II BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI




Download 149,5 Kb.
bet6/8
Sana30.11.2023
Hajmi149,5 Kb.
#108779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi 1
Datchiklarning asosiy vazifalari va tasniflanishi, 123, b2697810-e0ad-4cfb-a087-763e6ff5e4df, kanal, 2-Dedlayn, mustaqil talim 1, 8-Amaliy ish,Izzatbek, Mustaqil ish Mavzu;Optronlar tuzulishi va qo’llanilishi, Маруза (1)
II BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI.
2.1. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar.
«Sertifikatlashtirish milliy tizimi» — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim;
«mahsulotlarni sertifikatlashtirish» — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
«muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
«muvofiqlik belgisi» — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi;
«mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi» — ayni bir xil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
«sifat bo‘yicha ekspert-auditor» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis;
«sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirig‘iga ko‘ra inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
«sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati» — sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish – guvohnoma talabgoriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi – deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqida ega bo‘lgan idora tomonidan tasdiklangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan mahsulot sertifikatlashtirilishi tushuniladi.
Mahsulot – ma’lum faoliyat yoki jarayon natijasidir. Mahsulot tushunchasiga quyidagicha izohlar keltirilgan:
1. Mahsulotning to‘rtta toifasi bor:

  • xizmatlar (yuk tashish, bank xizmati, sug‘urta faoliyati va x.z.);

  • dasturiy vositalar (kompyuter dasturi, lug‘at, o‘quv dasturlari);

  • texnik vositalar (motorning qismi);

  • qayta ishlanadigan materiallar.

Mahsulotning turlari uning turli umumiy toifalariga kiradigan vazifalar yoki shu vazifani bajarish uchun qo‘llanilayotgan elementlarni o‘z tarkibida mujassam qilinishi bilan belgilanadi. Mahsulotni xizmatlar, dasturiy vositalar, texnik vositalar yoki qayta ishlanadigan materiallar qatoriga kiritish shu mahsulot uchun belgilangan vazifaning ustunlik qiladigan elementiga bog‘liq. Masalan, yetkazib beriladigan mahsulot – “avtomobil”, - texnik vositalar (masalan, shinalar), qayta ishlanadigan materiallar (yonilg‘i, sovutish suyuqligi), dasturiy vositalar (motorni dasturli boshqarish, haydovchi uchun qo‘llanma) va xizmatlar (avtomobildan foydalanish to‘g‘risidagi sotuvchi tomonidan beriladigan tushuntirishlar) dan iborat.
2. Xizmat - yetkazib beruvchi va iste’molchining o‘zaro hamkorligida amalga oshirilgan kamida bitta harakat natijasidir. Xizmatlar odatda nomoddiy bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • iste’molchi yetkazib bergan moddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, ta’mir talab avtomobil);

  • iste’molchi yetkazib bergan nomoddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, soliq miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan daromad to‘g‘risida ariza);

  • nomoddiy mahsulotni berish (masalan, bilimlarni berish ma’nosidagi axborot);

  • iste’molchilar uchun qulay sharoitlarnn yaratib berish (masalan, mehmonxonalarda va oshxonalarda).

Dasturiy vosita axborotga ega bo‘ladi va u odatda nomoddiy bo‘ladi, shuningdek yondashuvlar, operatsiyalar yoki protseduralar shaklida ham bo‘lishi mumkin.
Texnik vosita odatda moddiy bo‘ladi va uning miqdori hisoblab topiladigan tavsif bilan ifodalanadi. Qayta ishlanadigan materiallar odatda moddiy bo‘ladi va ularning miqdori uzluksiz tavsif bilan ifodalanadi. Texnik vositalar va qayta ishlanadigan materiallar ko‘pincha tovar (mahsulot)lar deb ataladi.
Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi muvofiqlikni sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun tadbirlar, tartiblar va boshqaruv qoidalarini ishlab chiqishdir.
Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan hujjatlarning yagona tizimini tashkil qilish;

  • yagona atama va ta’riflarni ishlab chiqish;

  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning qoida va tartiblarini ishlab chiqish;

  • sertifikatlashtirish uchun o‘tkaziladigan sinovlarning qoidalarini ishlab chiqish (bundan keyin sertifikatlashtirish sinovlari);

  • sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idoralari bilan o‘zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash.

Sertifikatlashtirish milliy tizimi O‘zbekiston Respublikasining qonuniy va me’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida quyidagi faoliyat turlari olib boriladi:

  • Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish;

  • Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish;

  • Majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish;

  • Yuqoridagi keltirib o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va attestatlash kabi faolit turlarini yuritadi.

Bundan tashkari hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Akkreditlash tizimi ham mavjud bo‘lib u quyidagi faoliyat turlarini olib boradi:

  • Sinash laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditlash;

  • Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarni akkreditlash;

  • Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlash;

  • Tekshirish idoralarini akkreditlash;

  • Sertifikatlashtirilgan mahsulot, sertifikatlash-tirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar, akkreditlangan idoralar va sinash laboratoriyalari (markazlari)ni inspeksion tekshirish;

O‘zbekiston Sertifikatlashtirish Milliy Tizimi sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi chet davlatlar tizimi va tashkilotlar, hamda shaxslar uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalarini tan olish sharti bilan ochiq deb hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning quyidagi talablarga muvofiqligini yoki nomuvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ish olib boradi:

  • Davlatlararo standartlarga (MHD – mustaqil hamdo‘stlik davlatlari);

  • Mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan va rasman nashr qilingan me’yoriy hujjatlarga (keyinchalik MH);

  • O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimiga Sertifikatlashtirish Idorasi sifatida a’zo bo‘lgan sertifikatlashtirish tizimlari doirasidagi xalqaro va milliy chet el standartlariga.

O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi quyidagi tizimlar bilan o‘zaro bog‘lanishda faoliyat olib boradi:

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi (O‘z DST);

  • O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi (O‘z O‘DT);

  • O‘zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimi (O‘z AT);

  • MDH davlatlarining sertifikatlashtirish milliy tizimlari, shuningdek, bu ishni boshqarish uchun maxsus huquqga ega bo‘lgan davlat boshqaruv idoralari boshchiligida faoliyat ko‘rsatayotgan muvofiqlikni tekshiruvchi boshqa tizimlar (Davtog‘kontexnazorati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, O‘zbekiston Respublikasining Qurilish vazirligi) bilan o‘zaro bog‘liqlikda faoliyatini olib boradi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa meyoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xo‘sh, sertifikatlashtirish tushunchasi nima? Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi. “Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlash-tirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qo‘llanmasiga kirgazilgan. Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti-ning qo‘llanmasida “sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan:  sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlash-tirishda /muvofiqlikni sertifiklashtirish/ uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi;  sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi /ta’minlov-chining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish/ tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda. Qo‘llanmaning qayta ishlangan nushasida muvofiqlikni “sertifikatlashtirish” tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan. Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga to‘lato‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun 179 mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriyasining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi. Sertifikatlashtirish deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, mol/ ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi. Yana bir zarur atamalardan biri “sertifikatlashtirish tizimi” bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. “Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi /sxema sertifikatsii/ kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning sertifikatlash-tirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi”. Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi. Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlash-tirish idorasi tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir. 180 Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi. Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘radilar. Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlash-tirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi. Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan. Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o‘tkaziladigan texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, kemalarning, suzish vositalari-ning, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog‘ texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi


Download 149,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 149,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

Download 149,5 Kb.