Kukun kompozitsion materiallar reja




Download 0,57 Mb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi0,57 Mb.
#101728
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kukun kompozitsion materiallar reja (1)


Mavzu:№9 KUKUN KOMPOZITSION MATERIALLAR
Reja
1. Kukun kompozitsion materiallaming klassifikatsiyasi, xossalari va qo‘llanilishi
2. Kukun kompozitsion materiallarga qo‘yiIadigan asosiy talablar.
3.Kompozitsion kukun materiallarning qisqacha xarakteristikasi
Kompozitsion material deb: bir-biri bilan aniq chegaraga, keskin farqlanuvchi kimyoviy tarkib va xossalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq komponentga, komponentlaming materialda taqsimlanishi va joylashishi oldindan rejalashtirilgan tartibga ega bo‘lib, mikromasshtab darajada strukturasi har xil ammo makromasshtab darajasida esa bir xil strukturaga ega bo‘lgan materialga aytiladi. Bunda kompozitsion material ikkita matritsa va mustahkamlovchi komponentlardan tashkil topgan bo‘lib ularga qo‘yiladigan asosiy talab matritsa va mustahkamlovchi hech qachon kimyoviy ta’sirla- shuvga ega bo‘lmasligi kerak.
Material yaratishning bunday yangi usulidan faydolanish negizida bir butun materialga bir vaqtning o‘zida bir nechta qarama-qarshi xossalami berish imkoniyatini hosil qilish ko‘zda tutilgan. Xozirgi paytda kompozitsion materiallar ishlab chiqarish sohasida keng qo‘llanilmoqda. Ular yuqori mustahkamlikka, pishiqlikka, toliqishdan sinishga yuqori qarshilik ko‘rsatish xossasiga, ichki va yig‘ilma kuchlanishlarga kam ta’sir ko‘rsatuvchi material hisoblanadi. Bundan tashqari, kompozitsion materiallar yuqori yeyilishga bardoshli, issiqlikka chidamli va bardoshli materiallar hisoblanadi. Shuning uchun bu materiallarga umumiy talablardan tashqari yana maxsus talablar: kichik zichlikda yuqori mustahkamlikga ega bo‘lishi, kichik nisbiy cho'zilishda yuqori plastiklikka ega bo‘lishligi, dinamik va termik yuklanishlarga bardoshli, strukturasini o‘zgartirish orqali xossalarini keng miqyosda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishligi talab etiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan talablarga javob beruvchi kompozitsion materiallami xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish mashina mexanizm, kosmos va aviasozlik sohalarida qo‘llash natijasida ulaming yuklama ko‘tarish qobiliyati, yuqori va past haroratlarga bardoshligi va kam og‘irlikka, yuqori ekspluatatsion mustahkamlikka hamda uzoq muddat turg‘un, benuqson ishlaydigan asbob-uskunalar transport va uchish apparatlarini ishlab chiqarish imkoniyatini tug‘diradi.

Download 0,57 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kukun kompozitsion materiallar reja

Download 0,57 Mb.