Sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari




Download 149,5 Kb.
bet7/8
Sana30.11.2023
Hajmi149,5 Kb.
#108779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi 1

2.2. Sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari
Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash-tirish O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi. Unga binoan: “Mahsulotni sertifikatlashtirish” (keyinchalik sertifi-katlashtirish) mahsulotga o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat; “Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat; “Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa meyoriy xujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qo‘llaniladigan belgi tushuniladi. Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: - inson sog‘lig‘i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrofmuhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga oshirish uchun; - xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun; - mamlakatimiz va qo‘shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiytexnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish uchun; - iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) uchun; - ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun. O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458 sonli raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish qoidasi” ga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlash-tirish milliy tizimida (keyinchalik O‘z SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan umumiy talablarni belgilaydi. 182 O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan va chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, vazirliklar, Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorining 2-ilovasida keltirilgan. O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi: - sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish; - meyoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish; - buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish; - identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga yetkazish; - akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish; - mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash; - sifat tizimini baholash; - mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash; - olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki bermaslik; - O‘z SMT Davlat reyestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish; - chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish; - sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun) barqarorligi ustidan tekshiruvchan nazorat olib berish; - apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari: 1. Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish: O‘z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o‘tkazish uchun yurtimiz yoki chet el so‘rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi. Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot), gigiyenik sertifikat ilova qilinadi. Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi. 183 Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi: – ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi (u mavjud bo‘lganda); – mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot); – O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi. Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo‘lgan holda, so‘rovchi buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin. So‘rovchida bunday idora haqida axboroti yo‘q bo‘lganida va u manfaatdor bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin. SI buyurtmani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil qiladi hamda uni olgandan boshlab 2 kundan kechiktirmay so‘rovchiga muayyan bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishni belgilangan tartibiga asoslangan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartnomani o‘z ichiga olgan, shu jumladan, o‘tkaziladigan sertifikatlashtirishga muvofiq keladigan sertifikatlash-tirish sxemasi va kerak bo‘ladigan MH ko‘rsatilgan Qaror to‘g‘risida xabar beradi. Qarorda, shuningdek sinovlarni o‘tkazadigan akkreditlangan sinov laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirilishi kim tomonidan o‘tkazilishi (agarda bu sertifikatlashtirish sxemasi bilan mo‘ljallangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi. Tez buziladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish buyurtmasi, kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va u bo‘yicha qabul qilingan qaror, so‘rovchiga, murojaat qilingan kunning o‘zida xabar qilinadi. Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlashti-rishni o‘tkazish muddati, “Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan tovarlarni (mahsulotlarni) O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va uning hududidan olib chiqib ketish tartibi» to‘g‘risidagi qo‘llanmada aniqlangan. 2. Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish. Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, berilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan MH larda ko‘rsatilgan sinovlarni o‘tkazish huquqi O‘z SMT da akkreditlangan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) bo‘lmasa, SI yoki SMI haqiqiy natijalarni ta’minlovchi, sinovlarni o‘tkazish joyi, tartibi va sharoitlarini belgilaydi. Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, konstruksiyasi, tarkibi va ishlab chiqarish jarayoni, iste’molchiga (buyurtmachiga) taqdim etilayotgan 184 mahsulotlarga aynan o‘xshash bo‘lgan mahsulot to‘pidan (yoki seriyasidan) olingan namunalarida o‘tkaziladi. Namunalar soni ularni tanlab olish tartibi, aynan o‘xshatish va saqlash qoidalari sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni MH lari va sinov uslublarida belgilanadi. So‘rovchi, zarur bo‘lganda, tarkibi va mazmuni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tarkibida belgilanadigan namuna (namunalar) ning texnik xujjatini taqdim etadi. Namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish, belgi qo‘yish va tamg‘alashni, namunalarni sinash joyiga yetkazishni ta’minlaydigan so‘rovchi ishtirokida, SI yoki sinov laboratoriyasi amalga oshiradi. Bunda namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi. Bojxona ta’minotidagi import mahsulotlaridan namuna tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan uning inspektori va tovar egasi yoki uning ishonchli shaxsi ishtirokida sertifikatlashtirish idorasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda namuna (kichik namuna) lar tanlab olish dalolatnomalari uch nusxada tuzilib, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi. So‘rovchi, shuningdek, SI ga mahsulotni ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini (ularni amal qilish muddatlarini hisobga olgan holda) yoki O‘z SMT da akkreditlangan yoki tan olingan yurtimizning yoki chet el sinov laboratoriyalari tomonidan bajarilgan sinovlari to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Buyurtmachi iltimosiga ko‘ra uning vakillariga sinovlarni tashkil qilinishi va sharoitlari bilan tanishib chiqish imkoniyati berilishi lozim. So‘rovchi o‘z mahsulotining sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada sinovlarning maxfiyligini va normal sharoitlarni saqlanishini ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilinishi lozim. Namunalar sinovlarining sifati va ishonchliligi hamda ularni saqlash bo‘yicha javobgarlik, texnikaviy layoqatligi va mustaqilligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasiga yuklanadi. Sinov bayonnomalari vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va laboratoriya rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil laboratoriya bo‘lmagan taqdirda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun sinovlarni faqat texnikaviy layoqatligiga akkreditlangan sinov laboratoriyalarida SI vakilining nazorati ostida o‘tkazishga ruxsat etiladi. Bunday sinovlarning xolisligi bo‘yicha javobgarlik sinov laboratoriyasi bilan birga ularni o‘tkazishni topshirgan SI ga ham yuklanadi. Bu holda sinov bayonnomalari SI vakillari tomonidan ham imzolanadi. Sinov bayonnomalari so‘rovchiga va SI ga taqdim etiladi. Sinov bayonnomalarining nusxalari sertifikatning amal qilish muddatidan kam 185 bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi lozim. Bayonnoma nusxalarini saqlashning aniq muddatlari bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida va sinov laboratoriyasi hujjatlarida belgilanadi. Agarda mahsulotning alohida parametrlari bo‘yicha sinovlari har xil akkreditlangan sinov laboratoriyalarda (markazlarda) o‘tkazilgan bo‘lsa, unda mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligini ijobiy bahosi bo‘lib zarur bo‘lgan barcha ijobiy natijalari sinov bayonnomalarining mavjudligi hisoblanadi. Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi. 3. Ishlab chiqarish holatini baholash Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini baholash bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlash-tirishini o‘tkazish tartibi bilan belgilanadi. Baholash natijalari bo‘yicha tekshirish dalolatnomasi tuzilib, sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda u hisobga olinadi. Mahsulot sertifikatida ishlab chiqarishni tekshirilgan-ligi, sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida yoki sifat tizimini sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida axborot beriladi. 4. Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish. So‘rovchilarga muvofiqlik sertifikatini va sertifikat-lashtirilgan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini berishni SI, ular bo‘lmasa, SMI amalga oshiradi. SI sinov bayonnoma (lari) ni ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini baholab va ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, O`zRH 51-021 “O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Davlat reyestrini olib borish qoidalari” da belgilangan O‘z SMT ning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi va so‘rovchiga topshiradi. Sertifikat faqat ro‘yxat raqami bo‘lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir choratadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda belgilangan. Sertifikat berish bo‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni ko‘rib chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, sinash va tekshiruvchan nazorat, hujjatlarni ro‘yhatdan o‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. 186 Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlashtirilgan muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga SI belgilaydi. Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, so‘rovchi mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi. Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish. O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar sertifika-tini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar. Respublikada foydalaniladigan yurtimiz va chetdan keltirilgan mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bo‘lmaganda SMI qabul qiladi. Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi. Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi. Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar va materiallar ilova qilinishi lozim. Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH ning qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini taqdim etadi. Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish (tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda ayrim tavsiflari bo‘yicha o‘tkazishni talab qilishi mumkin. Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha belgilanadi. Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reyestriga kiritiladi. Chet el sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlariga haq to‘lash so‘rovchi tomonidan bajariladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 409- sonli “Majburiy sertifikatlash-tirish kerak bo‘lgan tovarlar (mahsulotlarni) 187 O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab chiqilib, 26 fevral 2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi. Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda saqlanishi mumkin. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi o‘rnatgan muddatda amalga oshiriladi. Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari 1 kundan 5 kungacha Yengil sanoat mahsulotlari 5-10 kungacha Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta ishlashdan boshqa) 10 kungacha Elektrotexnika va texnika mahsulotlari 5-15 kungacha Mashinasozlik mahsulotlari 10 kungacha Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar 15 kungacha O‘lchash vositalari 5-30 kungacha Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda, sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi. Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir. Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi. Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) o‘zaro kelishuviga muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.

Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.


"O'zstandart" agentligining o'zi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki e'tirof etilgan sertifikat-lashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat bo'yicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim bo'lgan korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir.
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.
"O'zstandart" agentligining o'zi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki e'tirof etilgan sertifikat-lashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat bo'yicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim bo'lgan korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni "O'zstandart" agentligi belgilab qo'ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.
Quyidagilar sertifikatlashtirishning qonuniy va me'yoriy-huquqiy asoslarini tashkil etadi:
-O'zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi qonuni;
-O'zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni;
-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 409-sonli “Sertifikatlanishi majburiy bo'lgan mahsulotlar ro‘yxatini, sertifikatlashtirishni o'tkazish tartibini, O'zbekiston Respublikasi hududiga xavfsiz ekanini tasdiqlash talab qilinuvchi tovarlarni olib kirish va o'z hududidan olib chiqishi tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qarori;
-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiyasi va sertifikatlashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori;
-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 dekabrdagi 427-sonli “O'zbekiston Respublikasiga iste'mol tovarlarini olib kirishni takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni tatbiq etish haqida”gi qarori;
-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi qarori;
-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “Mahsulotlar va xizmatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish soha-tadbirlari to‘g’risida” qarori;
-Sertifikatlashtirish milliy tizimining asoslanuvchi me'yoriy hujjatlari.


Xulosa

Men ushbu kurs ishini tayyorlashda mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha alohida qonunning mavjudligini e’tirof etib o‘tish kerak. Eshitishimcha, dunyoda bu borada alohida qonuniga ega bo‘lmagan, qonunning tegishli normalari qaysidir qonunlarni ichida aks etgan davlatlar ham bor ekan. Lekin gap hozir bu haqda emas. Tizimda uzoq yillardan buyon ishlayman. Adashmasam mamlakatimizda bank plastik kartochkalari 2005 yillardan joriy etila boshlagandi. O‘tgan yillar davomida ana shu bank kartochkalaridan to‘lov qilinganda naqd puldagi to‘lovga qaraganda boshqacharoq narxlar belgilash holatlariga ham guvoh bo‘lindi. To‘g‘ri, bunga tomoshabin bo‘lib qarab o‘tirilmadi, davlat idoralari va tizimimiz tomonidan bu salbiy holatlarga qarshi kurash olib borildi, lekin o‘shanda bugun shaharning bu burchagida, ertaga u burchagida bunaqa holatlar sodir bo‘lib turgandi. Bugun bunday holatlar yo‘q hisobi. Aytmoqchi bo‘layotganim, Siz bilan biz hozir muhokama qilib turgan Qonunga hali-hanuz bank plastik kartochkalari bo‘yicha normalar kiritilgani yo‘q. Amaldagi Qonunning 10-moddasi aynan tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli va tartibini belgilaydi. Boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, shu moddaga har xil to‘lov vositalari bilan pul to‘langanda, bir xil tovarga har xil narx belgilashni taqiqlovchi normalarni kiritish kerak Bugun yurtimizda jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Kecha biz uchun amalga oshib, yechim topishi qiyinday ko‘ringan ko‘plab muammolar sohaning asosiy qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi bilan o‘z yechimini topib ketmoqda Kurs ishimga ma’lumotlarni yig‘ishda ushbu mavzuga oid bo‘lgan barcha sohalar ish faoliyatlari bilan ham tanishib chiqdim.





Download 149,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 149,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari

Download 149,5 Kb.