rasm. Kesma tekisligida qiyshaygan quduq uzunligini va og’ish burshagini grafik metod bilan aniqlash




Download 11,69 Mb.
bet64/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.12 rasm. Kesma tekisligida qiyshaygan quduq uzunligini va og’ish burshagini grafik metod bilan aniqlash (M.A.Jdanov, 1981)
Geofizik ma’lumotlar (elektr va radioaktiv karotaj) hamda kuzatuvlar majmui asosida kesma tuzish metodlari geologik ma’lumotlar bo’yicha kesma tuzish metodiga juda o’xshaydi. Quduqning qiyshayishini hisobga olish uchun yuqorida qayd etilgan metod bilan geofizik ma’lumotlarni hisoblash maqsadga muvofiq emas. Kesmada quduq tanasi uning haqiqiy qiyshaygan holatida ko’rsatilishi kerak, buning uchun quduqning karotaj diagrammasidan foydalaniladi.
Quduqning kesma tekisligiga mos kelmaydigan ayrim qiyshayish elementlari

kesmaning yo’nalishiga parallel qilib o’tkaziladi. Ammo har qanday o’tkazishlarda ham rayonning geologik tuzilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ayrim quduqlar kesimlaridan olingan dalillarni hisobga olish zarur va ularni geometrik loyihalash metodlari ma’lumotlari bilan birgalikda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
SHuni inobatga olish zarurki, ko’pgina hollarda quduqlarni yo’naltirilgan qiyshayish bo’yicha qazish nihoyatda foydalidir.
Qiya yo’nalgan (yo’nalma-qiyshaygan) quduqlardan quyidagi holatlarda foydalaniladi:

  1. konni ishlatishga mo’ljallangan yer yuzasida mahsuldor maydon, yirik suv havzalari, soy, o’tish qiyin bo’lgan botqoq joylar, kapital inshootlar va sh.k. mavjud bo’lganda;

  2. dengizdagi neftli maydonlarni ishlatishda (Bakuda, Dog’istonda va b.);

  3. tikroq enkaygan surilma ostidagi neftli qatlamlarni ishlatishda (mas., Grozniy rayonida);

  4. favvoralanayotgan quduq tanasi zonasiga uzoqdan turib yo’naltirma quduqni burg’ilash orqali favvoralarni bartaraf etish va shu zonaga gilli eritmani haydash uchun va sh.k.

Hozir dengizdagi uchastkalarni burg’ilashda (Bakuda, Dog’istonda), tik enkaygan surilma ostidagi qatlamlarni (Grozniyda), botqoqlik uchastkalarni o’zlashtirishda (Krasnokamskda) qiya yo’nalgan quduqlardan foydalanilmoqda (5.13-rasm). Bunday burg’ilash jarayonida quduqlarning vertikal yo’nalishini saqlagan holda ularning tabiiy og’ishining jadallashishiga rioya qilinib, loyihada ko’rsatilgan burchak ostida sun’iy qiyalashtirib burg’ilanadi.
Qiya yo’nalgan quduqlarni burg’ilash turbina usulida bajariladi, bunda mos bo’lgan qiyshaytirgich vositalardan foydalaniladi. O’zbekistonda va sobiq Ittifoqda tuzilishi oddiy, lekin ish samaradorligi yuqori turboburlar qo’llanilgan.


Download 11,69 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Kesma tekisligida qiyshaygan quduq uzunligini va og’ish burshagini grafik metod bilan aniqlash

Download 11,69 Mb.