|
O‘qitishning umumiy metodikasida
|
bet | 3/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #148015 |
Bog'liq 1-mavzuO‘qitishning umumiy metodikasida predmetning maqsadi, masalalari va mazmuni bo‘yicha muammolarni umum-lashtirish, tushuntirish, bilimni tekshirish va mustahkam-lashning asosiy formalarini ishlab chiqish va klassifikat-siyalash masalalari, o‘quvchilar yoshiga qarab alohida pedagogik usullarni qo‘llash samaradorligi masalalarini ko‘rib chiqadi.
Informatika o‘qitishning umumiy metodikasida quyidagi masalalar qarab chiqiladi:
- Informatika o‘qitish metodikasi fanining predmeti
- informatikaning fan va o‘quv predmeti sifatidagi tavsiflari informatika metodikasining tavsiflari
- informatikani umumta’lim maktablarida o‘qitish maqsadlari
- O‘zbekistonda informatika fanini o‘qitish islohotining muammolari
- umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standarti
- informatika o‘qitishning uzluksiz tizimi
- informatika kursining o‘quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti
- informatika ta’limining shakl va usullari
- informatika ta’limini tashkil etish
- hisoblash texnikasi xonasining jihozlanishi
- dars va uni tashkil etish masalalari
- o‘qituvchining dasrsga tayyorlanish tizimi
- o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilishning turlari
- tekshirishning funksiyalari va tamoyillari
- tekshirishning usul va shakllari
- tekshirish vositalari
- informatika kursi bo‘yicha o‘quv jarayonini rejalashtirish
- informatika bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar va uning o‘qitishdagi ahamiyati.
Informatika o‘qitishning xususiy metodikasida qo‘yidagi masalalar qarab chiqiladi: axborot tushunchasi, model va modellashtirish asoslari, algoritm va dasturlash asoslari, taqribiy hisoblash usullari, chiziqli dasturlash elementlari, operatsion tizim, matn muharriri, elektron jadvallar, kompyu-ter grafikasi, ma’lumotlar bazasi kabi mavzularni o‘qitish metodikasi masalalari.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi bilan tanishib chiqilgandan so‘ng tinglovchi qo‘yidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi:
- o‘quv yurti informatika predmetiga tegishli dastur, dasrlik va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni va tarkibini bilishi;
- informatika predmetini o‘qitish uslubiyatini bilishi;
- dars tarkibi va uni tashkil eta olishi;
- informatikaga oid didaktik materiallar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlay olishi va ulardan darsda foydalana olishi;
- dars shakllarini bir-biridan farq qila olishi;
- darsdan tashqari tadbirlar rejalarini tuza olishi va o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga o‘z Murojaat-nomasida ta’kidlaganidek, raqamli iqtisodiyotning rivoj-lanishi kelgusi yillarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekistonda 2020-yil Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili deb e’lon qilingani ham bejiz emas. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturi joriy yilda Prezident tomonidan qo‘yilgan bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Shu yil 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadal-lashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi. Ma’lumki, O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, ularga dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Axborot texnologiyalari va kmommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda “1 million o‘zbek dasturchilari” loyihasini ishga tushirgandi.
Bugungi kunda “Bir million dasturchilar” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar uzbekcoders.uz o‘quv portali orqali olib boriladi.Unda eng mashhur to‘rtta talabgor mutaxassisliklar bo‘yicha bepul video kurslar o‘zbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan, jumladan ma’lumotlarni tahlil qilish, “android” ilovalarini ishlab chiqish, veb-ilovalarni va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish.
Keng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o‘zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan “Bir million dasturchilar” loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, xususan:
— aholi o‘rtasida loyihani yoritish va raqamli ko‘nikmalarni targ‘ib qilish maqsadida reklama kampaniyasi (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn maktab teledarsliklarida hamda radioda) ish boshladi;
— loyiha doirasida bugungi kunda 62 mingdan ortiq o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tib, 5,4 ming nafar o‘quvchilar bitiruvchi sertifikatni oldi;
— “Bir million dasturchilar” loyihasi ZIYONET ta’lim portali, UZMOBILE mobil aloqa operatori va UZONLINE internet-provayderlarining bepul xizmatlariga kiritildi;
— Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida ushbu loyiha doirasida dasturlash ko‘nikmalariga o‘qitish joriy etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2020-yil 8-maydagi 53-son bayoniga muvofiq uzbekcoders.uz portali orqali:
2020/2021 o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlari tinglovchilarini hamda umumt’alim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni tashkil etishning asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Unga muvofiq:
Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni uzbekcoders.uz portali orqali tashkil etishning 2020/2021 o‘quv yilida 2,1 mingdan ortiq maktabning 47 mingdan ziyod o‘quvchilari o‘qitilishi rejalishtirilgan.
Oliy o‘quv yurtlari tinglovchilarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni uzbekcoders.uz portali orqali tashkil etishning 2020/2021 o‘quv yilida 44 ta oliy ta’lim muassasalarining 54 mingdan ortiq tinglovchiri o‘qitilishi rejalashtirilgan .
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishlarning muta-xassislik fanlari hamda umumta’lim maktablarining informatika fani dasturlariga “Bir million dasturchilar” loyihasi doirasidagi dasturlash yo‘nalishlari mavzu-larini kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
|
| |