I BOB. ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH




Download 149,5 Kb.
bet2/8
Sana30.11.2023
Hajmi149,5 Kb.
#108779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi 1

I BOB. ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH.
1.1.Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonuni
O’zbekiston respublikasining qonuni (26.01.996y)
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’grisida mazkur qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O‘zR 05.04.2002 y. 364-II-son qonuni,
O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son qonuni
1 - modda. Ushbu qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar
2 - modda. Iste’molchilarning huquqlarini ximoya qilish to‘grisidagi qonun xujjatlari
3 - modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
4 - modda. Iste’molchilarning asosiy huquqlari
5 - modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘grisidagi ma’lumot
6 - modda. Tovar (ish, xizmat)lar to‘grisidagi ma’lumot
7 - modda. Tovar (ish, xizmat) hakida noto‘gri ma’lumot berilgan taqdirda iste’molchining huquqlari
8 - modda. Iste’molchining savdo va boshka xizmat ko‘rsatish turlari soxasida shartnoma tuzish xamda sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) sifatini tekshirish huquqi
9 - modda. Oldi sotdi shartnomalarining ayrim turlari to‘grisidagi qoidalar
10 - modda. Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli xamda tartibi
11 - modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari
12 - modda. Iste’molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo‘lishiga talab qo‘yish huquqi
13 - modda. Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari
14 - modda. Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi
15 - modda. Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi
16 - modda. Iste’molchining nuqsonli tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqi
17 - modda. Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilgan taqdirda u bilan xisob-kitob qilish
18 - modda. Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi
19 - modda. Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘grisidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari
20 - modda. Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik
21 - modda. SHartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlari haqiqiy emasligi
22 - modda. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash
23 - modda. Iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan ximoya qilinishini ta’minlash
24 - modda. Maxalliy xokimiyat organlari tomonidan iste’molchilar huquqlarining ximoya qilinishi
25 - modda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xamda uning xududiy organlari vakolatlari
26 - modda. Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat kiluvchi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari
27 - modda. Iste’molchilarning huquqlarini ximoya kilish to‘grisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
28 - modda. Moliyaviy xizmatlar soxasida iste’molchilarning huquqlarini ximoya qilish
29 - modda. Iste’molchilarning huquqlarini sud orqali ximoya qilish
30 - modda. Iste’molchilarning jamoat birlashmalari
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida.
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
- iste’molchi - foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs);
- ishlab chiqaruvchi - iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab
chiqaradigan korxona,
- tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor;
- ijrochi - maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, ta’mirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat ko‘rsatishning boshqa soxalarida shartnoma bo‘yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor; (O‘zR 05.04.2002 y. 364-II-son Qonuni taxriridagi xat boshi)
- sotuvchi - oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor;
- shartnoma - tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda sifat, mikdor, muddat, narx va boshqa shartlar to‘g‘risida iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chikaruvchi, ijrochi) o‘rtasidagi ogzaki yoki yozma kelishuv;
- tovar - ishlab chikaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo‘yicha sotish uchun mo‘ljallangan maxsuli, shu jumladan import mahsuloti;
- normativ hujjatlar - standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (kurilish normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvakkat farmokopeya qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar, retseptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga va xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarni o‘z ichiga oluvchi boshqa hujjatlar;
- tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi - tovarni iste’mol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste’molchining xayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga va atrof muhitga zarar etkazilishi extimoli bilan bog‘liq xavf-xatarning yo‘qligi;
- muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiklovchi hujjat;
- tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni - tovar (ish, xizmat)ning normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovar (ish, xizmat)ning sifatiga odatda qo‘yiladigan talablarga nomuvofiqligi;
- tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni - tovar (ish, xizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib bo‘lmaydigan qilib qo‘yadigan yoxud bartaraf etish uchun ko‘p mehnat va vakt sarflash talab qiladigan kamchilik;
- kafolat muddati - tovardan (xizmatdan) foydalanishning (oylar xisobidagi) normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib o‘tib va x.k) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati bo‘lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo‘lsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta’minlaydi;
- xizmat muddati - tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo‘lib, u tamom bo‘lgach, tovarning texnik xolatidan qat’i nazar, undan foydalanish to‘xtatilishi lozim;
- yaroqlilik ( saklash) muddati - muayyan davr bo‘lib, bu davrda tovar foydalanishga yarokli bo‘ladi va u tamom bo‘lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog‘ligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin;
- kassa cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning baxosi, xak to‘langan sana va kassa apparatining nomeri ko‘rsatilgan hujjat;
- tovar cheki - tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning xaki to‘langanligini tasdiklovchi, tovar (ish, xizmat)ning baxosi, xak to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogiston Respublikasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
Qoraqalpogiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Qonun hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan iste’molchilarning huquqlarini cheklab ko‘yishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.
Agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari ko‘llaniladi.
Iste’molchilar kuyidagi huquqlarga ega:
- tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek ishlab chikaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘gri va to‘lik ma’lumot olish;
- tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;
- tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi; xayoti, sogligi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chikaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gayriqonuniy xarakati (xarakatsizligi) tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda koplanishi;
- buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muxofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
- iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muxtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruxlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi o‘z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko‘rsatilgan bo‘lishi yoxud boshqa usulda takdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchiga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavxada aks ettirilishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi kismida nazarda tutilgan ma’lumot savdo va xizmat ko‘rsatish muvakkat binolar, yarmarkalar, ko‘chma do‘konchalar orkali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko‘rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashkarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga etkazilishi kerak.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida to‘lik ma’lumot berishi shart.
Ishlab chikaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya kilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaktida zarur, to‘gri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda kuyidagilar ko‘rsatilishi shart:
- tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning nomi;
- tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan o‘ziga xos xususiyatlari ro‘yxati;
- baxosi va sotib olish shartlari;
- ayrim turdagi tovarlarning ishlab chikarilgan sanasi;
- ishlab chikaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
- tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
- tovarning xizmat (yaroklilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chikishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- ishlab chikaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning nomi va mulkchilik shakli, ro‘yxatga olish va litsenziya guvoxnomasining nomeri;
- ishlab chikaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo kabul qilishga vakolat bergan, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning manzillari;
- tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari;
- teatr-konsert tadbirlari o‘tkazilayotganda fonogrammadan foydalanilishi
to‘g‘risidagi axborot.
Sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovar haqida iste’molchiga uning sertifikatlanganligi to‘g‘risida ma’lumot takdim etilishi lozim.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo‘qligi, bunday tovar (ish, xizmat)ni realizatsiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Iste’molchi shartnoma tuzish yo‘li bilan tovarni (ish, xizmatni) erkin sotib olish huquqiga ega bo‘lib, bu shartnomaga ko‘ra sotuvchi (ishlab chikaruvchi, ijrochi) iste’molchiga muayyan mikdordagi va makbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
Narxnoma bilan ko‘yilgan tovarlar hamda tovar (ish, xizmat)lar haqida keluvchilar e’tiboriga havola etiladigan ma’lumot tegishli shartnomani tuzish uchun taklif deb hisoblanadi.
Tomonlar o‘rtasida shartnoma narsasi, mikdor, narx va boshqa muxim shartlar to‘g‘risida kelishuvga erishilsa, iste’molchi bilan ishlab chikaruvchi (ijrochi, sotuvchi) o‘rtasida shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Tuzilgan zaxoti bajariladigan shartnoma, qoida tariqasida, og‘zaki shaklda tuziladi, qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno. Tuzilgan vaktdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar bo‘yicha, jo‘natma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi. Iste’molchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chikaruvchi, ijrochi) esa, nazorat-o‘lchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni takdim etishi, tovarni ishlatib ko‘rsatishi, undan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi, zarurat bo‘lsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart. Iste’molchining huquqlari buzilgan takdirda, u sudga murojaat qilishga xaklidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan erdagi yoki zarar etkazilgan joydagi sudga takdim etiladi. Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab ko‘zgatiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar. Iste’molchilar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin. Iste’molchilarning birlashmalari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir
Qaysi davlatda bo‘lishidan qat’iy nazar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli bo‘lgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari belgilab qo‘yilgan.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida samarali siyosatni amalga oshirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan davlat boshqaruv organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va jamoat tashkilotlarining rivojlanishiga hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning mavjudligiga chambarchas bog‘liq. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimini yaratish davlatning ichki siyosati hisoblanib, ko‘plab omillar, shu jumladan, huquqiy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy holat, urf-odatlar va huquqiy madaniyat darajasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 149,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 149,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH

Download 149,5 Kb.