlarni o’zlashtirish oson kechadi. Shu sababli quduq o’zlashtirilayotgan maydondagi qatlamlar bosimini pasaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi, buning uchun quduqni o’zlashtirish boshlangunga qadar qo’shni haydash quduqlariga suyuqlik haydash to’xtatiladi.
Ishlatish quduqlarini o’zlashtirishda neft, gaz va suv quduqda namoyonlanganda ulardan laboratoriya tadqiqotlari uchun namuna olish zarur.
|
| |