|
Umumlashtirilgan statistik kesim
|
bet | 57/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Quduqlar kesimini taqqoslab o’rganishda umumlashtirilgan statistik kesim tuziladi. V.A. Bad’yanov taklif etgan bunday kesimni tuzish metodikasi quyidagicha:
Ordinata o’qiga gorizont ustki qismidan pastga tomon yo’nalgan quduq chuqurligi qo’yiladi. Abstsissa o’qiga quduqlarning nisbiy soni tushiriladi (% da yoki % ning ulushida), ma’lum chuqurlik bo’yicha gorizontning ustki qismidan boshlab kollektor (yoki kollektor bo’lmagan) qatlam ko’rsatiladi. Har bir chuqurlik uchun uning qadami uzunligi ixtiyoriy olinib, foizda aniqlanadi va chizmaga tushiriladi. Buning natijasida ayrim kesim yoki umumlashtirilgan statistik kesim bo’yicha kollektor va kollektor bo’lmagan jinslarning nisbiy miqdori taqsimlanishining differentsial egri chizig’i hosil bo’ladi.
Yuqorida qayd etilganlarga nazar tashlasak, umumlashtirilgan statistik kesim kollektorlarning turli chuqurliklarda taqsimlanishining faqat umumiy mohiyatini aks ettirishi mumkin. Ammo u asosiy vazifa hisoblangan ayrim tog’ jinslarining ba’zi bir turlarini kon maydonida lokal taqsimlanishini ifodalay olmaydi, binobarin, bunday kesim bevosita taqqoslash uchun xizmat qila olmaydi. Bunday sharoitda tog’ jinslari yotishining ketma-ketligini, qalinligini va moddiy tarkibini tadqiq qiladigan umumiy taqqoslash metodi zich tuzilgan va o’tkazuvchan qatchalarning foizda ifodalangan miqdorini o’rganadigan statistik metod bilan almashtiriladi. Ammo bu metod qatchalarning maydon bo’ylab lokal tarqalishini kuzatish imkonini bermaydi, shu sababli undan foydalanib bo’lmaydi. CHunki, yuqorida qayd qilingan qatchalar aslida ularning turli holatdagi birikmasi bo’lishi mumkin. SHu boisdan bularni faqat yotqiziqlarni mo’’tadil taqqoslashda o’rganiladi.
5.2. MO’’TADIL VA NAMUNALI KESIMLARNI TUZISH
Kon maydonida qazilgan burg’ quduqlarining kesimlarini taqqoslash natijasida mo’’tadil (namunali) kesim tuziladi. Mo’’tadil kesimda jinslarning burg’ qudug’idagi haqiqiy qalinligi, namunali kesimda esa ularning vertikal yo’nalish bo’yicha qalinligi ifodalanadi. Kesimlar kondagi qatamlarning ketma-ketli qatlanishini, ularning o’rtacha qalinligini va litologik tarkibini aks ettiradi. Kon bo’yicha mo’’tadil (yoki namunali) kesimning mavjudligi quduqlarni burg’ilash paytida uni geologik nazorat qilishni osonlashtiradi va burg’ilash jarayonida quduqning tubi yo’nalishi oson aniqlanadi.
Mo’’tadil (yoki namunali) kesim kon bo’yicha tuzilgan kesimlarning o’rtacha tuzilishini ifodalaydi. SHu boisdan bunday kesim kondagi kesimlarning ko’pchiligiga o’xshashi kerak. Tektonik harakatlari sekin yoki tog’ jinslarining litologik tarkibi muttasil bo’lgan konlar uchun bitta mo’’tadil (yoki namunali) kesim etarlidir.
Jinslarning litologik tarkibi o’zgaruvchan va tektonik tuzilishi turlicha bo’lgan konlarning har bir uchastkasi uchun alohida-alohida mo’’tadil kesim tuzilishiga zaruriyat tug’ilishi mumkin. Bunda har bir uchastka alohida tavsiflanadi. Mavjud ma’lumotlar asosida mo’’tadil, grunt (jinslarning namunalari bo’yicha), geofizik (elektrometriya va radiometriya ma’lumotlari bo’yicha) yoki geologik-fizikaviy namunali kesim tuziladi. Bunday kesimda geologik va geofizik kesimlar o’z aksini topadi.
Kon maydonlarida namunali kesim faqat uning vertikal qalinligi bo’yicha (undan oson foydalanish uchun), razvedka qilinayotgan maydonlarda esa kesimning haqiqiy qalinligi bo’yicha tuziladi.
Mo’’tadil va namunali kesim tuzishda tog’ jinslarining haqiqiy qalinligini vertikal qalinlikka va aksincha, vertikal qalinligini haqiqiy qalinlikka qaytadan hisoblab chiqiladi. Hisoblash quyidagi ifodalar orqali bajariladi (5.3-rasm):
h ; h=bcos, (5.1) b
cosβ
bunda h qatlamning haqiqiy qalinligi, m; b qatlamning vertikal yo’nalishi
bo’yicha qalinligi, m; qatlamning enkayish burchagi, gradusda.
Kon maydonida jinslarning enkayish burchaklarining o’zgarib turishi, turli uchastkalarda qatlam qalinligining ham o’zgarishiga sabab bo’ladi, shu boisdan qatlamning haqiqiy qalinligini aks ettiruvchi mo’’tadil kesim tuziladi.
Mo’’tadil (yoki namunali) kesim tuzish uchun quyidagilarni bajarish lozim: 1) konda qazilgan barcha quduqlar kesimlarini mufassal o’rganish; 2) tuzilgan kesimlardagi jinslarni xarakterli gorizont va belgili gorizontlarga ajratish; 3) mo’’tadil, nuqsonli va xarakterli bo’lmagan kesimlarni ajratish; 4) kesimlarni puxta taqqoslash; 5) namunali o’rtacha kesim tuzish.
Ajratib olingan nomo’’tadil, nuqsonli va noxarakterli kesimlar puxta tahlil qilinib (aniq nuqsonli kesimlar bundan mustasno), konning alohida uchastkalari uchun o’rtacha kesimlar tuziladi. 5.4-rasmda mo’’tadil (namunali) kesim namunasi keltirilgan.
|
| |