|
– Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining amaliyot davrida bajaradigan ishlarining
|
bet | 2/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 8,26 Mb. | | #236371 |
Bog'liq Амалиёт дастури 3-курс2022-2023 (2)60110600 – Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining amaliyot davrida bajaradigan ishlarining
REJA JADVALI
Birinchi hafta
1-kun
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlar rahbarlari bilan tanishuv. Shartnoma, buyruq va amaliyotchi talabaning majburiyatlari bilan tanishtirish;
Amaliyot kundaligi, dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish;
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlar tarixi bilan tanishish;
Mutaxassislik bo‘yicha fan xonalarini o‘rganish, tashkilotlarda bo‘lim va mutaxassislar faoliyatini o‘rganish;
2- kun
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda biriktirilgan fan o‘qituvchilari va guruh murabbiylari ish rejalarini o‘rganish, tashkilotdagi malakali mutaxassislar ish faoliyati rejalarini o‘rganish;
Mutaxassislik bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar, malakali mutaxassislar bilan suhbatlashish, ularning darslarini va ish faoliyatlarini kuzatish;
3 – kun
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlardagi guruh(sinf) jurnallari, ishchi hujjatlarni yuritish qoidalarini o‘rganish;
Darslarni, malakali mutaxassis ish faoliyatini kuzatish daftarini tutish;
Darslarni, ish faoliyatini muhokama qilish va bayonnomalarni rasmiylashtirishni o‘rganish;
4 – kun
Guruh murabbiylari, tashkilot malakali mutaxasislari ishi bilan yaqindan tanishish;
Biriktirilgan sinf o’quvchilari, guruh talabalari bilan muloqot qilish;
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar uslubiy birlashma ishi bilan tanishish;
5 – kun
Fan to‘garaklari faoliyatini o‘rganish;
Tajribali o‘qituvchilar darsini kuzatish, malakali mutaxassis ish faoliyati bilan tanishish;
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha ma’ruza matni va o‘quv metodik majmualar bilan tanishish, tashkilotlardagi foydalanilayotgan dasturiy vositalarni o‘rganish;
6 – kun
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar kutubxonalarida o‘quv adabiyotlari turlari bilan tanishish, tashkilot ish faoliyatini olib boradigan nizomlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish;
Iqtidorli talaba va o‘quvchilar bilan suhbatlashish hamda ularning ro‘yxatini olish;
Fan olimpiadalarini o‘tkazish Nizomlari bilan tanishish;
Kuzatilgan darslarni tahlil qilish.
Haftalik hisobot
|
| |