Mustahkamlash quvurlarini perforatsiyalash




Download 11,69 Mb.
bet49/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Mustahkamlash quvurlarini perforatsiyalash. Quduqqa mustahkamlash quvurlari tushirilgandan va sementlangandan so’ng neft va gaz oqimini vujudga keltirish uchun mahsuldor qatlam bilan quduq orasidagi o’zaro bog’liqlikni (agar quduq tubigacha ishlatish quvurlari birikmasi tushirilgan yoki mahsuldor qatlam qarshisiga sementlangan xvostovik o’rnatilgan bo’lsa) tiklash zarur. So’ngra qatlamdan quduqqa gaz (yoki neft) kirib kelishi uchun quduqni to’ldirib turgan yuvuvchi suyuqlik ustunidan bo’ladigan bosim miqdorini qatlam bosiminikidan kamaytirish lozim.
Mahsuldor qatlam bilan quduq orasidagi aloqa unga tushirilgan mustahkamlash quvurlari birikmasini va sement halqani teshish orqali o’rnatiladi. Bu jarayon quvurlar birikmasini perforatsiyalash deb nomlanadi.
Hozir quvurlarni perforatsiyalashning turli usullari mavjud. O’qli teshgich yordamida teshik hosil qilishda poroxli zaryadlar yordamida otiladigan po’lat o’qlar bilan mustahkamlovchi quvurlar birikmasi va sement halqa teshiladi. Bu maqsadda maxsus apparatlar ― teshgich (AXP, PPZ, SSP va TPK) lardan foydalaniladi.
Quvurlarni perforatsiyalashning torpedali usulida yig’ma yo’naltirilgan torpedalar va portlovchi umumiy ta’sirli torpedalardan foydalaniladi. Qatlamdagi flyuid oqimini jonlantirish maqsadida unga bosim akkumulyatori va bosim poroxli generatori yordamida termogazkimyoviy ta’sir qilish ham quvurni torpedalash usulining bir ko’rinishidir. Poroxning yonishidan hosil bo’lgan gazlar qatlam ichiga quduqdagi suyuqlikni haydaydi, suyuqlik jinslardagi tabiiy darzliklarni kengaytiradi
(uzunligi 1 m ga etadi) va yangilarini hosil qiladi. Suvli va neftli gorizontlar oralig’iga o’rnatilgan sement halqa (suvto’sgich) qalinligi kam bo’lganda hosil bo’lgan darzliklar orqali suv neft qatlamiga o’tishi mumkin. SHu sababli sement halqani darzlanishdan saqlash maqsadida uni teshishni sementlash tugagandan 6-10 soat keyin amalga oshirish mumkin. Qatlamlarni ochishda, shuningdek, portlovchi (fugas) torpedalarining (yer yuzasi va suv ostida portlaydigan portlovchi moddalar zaryadi) TSH va TSHT turidagi shashkali torpedalaridan ham foydalaniladi. Qatlamni sifatli ochishda zaryad diametrining quvur diametriga nisbati 0,3-0,34 bo’lgan zaryadlar ishlatiladi.
O’qsiz perforatsiyalash kumulyativ (yo’naltirilgan) zaryadlar yoki qumli suyuqlik oqimi (qum-suv oqimli perforatsiyalash) yordamida amalga oshiriladi.
Yo’naltirilgan perforatsiyalashda quvurlar birikmasi devoriga va sement halqaga maxsus zaryadlarning portlashidan hosil bo’lgan yo’naltirilgan gaz oqimi va erigan metallar borib uriladi. Bu oqim katta teshuvchi kuchga ega bo’lib, mustahkamlovchi quvurlar birikmasida va sement halqada teshiklar hosil qiladi. Bundan tashqari, qizigan gaz oqimi qatlamga kirib, quduq tubi zonasidagi jinslarda uzun kanallar hosil qiladi va ularning filtratsiya xususiyatlarini yaxshilaydi.
Keyingi yillarda quvurlarni qum-suv oqimli teshgich yordamida perforatsiyalash keng tarqaldi. Ayniqsa ko’p kolonnali konstruktsiyaga ega bo’lgan quduqlarni perforatsiyalashda hamda qatlamni gidravlik yorishda va quduq tubi zonasiga kislota bilan ishlov berishda bu usulning imkoniyatlari ko’pligi ma’lum bo’ldi. Qum-suv oqimli teshgich yon devori yuzasida qattiq qotishmali uchliklar joylashtirilgan qalin quvurdan iborat. Bunday uchliklardan yuqori tezlikda chiqayotgan qum tashuvchi suyuqlik oqimi mustahkamlovchi quvurda, sementli halqada va tog’ jinsida teshiklar ochadi.
Quvurni perforatsiyalashning o’qsiz usuli hozirgi vaqtda amaliyotda o’qli va torpedali perforatsiyalash usullarining o’rnini to’liq egalladi. Quvurning 1 m uzunligidagi teshiklar zichligi (1 m intervaldagi teshiklar soni) quduq mahsuldorligiga to’g’ri proportsionaldir. Quvurdagi teshiklar sonini tanlashda mahsuldor qatlamni tuzuvchi jinslarning tarkibiga va ularning kollektorlik xususiyatlariga e’tibor beriladi. Bo’sh qumlardan tarkib topgan va yaxshi o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan qatlamlar qarshisidagi teshiklar zichligi kichik (1 m intervalda 4-6 ta teshik) bo’ladi. Turli tarkibli zich tuzilgan jinskollektorlar qarshisida teshiklar zichligi ortadi.
Quvurlar teshiladigan intervallar chuqurligi va teshiklar soni burg’ilash korxonasi bosh geologi farmoyishi bilan belgilanadi va amalga oshiriladi.
Teshiladigan interval chuqurligini aniqlash muhim bo’lib, noaniq bajarilgan ishlar mahsuldor qatlamning ochilmay qolishiga sabab bo’ladi. Quvurni perforatsiyalash oralig’i chuqurligini aniqlash ishonchliligi kon-geofizik tadqiqotlarinikidan yuqori bo’lmog’i lozim. Xatolik 2000 m gacha chuqurlikda 1,0 m dan, 2000 m dan chuqur quduqlarda 1,5 m gacha bo’lishi mumkin.
Mahsuldor qatlamlar 3500 m dan chuqurda joylashganda quduqni perforatsiyalash oralig’ini belgilash aniqligi ko’pgina hollarda etarli bo’lmaydi, ayniqsa qatlam qalinligi kam bo’lsa, xatolik yanada oshadi. Mahsuldor gorizontning joylashish chuqurligini aniqlash ishonchliligini oshiradigan maxsus metod mavjud bo’lib, u «radioaktiv reper metodi» deb nomlanadi. Bu metodga ko’ra o’z-o’zidan qutblanish (PS) va solishtirma qarshilik (KS) egri chiziqlarini yozish jarayonida tarkibida ma’lum miqdorda radioaktiv moddalar bo’lgan maxsus o’q otiladi, o’q otilgan joy diagrammada qayd qilinadi. O’q quvur teshiladigan joydan 30-70 m masofada otiladi. Perforatsiyalash ishlarini bajarishdan avval gamma-karotaj metodi bilan radioaktiv o’qning joylashgan o’rni belgilanadi va kabelga maxsus belgi qo’yiladi. Quvurni perforatsiyalash oralig’ining chuqurligi va keyin bajariladigan hisoblashlar shu belgidan olinadi.
Bu metod yordamida 3500 m dan chuqur quduqlarda qatlam joylashgan intervallar 10-20 sm gacha aniqlikda topiladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustahkamlash quvurlarini perforatsiyalash

Download 11,69 Mb.