|
Fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish
|
bet | 1/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #148015 |
Bog'liq 1-mavzu
Mavzu: Fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish.Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni. Fanlarni o‘qitish integratsiyasi. Fanlarni o‘qitish metodologiyasi.
Ma’ruzachi: Aminov I.B., dotsent
Samarqand -2020
Modul: Informatika o’qitish metodikasi
Reja:
- Fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish.
- Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni.
- Fanlarni o‘qitish integratsiyasi.
- Fanlarni o‘qitish metodologiyasi.
- Informatika fani tarixi.
Hozirgi davrga kelib zamonaviy axborot texnologiyalarining aosiy vakili bo‘lgan kompьyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. SHunday ekan kompьyuter texnologiyasini o‘rganishga alohida e’tibor berish talab qilinmoqda. Bu o‘rinda informatika fanining o‘rni alohida hisoblanadi. Informatikani samarali o‘qitilishini yo‘lga qo‘yilishida Informatika o‘qitish metodikasi kursining ahamiyati juda kattadir.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida o‘qitishning muammolarini mustaqil echa olish, o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olish, mustaqil o‘qitish ko‘nikmasini hosil qilish, uslubiy ijodni tarbiyalash kabi masalalarni hal qilishga qaratilgan.
Informatika o‘qitish metodikasi fani tinglovchilar uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika fanidan ta’lim berish, fanning tuzilishi va mazmunini ilmiy va psixologik-pedagogik nuqtai nazardan chuqur o‘rganishlarini ta’minlovchi kurs hisoblanadi.
Informatika o‘qitish metodikasi kursining maqsadi – bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida o‘qitishning muam-molarini mustaqil echa olish, o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olish, mustaqil o‘qitish ko‘nikmasini hosil qilish, uslubiy ijodni tarbiyalash kabilardan iborat.
Kursning asosiy maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchisini o‘quv yurtlaridagi informatika predmetining mazmuni bilan tanishtirish, uni bo‘lajak kasbga tayyorlashdagi ahamiyatini chuqur o‘rgatish, informatikani o‘qitishning asosiy uslubiy va didaktik shakllari, usullari shuningdek tamoyillarini o‘rgatish, o‘quv yurtlari informatika predmetining mazmunini ajrata olishga tayyorlashdan iborat.
Informatika o‘qitish metodikasi kursining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- informatikani o‘qitishning aniq maqsadlari va o‘quv predmetining mazmunini aniqlash;
- o‘quv yurtlari informatika predmetining mazmuni bilan tanishtirish va uni tahlil qila olishga o‘rgatish;
- informatika predmetini o‘qitishning umumiy va xususiy uslublarini egallashga yordam berish;
- qo‘yilgan maqsadlarga etishishga qaratilgan ko‘proq ma’qul bo‘lgan uslublarni va o‘qitishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
- informatika o‘qitishning didaktik usullari, shakllari va tamoyillarini o‘rgatish;
- o‘qitishning zarur vositalarini ko‘rib chiqish va o‘qituvchi ish faoliyatida ularni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish;
- o‘quv yurti informatika xonasini tashkil etish va jihozlash, undan foydalanish haqida tasavvur hosil qilish;
- mahalliy tarmoqli o‘quv yurti kompyuter xonasida ishlash ko‘nikmasini hosil qilish;
- informatika kursiga oid dastur, darslik, o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilishga o‘rgatish;
- informatika kursiga oid darslar tashkil etish, unga tayyorlanish va uni o‘tkazish bo‘yicha malakalarni shakllantirish;
- o‘quv yurti informatika kursidan olib boriladigan mashg‘ulotlar va ularning mazmunini ajrata olish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatish;
- tinglovchilarda ya’ni bo‘lajak o‘qituvchilarda sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, turli qiziqarli tadbirlar o‘tkazishga malaka hosil qilish kabilardan iborat.
|
| |