|
3-laboratoriya mashg’ulot informatika va axborot texnologiyalari faniga oid o’rgatuvchi didaktik materiallr tayyorlash
|
Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 69,5 Kb. | | #146799 |
Bog'liq 3 тажриба машғулоти Дидактик материал
3-LABORATORIYA MASHG’ULOT
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIGA OID O’RGATUVCHI DIDAKTIK MATERIALLR TAYYORLASH
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika kursiga oid o’rgatuvchi didaktik materiallar tayyorlash malakasini hosil qilish.
O’qitish vositalari – ma’ruza matni, tarqatma material, kompyuter slaydlari, doska, DTS, tayanch o’quv reja, Milliy o’quv dasturi, darslik.
O’qitish usullari – tushuntirish, instruksiya berish, namoyish, kichik guruhlarda ishlash
O’qitish shakllari – kollektiv ish, individual ish
O’qitish sharoiti – kompyuter, multimedia proektor (yoki proektor va LCD panel)
LABORATORIYA BAJARISH
DIDAKTIK MATERIALLAR
Didaktik materiallar – bu fanni o’qitishda foydalaniladigan tarqatma materiallar, modellar va maketlar, ko’rgazmalardir.
O’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi-gan tarqatma materiallarga: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va xokazolar kiradi.
Didaktik vositalarni o’quv jarayonida qo’llanilishi
Ta’limni to’g’ri tashkil etishning asosiy komponentlaridan biri bu didaktik vositalar hisoblanadi.
Didaktik vositalar – bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir.
Didaktik vositalarni turlari:
- o’rgatuvchi didaktik vositalar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;
- test didaktik vositalar – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi didaktik vositalar.
Fanlardan yaratiladigan didaktik vositalarga qo’yiladigan talablar:
Didaktik vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunarli, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.
Didaktik vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi.
Didaktik vositalarda ta’lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi (M: Taqdimot).
D idaktik vositalarni ishlab chiqish va foydalanishga qo’yilgan umumiy talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni yaratishning muvaffaqiyatliligi va sifatiga ta’sir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qo’yiladi.
Quyida didaktik vositalarga qo’yiladigan psixologik talablar keltirilgan:
TOPSHIRIQLAR:
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Informatika kursiga oid (bitta mavzu misolida) o’rgatuvchi didaktik material tayyorlash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdukarimov H., Suvonov O. Umumiy pedagogika: Texnologiya va amaliyot.
2. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y.
3. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y.
4. O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b.6.
5. Isoqov I., Abdurahimov, D.,Toshtemirov, D.E. Informatika fanidan o’quv-uslubiy maj-mua. Guliston, GulDU, 2013 y., 337 b.
6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Ta`limda innovatsion texnologiya-lar(ta`lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). Toshkent 2008 y., 181 b.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-laboratoriya mashg’ulot informatika va axborot texnologiyalari faniga oid o’rgatuvchi didaktik materiallr tayyorlash
|