|
Informatika o‘qitish metodikasi kursining mazmuni
|
bet | 2/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #148015 |
Bog'liq 1-mavzu Informatika o‘qitish metodikasi kursining mazmuni ta’lim muassasalarida informatika fanini yuqori sifatli o‘qitish usullarini joriy qilishdan iborat.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi o‘z sohasidagi ishlanmalarni tayyorlashda pedagogik yangiliklar va psixologik tavsiyalarni hisobga oladi. Maskur kurs pedagogika, psixologiya, matematika, informatika, matematik mantiq, matematik modellashtirish, programmalashtirish kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi bo‘lajak o‘qituvchini informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishda, kelgusi kasbiy tayyorgarligida fanni o‘qitishning mazmuni va shakllarini tanlash tamoyillarini, boshqa predmetlar bilan o‘zaro aloqasini tushuntirishda, kompyuter va uning tarmoqlaridan malakali foydalana olishlarida, maktab kompyuter sinfi sharoitida ishlash usullarini egallashlarida yordam berish kabi masalalarni hal qilishga yordam beradi.
Maskur kurs bilan tanishib chiqish natijasida bo‘lajak informatika o‘qituvchisi mahalliy tarmoqli shaxsiy kompyuter lar bilan jihozlangan o‘quv yurtining informatika xonasi tashkil etishning vazifa, tamoyillari va xususiyatlarini bilishi, o‘quv yurti informatika kursi bo‘yicha mavjud darslik, o‘quv qo‘llanmalarini chuqur o‘rganishi, uning amaliy dasturli ta’minoti bilan tanishgan, kompyuter sinflarida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i lozim. Bo‘lajak o‘qituvchi mustaqil ravishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya jarayonini tahlil qila olishi va o‘quv yurtida o‘qitish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqa olishi zarur.
Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim va tarbiya bilan bog‘langan quyidagi 3 ta asosiy savolga javob berishga yo‘naltirilgan:
- Informatikani nima uchun o‘qitish kerak?
- Informatikadan nimani o‘rganish kerak?
- Informatikani qanday o‘qitish kerak?
Informatika o‘qitish metodikasi kursi 2 qismdan tashkil topadi:
- o‘qitishning umumiy metodikasi;
- o‘qitishning xususiy metodikasi.
|
| |