|
Fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish
|
bet | 4/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #148015 |
Bog'liq 1-mavzuInformatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shu\ullanuvchi fandir. Informatika fani XX asrning 50-yillarida yuzaga keldi. Bu fan Respublikamizda 1985-86 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv predmeti sifatida o‘qitilib kelmoqda.
Informatika_fan'>Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon) larning qonuniyatlarini o‘rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo‘lib, ma’lumotlar-ni jamlash, uzatish, saqlash, to‘plash, qidirish va iste’mol-chiga berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zida aks ettiradi.
Informatika atamasi fransuzcha «information» (axborot) va «automatique» (avtomatika) so‘zilaridan hosil bo‘lib, axborotni avtomatik qayta ishlash ma’nolarini anglatadi. Ingliz tilida bu fan Somputer sciene (kompyuter texnikasi haqidagi fan, kompьyuter ta’limi, kompyuter bilimlari) deb yuritiladi. Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlagan bo‘lsada, uning alohida fan sifatida ajralishi 40-50 yillarga to‘g’ri keladi. Ma’lumki bu davrda tarixda birinchi EHM yaratilgan edi. (1943-1945 yillarda, AQSHda ENIAK deb nomlangan elektron hisoblash mashinasi). Birinchi EHM yaratilgandan so‘ng Informatika fani yanada rivojlanib hozirgi taraqqiyot darajasiga etdi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, kompyutersiz mavjud bo‘la olmaydi va o‘z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnolo-giyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o‘rganuvchi fandir.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda informatika fanini o‘rganish uch bosqichda olib boriladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichi – bu bosqichda informatika kursning tanishuv qismi amalga oshiriladi va kursning nomi Informatika va hisoblash texnikasi asoslari deb nomlanadi.
2. O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bosqichi – bu bos-qichda informatika kursi to‘liq o‘rganiladi va kurs ikkita alohida fan sifatida («Informatika» va «Axborot texnolo-giyalari») faoliyat ko‘rsatadi.
3. Oliy ta’lim bosqichi – bu bosqichda informatika fani to‘liq o‘rganilib turli sohalarga qo‘llash masalalari hal qilinadi
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi va jaxonda axborotlashtirish masalasiga e’tiborning oshishi Informatika fanining o‘rganilishini quyi sinflardan boshlashni talab etmoqda. Bu borada Respublikamizning ta’lim sohasidagi istiqbollarida rejalashtirib qo‘yilgan. 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida Informatika fani 2 haftada 1 soatdan jami 17 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida sinov tariqasida o‘qitila boshlandi.
|
| |