• Masalaning qo‘yilishi
  • Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar
  • Laboratoriya
  • mavzu. Seriyalab ishlab chiqarilgan dori shakillarini tahlilini oʼziga xosligi in'yеksion eritmalar tahlili. Novokain LI eritmasi tahlili ishdan maqsad




    Download 26.89 Kb.
    bet1/3
    Sana02.05.2023
    Hajmi26.89 Kb.
    #55659
      1   2   3
    Bog'liq
    лабор-4


    4-MAVZU. Seriyalab ishlab chiqarilgan dori shakillarini tahlilini oʼziga xosligi IN'YЕKSION ERITMALAR TAHLILI. NOVOKAIN 1 % LI ERITMASI TAHLILI


    Ishdan maqsad: Tаlаbаlаrni sаnоаtdа ishlаb chiqаrilgаn dоri vоsitаlаrini stаndаrtlаsh vа ulаrning tаhlil usullаri, o`ziga xosligi, ustunlik va kamchiliklari bilаn tаnishtipish, Sаnоаt kоrхоnаlаrining аnаlitik-nаzоrаt lаbоrаtоriyalаri vazifalarini o`rganish.

    Masalaning qo‘yilishi: Anаlitik-nаzоrаt lаbоrаtоriyalаri tashkiliy tuzilmasi hamda vazifalari bilan tanishish, sаnоаtdа ishlаb chiqаrilgаn dоri vоsitаsining tahlilini bajarish.


    Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda “Keys”
    pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi


    Keys
    Novokain ineksion eritmasi tahlil qilish uchun sifatni taminlash bulimiga kelib tushdi. Uning DF talabiga javob berishini isbotlang.
    Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:
    Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablar va hal etish yo‘llarini jadval asosida izohlang (individual va kichik guruhda).

    Muammo turi

    Kelib chiqish sabablari

    Hal etish yo‘llari










    Laboratoriya ishlarini o'tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari.
    Kimyo laboratoriyalariga faqatgina xavfsizlik texnikasi bilan tanishib maxsus jurnalga imzo qo‘ygan talabalargina kirib ishlashga ruxsat beriladi.
    Laboratoriya ishiga tushishdan oldin talabalar texnika xavfsizligini tushungandan so‘ng ruxsat berilishi lozim:
    · laboratoriyada tozalik va texnika xavfsizligiga rioya qilish shart;
    · laboratoriyada bir kishi ishlashi mumkin emas, xonada kamida ikki kishi ishlashi lozim;
    · kimyoviy reaktivlar qadog‘ida yozilgan ko‘rsatmalar asosida saqlanishi shart;
    · ishni tugatgandan so‘ng ish joyini tozalash, kimyoviy qoldiqlarni neytrallash va idishlarni zararsizlantirish shart;
    · kimyoviy reaktivlarning qoldig‘ini, organik erituvchilar va suvli kimyoviy moddalar eritmasini rakovinaga to‘kish mumkin emas. Bunday qoldiqlar maxsus idishlarga solinadi (shisha).
    Laboratoriya ish joyida ovqatlanish va oziq ovqat maxsulotlarini saqlash man etiladi. Suv ichish va dori moddalarini mazasini tatib ko‘rish man etiladi. Moddalarni xidini zaxarli emasligiga ishonch xosil qilingandan so‘ng aniqlash mumkin. Laboratoriya ishini bajarayotganda mikro usulni qo‘llash tavsiya etiladi.
    Laboratoriyada xar doim quyidagini esda saqlash lozim: neorganik birikmalar toksik xususiyatga ega bo‘lganlari juda ko‘p va bundan tashqari alangada portlash xususiyatiga ega. Laboratoriyada paxta matoli xalatda bo‘lish shart, ximoya ko‘zoynagi bo‘lishi shart. Zaxarli va o‘yuvchi ishqor, kislota moddalari bilan ishlaganda ximoya qo‘lqopidan foydalanish shart. Laboratoriya stollarida shaxsiy buyumlarni qo‘yish, ustki kiyimlarni ilish va oyoq kiyimlarni qoldirish mumkin emas.
    Eritmalarni qizdirish jarayonida probirkaning boshi devor tomonga qaratilishi lozim. Suvda yaxshi erimiydigan va probirkada ozroq suv qolganda eritma toshib uchishi extimoli mavjud. Organik modda qatlami ostidagi suv qaynab otilish extimoli mavjud. Shuning uchun probirka bosh qismini iloji boricha xech kim yo‘q tomonga qaratiladi.
    Zaxarli xidli moddalar bilan ishlaganda xavo tortuvchi uskuna tagida ish bajarilishi lozim.
    Ishqoriy er metallari, metallar va galogenlar bilan ishlagandan so‘ng qoldig‘i yo‘qotilishi lozim. Kuydirilgan moddalar alangasini qum bilan uchirish lozim.
    Shisha idishlar toza yuvilib, quritilishi shart. Organik erituvchilar bilan tozalab yuvib, quritilishi shart.
    Idishlarni quritish shkafida tem­perature 110-1400S da quriguncha qoldiriladi va usha erda sovutiladi. Olovli spirtovka yoki elek­troplitkada idishlarni quritish man etiladi.



    Download 26.89 Kb.
      1   2   3




    Download 26.89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu. Seriyalab ishlab chiqarilgan dori shakillarini tahlilini oʼziga xosligi in'yеksion eritmalar tahlili. Novokain LI eritmasi tahlili ishdan maqsad

    Download 26.89 Kb.