|
Avtomobilsozlikda yig’ish jarayoni Reja: Avtomobil zavodlarining turlari
|
bet | 1/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 77,23 Kb. | | #106221 |
Bog'liq Avtomobilsozlikda yig
Avtomobilsozlikda yig’ish jarayoni
Reja:
Avtomobil zavodlarining turlari.
Avtomobilsozlikda yig’ish jarayonining turlari.
Yig’uvning texnologik jarayoni va uning qismlari.
Yig’uvning tashkiliy shakllari.
Avtomobil zavodlarining turlari.
Avtomobil zavodlarining mahsuloti bu mexanizm yoki mashina murakkab ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo’lib, material va yarim fabrikatlarni tayyor mahsulotga aylantirishdir.
Texnologik jarayon ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib, bunda xom ashyoning asta-sekin o’zgarib borishi va bu jarayonni amalga oshirishda ishchining hamma harakatlarini kamrab oladi. Yig’ishning texnologik jarayoni bu detallarning ma'lum texnik va iqtisodiy maqsadga muvofiq holda uzlariga qo’yilgan talabga javob beradigan ravishdagi mashina va mexanizm xosil qilishdagi o’zaro birikishiga aytiladi. Agar mexanik ishlov va ko’pgina boshqa turdagi ishlov berishda texnologik jarayon tushinchasi detalga tegishli bo’lsa, yig’ish ishlab chiqarishida esa ikki va undan ortiq detallar birikmasiga tegishli bo’ladi. Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishida yig’ish jarayoni juda katta ahamiyatga ega. Avtomobilsozlikda umumiy mehnat sarfining 18...20% yig’ish jarayoniga to’g’ri keladi. Yig’ish jarayonining tarkibi esa quyidagicha mexanizatsiyalashgan qism 30...35, qo’l mehnati 65...70.
Mashinasozlikning progressiv shakllarini rivojlanishi, ya'ni ishlab chiqarishning iktisoslashuvi va bu jarayonning detallar va texnologiya bo’yicha keng miqyosda amalga oshuvi avtomobillar ishlab chiqarish jarayonini xususiy ishlab chiqarish jarayonlariga maydalash imkoniyatini yaratdi. Bu holda yakuniy mahsulot boshqa korxonalardan kelayotgan detal va agregatlar xisobiga yig’ish zavodlarining potok liniyalarida xosil qilinadi. Bu uz navbatida avtomobillar ishlab chiqarishni ko’paytiradi, ishlab chiqarishning samaraliroq shakllarini qo’llashga imkon beradi va nixoyat tayyorlash qiymatini kamaytirishga imkon beradi. Bug’ungi kunda avtomobil zavodlarining turlari quyidagi rasmda keltirilgan. (3-rasm)
Yig’uv korxonalarini tashkil qilish chet el sanoatida keng tarkalgan. Masalan, Amerikaning “ Kraysler ” firmasi 15 ta yig’uv zavodiga “Djeneral-Motors” firmasi esa 23 ta yig’uv zavodiga ega. Bundan tashqari AQShda 6 mingdan ortiqroq zavod avtomobillarning aloxida detallarini tayyorlaydi.
Avtomobilsozlikda oqilona yig’ilgan mahsulot ko’p xollarda uning ishonchliligi va ko’pga chidamliligini belgilashda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Mashinasozlikda asosiy ishlab chiqarish ob'ekti bu mashina, mexanizm va qurilmalar, ularning agregat va detallaridir. Mashinasozlik buyumlari uzlarining murakkabligi va tashkil etuvchilarining soniga ko’ra sodda, kompleks va qurilmalarga bo’linadi.
Sodda buyumlar faqatgina detallar va uzellardan tashkil topadi. Kompleks buyumlarga detal va uzellardan tashqari gruppalar ham kiradi. Qurilmalar sodda va kompleks buyumlar majmuasi bo’lib foydalanishiga qarab o’zaro elektr yoki boshqa aloqalar bilan birikkan bo’ladi.
3.1-rasm. Zavod turlari
|
| |