ste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli bo‘lgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari




Download 149,5 Kb.
bet3/8
Sana30.11.2023
Hajmi149,5 Kb.
#108779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi 1
Datchiklarning asosiy vazifalari va tasniflanishi, 123, b2697810-e0ad-4cfb-a087-763e6ff5e4df, kanal, 2-Dedlayn, mustaqil talim 1, 8-Amaliy ish,Izzatbek, Mustaqil ish Mavzu;Optronlar tuzulishi va qo’llanilishi, Маруза (1)
1.2ste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli bo‘lgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari:

  • mamlakatda xavfsiz iste’mol muhitini yaratish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va buning uchun sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

  • iste’molchilik madaniyatini oshirish, sifatli tovarlar va xizmatlar bozori yaratilishini rag‘batlantirish, iste’molchilarga ishlab chiqarilayotgan va taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar sifati to‘g‘risida ob’yektiv ma’lumotlarni tarqatishdan iborat .Dunyoda iste’molchilarning huquqlarini himoyalashni ta’minlaydigan turli xil tizimlar mavjud, ular bir-biridan hukumat tarkibidaligi va avtonom sub’yekt ekanligi bilan farqlanadi.Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlarining jamoat tuzilmasi sifatida faoliyat yuritishi aholining e’tiborini jalb qilish imkonini beradi, iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatishni ta’minlaydi. Bunday amaliyot iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish siyosatiga bevosita ta’sir qiladigan sharoitlarni yaratishga imkon yaratadi. Biroq, boshqa tomondan, keng vakolatlarga ega davlat organining rasmiy maqomi, unga yuqori nufuz beradi hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi. Ta’kidlash joizki, aksariyat rivojlangan va rivojlanib borayotgan davlatlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida yagona siyosat olib borilishida davlat organlarining o‘rni yuqoridir.

Xorij davlatlari amaliyotiga nazar tashlar ekanmiz, turli davlat muassasalari ko‘rinishidagi vakolatli davlat organlarining faoliyat yuritishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin, jumladan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat vakolatli organlari Savdo vazirligi huzurida, Bosh vazir devoni tarkibidagi bo‘limlar ko‘rinishida yoki alohida idora va ba’zi hollarda Iste’molchilar ishlari vazirligi kabi davlat organlari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aksariyat hollarda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazifasi bir necha sohalarni tartibga soluvchi vazirliklarga tegishli, masalan, Avstriyada xotin-qizlar faoliyati vaziriga, Avstraliyada ilm-fan va turizm vaziri vakolatlari doirasiga, Norvegiyada esa bolalar va oila faoliyati vaziriga qarashli. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa komissarlari ham ushbu faoliyatni ko‘plab qo‘shimcha sohalar bilan birgalikda olib borishadi.Davlat organi va vazirlik o‘rtasidagi farq qarorlarni mustaqil va tezkor qabul qilish hamda jamoatchilik bilan ishlash ob’yektivligi va tezkorligini oshirish nuqtai nazaridan muhim bo‘lishi mumkin. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muassasalari vazirliklar tarkibida bo‘lgan taqdirda ham, ularning faoliyati asta-sekin mustaqil organ sifatida iste’molchilar e’tiborini tortishi mumkin.ste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tizimining yana bir modeli mavjudki, unda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining barcha sohalarini qamrab oladi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hukumat organlari energetika, telekommunikatsiya va qishloq xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarmoq vazirliklarida muayyan vakolatlarga ega bo‘ladi.Ko‘plab davlatlarning konstitutsiyasida iste’molchi huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishini kafolatlangan. Ya’ni, davlat, o‘z fuqarolarini sifatli va xavfsiz tovarlar, xizmatlar va ish joylari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi belgilangan.Yuqoridagilardan kelib chiqib va xalqaro tajribaga asoslanib, shuni aytish mumkinki, aynan iste’molchilarning huquqiy madaniyati yuqori bo‘lgan rivojlangan davlatlarda jamoat tashkilotlarining roli sezilarli darajada yuqori va iste’molchilar o‘zlarini mustaqil himoya qila oladi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlarining to‘laqonli tizimini yaratish uchun har qanday davlat iste’mol bozorining barcha sohalarini qamrab oladigan huquqiy bazaga ega bo‘lishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirli qonunlarni qabul qilinishi va mamlakat aholisining huquqiy savodxonligini oshirish uchun sharoit yaratilishi kerak.
Iste’molchilarning huquqiy madaniyati nisbatan past bo‘lgan davlatlarda iste’molchilar huquqini himoya qilish sohasida sud amaliyoti mavjud yetarli darajada emas, bu esa o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat qilgan fuqarolar sonining oshishiga olib keladi. Shu sababli, dastlabki bosqichda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi jamoat tashkilotlari tizimini rivojlanishi uchun davlatning ishtirok etishi muhim. Keyingi bosqichlarda iste’molchilar huquqiy savodxonligi oshib borgani sari, jamoat tashkilotlari sonining ko‘payishi ham kuzatiladi.Quyida davlat organlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi ishtiroki yuqori bo‘lgan xorijiy mamlakatlar tajribasini ko‘rib chiqamiz.
AQSh. AQShda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasidagi eng taniqli va faol organ bo‘lib, Federal savdo komissiyasi (Federal Trade Commission) hisoblanadi. FSK huzurida Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha byuro (Bureau of Consumer Protection) ish yuritadi. Byuroning asosiy maqsadi biznesni adolatsiz, nohaq va firibgarlik yo‘li bilan yuritishni oldini olishdan iborat. Byuro shuningdek, ma’lumotlarni himoya qilish, soxta reklama va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha iste’molchilar murojaatlarini qabul qiladi. 2009 yilda FSK tarkibida Iste’molchilarni moliyaviy himoya qilish byurosi (Consumer Financial Protection Bureau) ham tashkil etildi. Ushbu Byuroning asosiy vazifalaridan biri qoidalar yozish, kompaniyalarni nazorat qilish va qonun hujjatlariga amal qilinishini ta’minlash orqali adolatsiz, chalg‘ituvchi yoki haqoratli xatti-harakatlar va amaliyotni bartaraf etishdan iborat.

Download 149,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 149,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli bo‘lgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari

Download 149,5 Kb.