|
Mahsulotni ishlab chiqish (loyihalash) va o‘zlashtirishda xalqaro standartlarda belgilangan talablariga to‘liq rioya etilgan holda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish
|
bet | 5/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 149,5 Kb. | | #108779 |
Bog'liq kurs ishi 1Rossiya Federatsiya. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) nafaqat iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, balki epidemiologik va sanitariya nazorati uchun ham mas’ul organ hisoblanadi. Rospotrebnadzor iste’molchilar barcha guruhlari xavfsizligini va farovonligini ta’minlashga kompleks yondoshuvchi organ hisoblanadi. Bundan tashqari, Rospotrebnadzor iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini muvofiqlashtiradi va ushbu sohada ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beradi. Ta’kidlash lozimki, Rospotrebnadzor muvofiqlashtirish siyosati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarga joriy muammolarga o‘z e’tiborini qaratishga va ularni hal qilishda yanada samarali harakat qilishga imkon yaratadi.
Qozog‘iston. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Qozog‘istonda ham faol rivojlanmoqda. Oxirgi yillarda, mamlakatda ushbu soha bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Demak, 2019 yilda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha funksiyalar va vakolatlar Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligidan Savdo va integratsiya vazirligiga topshirilib, uning huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi yaxlit va samarali davlat siyosatini ta’minlash maqsadida davlat organlari faoliyatini tarmoqlar bo‘yicha muvofiqlashtirish Qo‘mitaning asosiy vazifasi sifatida belgilandi. Qo‘mita iste’molchilar huquqiy himoyasini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va sohaga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlar olib boradi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
a) raqobatni ta’minlash, tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini tartibga solish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohalarda qonunchilikka rioya etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat muhitini ta’minlash, «kartel» kelishuvlari va til biriktirish holatlari, insofsiz raqobat amaliyotlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish;
v) monopoliyalarga qarshi kurashish, ustun mavqega ega xo‘jalik sub’ektlarining, shu jumladan tabiiy monopoliya sub’ektlarining o‘z mavqeini suiiste’mol qilishi va raqobatga qarshi harakatlariga chek qo‘yish;
g) normativ-huquqiy hujjatlarning hamda ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
d) tanlov (tender) savdolari, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish;
e) tovar-xom ashyo birjalari va ularning a’zolari faoliyatini, shuningdek, tovar derivativlari savdolarini tartibga solish;
j) asosiy iste’mol, monopol va yuqori likvidli tovarlar narxlarining asossiz oshirilishiga qarshi choralar ko‘rish;
z) sohaga oid kompleks dasturlarni ishlab chiqish, raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama yo‘nalishida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash;
«SH.SH. SHaraxmetov — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi»;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mahsulotni ishlab chiqish (loyihalash) va o‘zlashtirishda xalqaro standartlarda belgilangan talablariga to‘liq rioya etilgan holda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish
|