|
Avtomobilsozlikda yig’ish jarayonining turlari
|
bet | 2/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 77,23 Kb. | | #106221 |
Bog'liq Avtomobilsozlikda yig3.2. Avtomobilsozlikda yig’ish jarayonining turlari.
Har qanday mashinani xoxlagan tartibda yig’ish mumkin emas. Yig’ish ketma-ketligi eng avvalo yigilayotgan buyumning konstruktsiyasiga yoki uning tarkibiy qismlariga hamda yig’ish ishlarining bo’linish darajasiga bog’liq.
Detallar va gruppalarni yig’ish texnologik jarayoniga kiritish tartibi buyumning komplektovkalash tizimini harakterlaydi. Masalan, avtomobil karbyuratori uch qismdan iborat: ostki qismi, o’rta qismi, qopqoq. Yig’ish texnologik jarayonini ishlab chiqishda buyumni shunday qismlarga ajratish kerakki, konstruktiv sharoit eng ko’p sonli uzellarni bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda yig’ish imkonini bersin. Shu munosabat bilan mashina yoki mexanizmda konstruktiv va yig’ish elementlari mavjud.
Masalan, konstruktiv yig’ish elementlariga dvigatelning gaz taqsimlash mexanizmi, KShM va boshqalar yig’ish elementida esa asosiy shart yig’ilayotgan mexanizmda uzellar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda yigilishi nazarda tutiladi.
Yig’ish elementlarini komplektlash uchun uni sxema tarzida ifodalaydilar. Murakkab mashinalar uchun bu sxemalar juda katta bo’lgani uchun uni yaxlitlangan holda keltiriladi.
Mashinasozlikda yig’ish ishlab chiqarishni yakka, seriyalab (kam seriyali, katta seriyali) va ko’plab (ommaviy) bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarishning turi yig’ish jarayonining texnologiyasi va tashkil qilinishicha eng asosiy ta'sir qiluvchi omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Yakkalab ishlab chiqarishning asosiy belgilaridan biri yig’ish uchastkasida juda ko’plab buyumlarning tuplanishi, yagona texnologiyaning yukligi, universal jihoz va uskunalardan foydalanish, yuqori malakali ishchilardan foydalanish bilan harakterlanadi. Yakkalab ishlab chiqarishda meyoriga etkazish ishlarining hajmi juda katta (moslab qo’yish).
Seriyalab ishlab chiqarishda mahsulot ma'lum vaqt oraligida qaytarilib turuvchi seriyalab, partiyalab ishlab chiqariladi. Ularning qaytarilish kulamiga bog’liq bo’lgan holda shartli ravishda: kichik seriyali va katta seriyali ishlab chiqarishga bo’linadi.
|
| |