|
Termiz tuman kasbhunar maktabi
|
bet | 1/3 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 174,77 Kb. | | #270672 |
Bog'liq 1-Kunduz Media Sillabus Maktabgacha 2024-2025 new Texnologik ta’lim
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ TUMAN KASBHUNAR MAKTABI
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
__________L.Bozorov
2024-yil “_____”__________
MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI
FANI BO‘YICHA
SILLABUS
Kunduzgi bo‘lim uchun
Bilim sohasi:
|
100 000
|
– Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110 000
|
– Ta’lim
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60111300 --
| |
Termiz-2024
Modul / FAN SILLABUSI
60111300 – Barcha yo`nalishlarga
Fan nomi:
|
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Fan kodi:
|
MSVAX1205
|
O‘quv yili:
|
2024-2025
|
Semestr:
|
III
|
Kafedra nomi:
|
Matematika va informatika
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
150
|
Ma’ruza
|
30
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
–
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
–
|
Seminar
|
30
|
Mustaqil ta’lim
|
90
|
Kredit miqdori:
|
5
|
Baholash shakli:
|
Imtihon
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Fan maqsadi (FM)
|
FM1
|
Talabalarga bugungi kundagi zamonaviy axborot makoniga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot, ma’lumot evolyutsiyasi tarixini o‘rgatish. Chunki, axborot tushunchasi, makon va zamonga xos bo‘lib, u davriy hodisa sifatida turli shakl-shamoyilda namoyon bo‘ladi. Hozirgi kunda esa jamiyatda axborot oqimi ko‘paygani tufayli, axborotdan “bezish”, uni tahlil qilmay, bor holicha iste’mol qilish jarayoni yuzaga keldi. Global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash, tanqidiy tafakkurni shakllantirish.
Ommaviy axborot vositalari va media makonga xos: “raqamli”,
“kompyuter”, “vizual”, “texnologik”, “kommunikatsion”, “media”, “axborot”, “ommaviy madaniyat” va “texnokratiya” kabi tushunchalarni talaba-yoshlarga mazmuni, maqsad va vazifalarini anglagan holda foydalanish madaniyatini shakllantiradi.
|
Fanni o‘zlashtirish davomida o‘zaro aloqador bo‘lgan bilimlar
|
1.
|
Ta’limda axborot texnologiyalari (AKT)
|
2.
|
Kompyuter grafikasi
|
3.
|
Web dasturlash
|
Ta’lim natijalari (TN)
|
|
Bilimlar jixatidan:
|
TN1
|
Fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun raqamli texnologiyaning didaktik imkoniyatlari, media axborot va matnlar bilan ishlash texnologiyasiga doir global jarayonlarga analitik va mantiqiy tafakkurning roli haqida bilimga ega bo‘lishi kerak;
|
TN2
|
Raqamli media matn va tasvir bilan ishlash, media ta’limni tashkil etishda ta’limiy mazmundagi infografika, broadcast, caption videoaapim yaratishga oid dasturiy ta’minotlar, media matnlarni tahlili, analitik va sintetik fikrlash asosida, mushohadaviy tafakkurga asoslangan holda mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
|
TN3
|
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati tushunchalarini kasbiy va axboriy faoliyatni amalga oshirishning universal vositasi sifatida foydalanishda konstruktiv, mantiqiy ifoda etish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
|
|
Ko‘nikmalar jixatidan:
|
TN4
|
Mediasavodxonlik, medianing xayotimizdagi o‘rnini tushunish. Media bilan muloqotga kirishish. Mediamatnlarni ongli ravishda, tanqidiy fikrlash orqali baxolash. Manipulyatsiyaga qarshi tura olish. Ijtimoiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega axborotni farqlashi. Mediamadaniyat – media soxasidagi moddiy va intellektual qadriyatlarning yig’indisi;
|
TN5
|
Inson axborot jamiyatida yashashga axborot orqali tayyorlash, axborot bilan to‘yingan jamiyat va chegarasiz axborot almashinuvi sharoitida jurnalistlarning xolisligi va mediasavodxonligi masalasi. Jurnalistlar va taxririyatlar faktchekingning tekshirilgan va yangi samarali usullaridan, shuningdek, feyk yangiliklarni identifikatsiya qilish vositalaridan foydalangan xolda axborotni tekshirish. Mass-media va axborot texnologiyalarining insonlar xayotiga tasiri o‘sib borishi;
|
TN6
|
Internet ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tanlash va ulardan foydalanish usullarini egallashi; o‘zining kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilishi;
|
TN7
|
Jurnalistlar soxta ma’lumotlarni tarqatuvchi, tashviqot tusidagi va viruss kontentlarni tarqatuvchi, shu orqali demokratik jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy hayotga ta’sir ko‘rsatuvchi raqamli platformalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘proq xis etadi. Chalg‘ituvchi va yolg‘on ma’lumot tashuvchi kontent. Axborot buzulishining uchta shakli: dezinformatsiya, axborotning noto‘liqligi, aniq ma’lumotga rioya qilish bilim, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|
| |