|
Avtomobilsozlikda yig’ish jarayoni Reja: Avtomobil zavodlarining turlari
|
bet | 4/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 77,23 Kb. | | #106221 |
Bog'liq Avtomobilsozlikda yigMoslab o’rnatish - mazkur operatsiyada yigilish jarayonini ta'minlash va keyingi yig’ishning borishini ta'minlash.
Uzlik yig’ish (собственно сборочные)- bu jarayonda aloxida detallardan uzellar va so’ngra mahsulot xosil bo’ladi.
Sozlash - detallarning uzellardagi va uzellarning mahsulotdagi xolatini aniqligiga erishish uchun amalga oshiriladi.
3.3. Yig’uvning texnologik jarayoni va uning qismlari.
Yig’uvning texnologik jarayonlariga tegishli asosiy tushunchalar quyida berilgan.
Yig’ish - buyumning tarkibiy qismlari birlashmasini xosil qilishdir. Bu ish aloxida detallar va yig’ma birliklarning zaruriy o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Yig’ish ob’ektiga qarab uzelli yig’ish va umumiy yig’ish bo’ladi.
Tarkibiy qismlarni yig’ish - uzelli yig’ish deyiladi. Bevosita buyumni yig’ish -umumiy yig’ishga kiradi.
Buyumni yig’ish bosqichi - buyum yoki uning tarkibiy qismi texnologik jarayoniga tegishli, yig’uv sxemasiga binoan ajratib ko’rsatilgan, tugallangan qismidir.
Yig’ishning texnologik jarayoni zagotovka yoki buyumning tarkibiy qismlari birlashmasini yaratishga va o’rnatishga tegishli xatti-xarakatlarni o’z ichiga oladi.
Yig’ish amali - zagotovka yoki buyumning tarkibiy qismlari birlashmasini yaratish va o’rnatishning texnologik amalidir. Yig’ish amali bitta yig’ma birlik ustida bo’ladigan hamma xatti-xarakatlarni qamrab oladi. Masalan, val uchiga qo’yilgan podshipniklarni urib (presslab) o’rnatish bir yoki ikki amalda bajariladi. Podshipniklarni oldinma-keyin valning bir tomonidan, keyin ikkinchi tomonidan presslab o’rnatish ikki o’tishda bajarilgan bitta amalni bildiradi. Agar podshipniklar o’rnatiladigan bir to’p vallarning hammasiga dastlab bir tomonidan podshipnik o’rnatilib, keyin ikkinchi tomonidan o’rnatilsa, bunday yig’uv, xar biri bitta o’tuvda bajarilgan ikki amaldan iborat bo’ladi. Yig’uv usullari ko’pincha bir vaqtda bajariladi.
3.4. Yig’uvning tashkiliy shakllari.
Mashinasozlikda yig’iladigan buyumlarni tashish turiga qarab ko’chmas va qo’zg’aluvchan shakllarda yig’uv ishlari bajariladi. Boshqacha aytganda, bir yerda, ko’zg’almay turib yoki harakat davomida yig’ish shakllari mavjud. Yig’uvning u yoki bu shaklini tanlash mashinalarni ishlab chiqarish xajmiga bog’liq. Avtomobilsozlikda konveyer usulida (shaklida) yig’ish rasm bo’lgan. Yig’iluvchi buyum bitta yig’uv joyidan ikkinchisiga transport vositasida uzatiladi. Bu vosita faqat amallar orasida bog’lovchilik qiladi. Uzellar yig’iladigan ba’zi hollarda, ularni joydan joyga plastinkali va aravachali konveyer yordamida ko’chiriladi. Yig’ma birlikni yoki buyumni vaqti-vaqti bilan yurgizib turadigan konveyerdan foydalanganda yig’ish ishlari konveyer to’xtagan paytda bajariladi. Yig’iluvchi ob’ektning har galgi surilishida yig’uv postiga konveyerning oxirgi pozitsiyasidan bitta yig’ma buyum tushadi.
To’xtamay harakat qiladigan konveyerda yig’uvlar bajarilsa, yig’iladigan ob’ekt bir ish joyidan ikkinchisiga shunday tezlik bilan suriladiki, yig’uv amali shu joyning chegarasida bajarilib bo’lsin. Harakatdagi yig’uvni haqiqiy temp (sur’at) tavsiflaydi. Sur’at - yig’ilgan buyumlar bir tekis chiqarilgan vaqtni bildiradi.
|
| |