• Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar
  • 7-Mavzu. Qayta tiklanadigan manbaalar: minerallar, qog’oz idishlar va electron chiqindilar reja




    Download 54.72 Kb.
    bet1/8
    Sana28.02.2024
    Hajmi54.72 Kb.
    #163635
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    7-MA`RUZA
    5140600-Geografiya, сиёсий география(2), z.d.x, Kurs jumisi Shamengul27, Kulonometrik titrlew , geo.mus iw 3, Qasimova Gulshanoy (1), Sh.Xurramov Oliy matematika 2-qism, 3.1, 1, 1-amaliy ish, 3.1. СЧЁТЛАР СИСТЕМАСИ ВА СЧЁТЛАРНИНГ ТУРКУМЛАНИШИ, SM MI Uslubiy qo`llanma 2022, portal.guldu.uz-«Global iqtisodiy rivojlanish» SILLABUS

    7-Mavzu. Qayta tiklanadigan manbaalar: minerallar, qog’oz idishlar va electron chiqindilar.
    reja:
    7.1.Foydali qazilmalar.
    7.2.Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash.
    7.3. Resurs tanqisligini kamaytiruvchi omillar.
    Tayanch iboralar:foydali,osiyoda,xavfsizlik,barqarorlik,sayyorasi,tashqi,o’simlik transpiratsiyasi, ko’z bilan,suv,toza ichimlik,isloxotlar,boshqarish,huquqiy,resurs.
    Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, Ma’ruza-suxbat” usullari.


    7.1.Foydali qazilmalar.
    O’zbekiston Respublikasi izlab topilgan 2 milliard tonna ko’mir zaxiralariga ega. Ko’mir qazib olish va yetkazib berish ishlari bilan “Ko’mir” aksiyadorlik birlashmasi shug’ullanadi. Angren konida qo’ng’ir ko’mir, Sharg’un va Boysun konlarida toshko’mir qazib olinadi. Ko’mir konlari korxonalar tomonidan turli usullarda: ochiq usulda, yerosti va yerustini gazlashtirish usuli bilan o’zlashtirilmoqda. Ko’mir energetika maqsadlarida va maishiy yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Ko’mirni qayta ishlashdan chiqqan chiqindi organik va mineral o’g’itlarga aylantiriladi.
    Toshkent viloyatidagi zaxirasi qariyb 25,3 mln. tonna temir bo’lgan Surenotin skarn-magnetit koni o’rganilmoqda. Respublika hududida marganesning ko’p sonli manbalari topilgan. Umumiy resurslari miqdori 15 mln. tonnadan ortiq bo’lgan Dautosh, Qizilbayroq, Taxtakaracha va boshqa plast konlari eng ko’p o’rganilgan. Zarafshon va Hisor tizmalari marganes polosasini oxirigacha o’rganish kerak. Qizilqumda nurash qatlamida (Alisoy, Oqsoy va h.k.) marganes konining mamlakatimiz uchun yangi turi aniqlandi. Yonuvchan slaneslar neft mahsulotlari va qator rangli hamda noyob metallar olish uchun xomashyo bo’lishi mumkin.
    Qashqadaryo viloyatining foydali qazilma boyliklari va resurslari 61 turdagi foydali qazilma boyliklarining zaxiralari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

    • marganes – 813,4 ming tonna;

    • kvarsit – 1735,4 ming m3;

    • chinni toshi – 853,9 ming tonna;

    • pegmatita – 1617,1 ming tonna;

    • kaliy 400 mln. tonna miqdorda;

    • glaukonit va bentonit – 15,7 mln. tonna;

    • marmar – 2717,0 ming tonna;

    • dolomit – 10038,0 ming tonna;

    • ohak– 8862,0 ming tonna;

    • qurilishda fodalaniladigan toshlar – 5936,8 ming m3;

    • sement ashyosi – 265,5 mln. tonna;

    • keramzit – 14,5 mln. tonna;

    • oyna xomashyosi – 10,0 mln. tonnadan ortiq.

    Respublikamizda qazib chiqariladigan neftning 88 %i va tabiiy gazning 93 %i viloyatlar hissasiga to’g’ri keladi.
    Mamlakat tarkibiga kirgan har bir viloyat, tumanlar ma’lum obyektiv qonuniyatlar asosida tashkil etilgan bo’lib, geografik va hududiy joylashuvi, iqtisodiyotining tarkibi, sanoat va qishloq xo’jaligining rivojlanganlik darajasi, hududlarning demografik holati va aholining joylashuvi, shuningdek, iqlimi, suv va tabiiy resurslar salohiyatiga egaligi bilan bir-biridan farq qiladi.
    Farg’ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida foydali qazilma mineral xomashyo resurslari juda kam. Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi foydali qazilma mineral xomashyo resurslarga boy. Jizzax, Samarqand viloyatlari ushbu resurslar mavjud hududlar qatoriga kiradi.
    Mamlakatimiz yoqilg’i energetik salohiyatida esa Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarining salohiyati yuqori. Yurtimiz aholisi ham viloyatlar bo’yicha notekis joylashgan. Masalan, Andijon viloyatida 1 km2 ga to’g’ri keladigan aholi soni 665 kishini, Navoiy viloyatida esa 8,2 kishini tashkil etadi.

    2-jadval

    Download 54.72 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 54.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Mavzu. Qayta tiklanadigan manbaalar: minerallar, qog’oz idishlar va electron chiqindilar reja

    Download 54.72 Kb.