|
-rasm. Kompozitsiyaning: a - bir darajali vab-ko ‘p darajali deformatsiyalanib sinish egri chizig
|
bet | 5/5 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #101728 |
Bog'liq Kukun kompozitsion materiallar reja (1)2-rasm. Kompozitsiyaning: a - bir darajali vab-ko ‘p darajali deformatsiyalanib sinish egri chizig
Materialga berilayotgan kuchlanish yo‘nalishini tolaning yo‘nalishga nisbatan o‘zgartirilsa materialning sinish xarakteri to‘liq o'zgaradi, mustahkamligi esa pasayadi. Tola yo‘nalishi va kuchlanish ta'sir yo‘nalishi oralig‘idagi burchak 0 < 10° bo‘lsa (6.4-rasm), kompozitsiyaning sinishi undagi tolaning uzilishi natijasida sodir bo‘lib, materialning mustahkamligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda: cr° - kompozitsiyaning 0 = 0° ga teng paytdagi mustahkamligi Agar burchak qiymati 0 = 10-70° atrofida bo‘lsa, kompozitsiya sinishi matritsaning qo‘zg‘alishi natijasida sodir boiib, quydagi formuladan aniqlanadi: sin в cos в bunda: r„- matritsaning qo‘zg‘alishdagi sinish mustahkamligi.
Burchakning katta qiymatlarida kompozitsiyaning sinishi matritsaning tolaga nisbatan ko‘ndalang kesimidan uzilishi yoki tola va matritsaning ulangan chegara yuzasidan sodir bo‘ladi.
Bunda kompozitsiyaning mustahkamligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
Shunday kritik burchak borki = arctag^^- undan yuqorisi
kompozitsiya mustahkamligining keskin pasayishiga olib keladi.
Evtektik materiallar sinishi ham xuddi shu mexanizm bo‘yicha boradi. Negaki evtektik materiallarning mustahkamlovchisi juda mo'rt xossaga ega bo‘lgani uchun ular burchak o‘zgarishi bilan tezda sinadi va ulaming o‘mida plastik asosga ega bolgan matritsada bo‘shliqlar hosil boladi. Matritsaga ta’sir qilayotgan yukning ortishi natijasida qo‘zg‘alish kuchlanishidan sodir bolayotgan deformatsiyadan bo‘shliqlar bir-biri bilan bogManmaguncha kengayishda davom etib kompozitsiyaning sinishiga olib keladi.Yuqorida ko‘rib chiqilgan kompozitsiyaning mustahkamlanishi va sinish mexanizmi shuni ko‘rsatadiki, kompozitsiyaning mustahkamligi uni tashkil etuvchi alohida komponentlaming mustahkamligidan bir necha barobar yuqori boladi. Bundan tashqari, kompozitsiyaning mustahkamlanish effektini plastik xossaga ega bolgan matritsani dispersion mustahkamlash va yuqori bikrlik moduliga ega bolgan tolalami qolash orqali yanada oshirish imkoni boladi.
Kompozitsion kukun materiallarning qisqacha xarakteristikasi
Kukunli metallurgiya bilan detal va zagatovkalar uchun har xil kompozitsion materiallar olinadi. Maxsus fiziko-mexanikaviy va ekspluatatsion xossali kompozitsion materiallar ko‘p qollanilmoqda.
Ishqalanishga qarshi (antifriksion) metallokeramik material- lardan har xil sirpanish podshipniklar yasaladi.Bularda 10-35% gacha g‘ovak boladi. Metall bu yerda qattiq tashkil etuvchi.
G‘ovak yog‘, grafit yoki plastmassa bilan toldirilib, bular yumshoq tashkil etuvchilar hisoblanadi.
Yog‘ bilan to‘yintirilgan-shimdirilgan bunday podshipniklar moysiz bir necha oy ishlashi mumkin. Agar maxsus moy «cho‘ntaklar» qoldirilsa yog‘ zaxirasi uchun 2-3 yil ishlaydi.
G‘ovak ishqalanishiga qarshi materiallar uchun temir-grafit, temir-mis-grafit, bronza-grafit, alyumin-mis-grafit kompozitsi- yalari ishlatiladi. Bulaming foiz miqdori qo‘yilgan ekspluatatsion talablarga bogliq.
B.Ishqalanuvchi kompozitsion materiallar mis yoki temir asosida murakkab kompozitsiyalardir. Ishqalanish presslash (sovuq holda, issiq holda, gidrostatik) va prokatlash.
Press-formaga (2) kerakli miqdorda metall kukuni (3) tashlanadi, puanson (1) bilan presslanadi.
4-rasm. Sovuq holda presslash: a-bir tomonlama; b—ikki tomonlama
Presslash davrida kukun zarrachalari plastik va elastik deformatsiyalanadi, natijada zagatovkada ancha kuchlanish vujudga keladi. Shuning uchun zagatovka press-formadan chiqarilgach, o‘z olcham- larini elastik deformatsiya hisobiga o‘zgartiradi.
Kukun metallardan tayyorlangan detallarga qo‘yiladigan asosiy texnologik talablar
1.Detallar devorlarining keskin o'zgarmasligi (1:3) 6.7-rasm, b-d-e).
2.Detallarda uzun ortiklar, tor uzun ariqchalar, o‘tkir burchakli o‘tishlar bo‘lmasligi.
3.Presslash o‘qiga tik teshiklar, ariqchalar bolmasligi (6.7-rasm,a).
4.Teshiklar maxsus supachalargajoylashtirilsa, o‘tirish kamayadi.
Tayanch suzlar:
Stekloplastika, matritsa, sinchlovchi, puxtalovchi, toldirgich, tola bilan puxtalash, polimerli kompozitlar, bikirlik, mustahkamlik, plastiklik, bir o‘qli, ikki o‘qli va undan ortiq o‘qli, suyuq faza, yelimli, tebratgich tegirmonlari, futirovka, generator, konvertor, karbonil usuli, ishqalanishga qarshi, yuqori g‘ovakli, qattiq qotishma, metallokeramika, tolali kompozitsion material, presslash, eunker, juva, ikki katlamli material, supachalar, kimyo-termik, termomexanik ishlov.
Takrorlash uchun savollar
Kompozitsion materiallarning aviatsiyadagi o‘mi.
Materiallarning kukunlari qanday olinadi?
Tola bilan mustahkamlanish asoslari nimada?
Ikki xil materiali katlam buyum qanday olinadi?
|
| |