|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 56/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 5.1.3. Zonal taqqoslash
Zonal taqqoslash ayrim qatlam va ularning pachkalarini mukammal o’rganish uchun amalga oshiriladi. Fatsial o’zgaruvchanligi bilan tavsiflanadigan va ayrim qatchalarga ajraladigan, turli yo’nalishlar bo’yicha qiyiqlanadigan qatlamlarni zonal taqqoslash ayniqsa muhimdir. Qatlamning ishlatish sistemasini umumiy tahlil qilish va loyihalashda ayrim qatchalarning fatsial jihatdan o’zgaruvchanligini, qiyiqlanish chegaralarini, maydon bo’ylab tarqalganini kuzatib borish zonal taqqoslashda muhim ahamiyatga ega. Agar qatlam yosh yotqiziqlar bilan qoplangan bo’lsa, mahsuldor qatlamni taqqoslash uning ustki qismi bo’yicha bajariladi. Qatlamning ustki qismi yuvilib ketgan sharoitda esa, zonal taqqoslash qatlamning tubini o’rganish asosida, qatlamning ustki qismi va tag qismi yuvilib ketgan bo’lsa yoki u aniq ifodalanmagan bo’lsa, qatlam ichidagi belgili qatchani o’rganish asosida ado etiladi.
5.2-rasmda Romashkin konining bir uchastkasi bo’yicha quyi devon davri D1 qatlamlari uchun (fran yarusining pashiy gorizonti) zonal taqqoslash sxemasi keltirilgan.
5.2-rasm. Zonal taqqoslash sxemasi (M.A.Jdanov, 1981): 1 – reper – yuqorida joylashgan ohaktosh gorizonti; 2 – qumtoshlar; 3 – gillar
Mazkur qatlamning yuqori qismidagi ohaktosh belgili (reper) gorizont, deb olingan. Sxemada D1 qatlamda alohida zonal intervallarning juda murakkabligi ko’zga yaqqol tashlanib turibdi.
Umuman sxemada ayrim intervallar yo bir-biri bilan qo’shilib ketadi (a+b1 va b3+v), yoki butunlay qiyiqlanib ketadi (a, b1, v interval masofalar), yoki uchastka bo’ylab ularning qalinligi o’zgarib boradi (b3, va g interval masofalar), yoki maydonning cheklangan uchastkasida yakka holda tarqalgan bo’ladi (b2 interval).
Qatlamning murakkab tuzilganligi yuqorida keltirilgan sxemadan (5.2-rasm) yaqqol ko’zga tashlanadi. SHuning uchun ham bunday qatlamlar zonal taqqoslash yordamida ayrim qismlarga bo’lib o’rganiladi. Bunday ishlar qatlamni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan turli masalalarni hal etishda muhim rol o’ynaydi.
Zonal taqqoslashda vertikal yo’nalish bo’yicha o’zgaruvchan, gorizontal yo’nalish bo’yicha esa uzoq masofalarda fizik-litologik xususiyatlari umumiy va o’zgarmas bo’lgan quduq kesimining zonal intervallari taqqoslanadi. Ayrim kamyob mahalliy qatlar quduq kesimida (zonal interval ichida) uchrasa, u yoki bu intervalqa kiritiladi.
SHuni inobatga olish zarurki, ajratilgan zonal intervallar mahsuldor qatlamning geologik tuzilishini mukammal o’rganishda muhim rol o’ynaydi, ammo bu har doim mustaqil ishlash ob’ekti bo’la olmaydi.
Mahsuldor qalin qatlamlar ayrim zonalarga ajratilib, geologik tuzilishi zonal
taqqoslash asosida mukammal o’rganiladi. Bu platformalardagi yirik neft konlarining ishlatish sistemasini tahlil qilish va loyihalash uchun zarur. SHuni qayd etish lozimki, platformalardagi mahsuldor qatlamlarning fatsial tuzilishi tez o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.
|
| |