|
Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari malakaviy amaliyotiga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 1/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,26 Mb. | | #236371 |
Bog'liq Амалиёт дастури 3-курс2022-2023 (2)
KIRISH
Mohir mutaxassis, pedagog bo‘lib shakllanishda malakaviy amaliyotning ahamiyati kattadir. Mutaxassis sifatida o‘z fanini yanada chuqquroq o‘rganish, pedagogik va kasbiy mahoratni egallashda malakaviy amaliyot davri va bu davrda o‘rganilgan amaliy bilimlarning ahamiyati bebahodir.
Malakaviy amaliyot tajribali, mohir muallim va mutaxassislarga ega bo‘lgan tayanch maktab, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Amaliyotchi talaba o‘z mutaxassisligi bo’ycha fanlarni tahlil etish, hamda dars berish jarayonlarida, davlat va xususiy tashkilotlarda o‘z kasbi bo‘yicha mahoratini oshirib boradi. “Matematika va informatika” ta’limi yo‘nalishi mutaxasislari zimmasiga qo‘yiladigan vazifalarni va ularni izchil amalga oshirish yo‘llarini o‘rganadi.
Malakaviy amaliyotning mazmuni ta’lim muassasalarida olib borilganda o‘quv, ma’naviy - ma’rifiy va darsdan tashqari ishlarni qamrab oladi.
“Matematika va informatika” ta’limi yo‘nalishida malakaviy amaliyot 6- semestrda o‘tkaziladi. O‘quv rejaga muvofiq malakaviy amaliyot 4 haftadan iborat.
60110600 – Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari malakaviy amaliyotiga qo‘yiladigan talablar:
Informatika. Ma’lumotlar bazasi, Kompyuter ta’minoti, Axborot xavfsizligi, Informatika o‘qitish texnologiyalari, Algoritmlar, Pedagogik dasturiy vositalar kurslaridan so‘nggi axborot va pedagogik texnologiyalarini qo‘llagan holda dars olib borishni o‘rganish;
Tashkilotlarda foydalanilayotgan kompyuter dasturlarini va ma’lumotlar bazasini o‘rganish, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib yuritiladigan ishchi hujjatlarni o‘rganish;
Dars ishlanmalari, testlar, fan mavzulariga oid slaydlar, tarqatma materiallar tayyorlash, darsni pedagogik va psixologik bilimlar asosida tahlil etish;
Tashkilotlardagi ish jarayonlarini kuzatish, olgan bilimlari asosida tahlil qilish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tahlil qilish;
O‘quv muassasalari guruh faoliyati, guruh jurnali, o‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish;
O‘quv muassa yoki tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
|
| |