Mahsulotni ishlab chiqish (loyihalash) va o‘zlashtirishda xalqaro standartlarda belgilangan talablariga to‘liq rioya etilgan holda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish




Download 149,5 Kb.
bet1/8
Sana30.11.2023
Hajmi149,5 Kb.
#108779
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi 1


KIRISH
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimiz rahbari tomonidan Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va ahamiyatini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil amalga oshirish maqsadida, bir qator muhum Farmon va Qarorlar qabul qilinib, hayotimizga tadbiq etilmoqda. Mazkur me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan “Texnik jihatdan taetibga solish a agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari tomonidan ko‘pgina ishlar bajarilmoqda.
Tekshirishlar davomida nazorat ostidagi sub’ektlar faoliyatida ko‘plab uchraydigan kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida soha mutaxassislari tomonidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
- mahsulotni ishlab chiqish (loyihalash) va o‘zlashtirishda xalqaro standartlarda belgilangan talablariga to‘liq rioya etilgan holda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish;
- mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholashda amaldagi standartda belgilangan majburiy talablariga to‘liq rioya etilgan holda tekshirish va sinash ishlarini amalga oshirish;
- mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarni amalga oshirishda, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarda belgilangan o‘lchash vositalari bilan ta’minlash, ularning ishchi holati ustidan doimiy ravishda ichki nazoratni amalga oshirib borish va belgilangan tartibda tekshirilgan holda foydalanish;
- mahsulotni ishlab chiqish va o‘zlashtirishda mahsulot namunalarini (etalonlarni) belgilangan tartibda ishlab chiqishni tashkil etish;
- majburiy tarzda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sertifikatlashtirilgan holda ishlab chiqarish va realizasiya qilinishini tashkil etish;
- me’yoriy, konstruktorlik, texnologik va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar hamda texnologik jihozlar va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda ishni tashkil etish; - mahsulotni ishlab chiqarishda texonologik intizomga to‘liq rioya qilingan holda ishlab chiqarishni tashkil etish;
- mahsulot sifatini ta’minlash tizimini yaratish, mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati ustidan ichki nazoratni o‘rnatilgan holda ishni tashkil etish;
- ishlab chiqarilayotgan, tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish, sinash, saqlash, qayta ishlash jarayonlariga (ish tartibi, tartibotiga) to‘liq rioya qilingan holda ishni tashkil etish;
- transportning texnik holatini amaldagi standartlar va metrologiya qoidalariga muvofiq hamda transportni ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish vaqtida standartlar talablari va qoidalariga rioya qilingan holda ishni tashkil etish;
- mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) sharoitlari amaldagi standartlarda belgilangan majburiy talablariga va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirish;
- mahsulotni ishlab chiqarish va realizasiya qilishda standartlashtirishga doir normativ xujjat bilan ta’minlash;
- mahsulotni, texnologik jihozlarni ta’mirlashda (ta’mirlash xizmatlarini amalga oshirishda), standartlarning talablariga to‘liq rioya etish va texnologik intizomga rioya etish;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulotni sifatini baholashda tadbikorlik sub’ektlari rahbarlari tomonidan bu ishlarni tashkil etish va amalga oshirish yuzasidan mas’ul xodimlarni tayinlash va ularni malakasini doimiy ravishda oshirib borish.

Download 149,5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 149,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulotni ishlab chiqish (loyihalash) va o‘zlashtirishda xalqaro standartlarda belgilangan talablariga to‘liq rioya etilgan holda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish

Download 149,5 Kb.