XARAJATLARNI TURKUMLANISHI VA HISOBI
Reja:
Kirish
2. Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga
qarab turkumlanishi
Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo'yicha hisobga olishni tashkil etish
Javobgarlik markazlari bo'yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
Foydalanilgan Adabiyotlar
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o'rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovar sotish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Korxonalarda xarajat turlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy, moliyaviy va investisiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxona xarajatlari asosan xomashyo, materiallar, ёqilg'i va mehnatga haq to'lash xarajatlaridan iborat bo'ladi.
Respublikamizda xarajat moddalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (o'z.R. VM.ning 2003-yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan o'zgartirish kiritilgan) "Mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida"gi Nizomga asoslanadi.
Bu Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin.
. 2. Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi
debet oborotlari xo'jalik muomalalari natijasida sodir bo'lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oborotlari esa ularning hisobdan chiqarilishini ifodalaydi.
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari qo'yilgan vazifalarga muvofiq xarajat elementlari va kalkulyasiya moddalariga bo'linadi.
Xarajatlarni elementlari bo'yicha guruhlash ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy mazmuniga qarab aniqlash va tegishli smetalar tuzishga asos bo'ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulyasiya moddalari bo'yicha guruhlash esa mahsulotlar tannarxini aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur xarajatlar xomashyo va materiallarni tayyorlash, qayta ishlash, yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish, yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'ladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lmagan xarajatlarga korxonaning madaniy-maishiy obyektlariga sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Shuningdek korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko'ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar tarkibiga korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan xomashyo va materiallar, mexnatga haq to'lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizasiyasi kabi xarajatlar kiradi.
Bevosita moddiy xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot (ish va xizmat)larning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulotlar tayyorlash, ish bajarish va xizmat ko'rsatishda foydalaniladigan, chetdan sotib olinadigan xoinashyo va material xarajatlarini ifodalaydi.
Yuqoridagilardan tashqari "Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi" Nizomga muvofiq quyidagi xarajatlar ham bevosita moddiy xarajatlar tarkibiga kiradi:
- normal texnologiya jarayonini taminlash va mahsulotlarni o'rash uchun mahsulot (ish, xizmati yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojiga sarflanadigan 26 sbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o'tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlar qiymati, xo'jalik buyumlari va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalari;
- sotib olinadigan, kelgusida korxonada montaj qilinadigan yoki qo'shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, korxonaning ichki tarkibiy bo'limlari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo'lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo'lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha muomalalarni bajarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, ularning sifatini aniqlash uchun sinovlar o'tkazish. Belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish vositalarini tuzatish va boshqalar tegishli bo'ladi.
Korxona ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tovarlar, yuklarning boshqa turlarini markaziy ombordan. sexga, shuningdek, tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan xizmatlar hisoblanadi;
- tabiiy xomashyo (yer rekultivasiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirish, yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekulitivasiya qilish ishlariga haq to'lash), ildizi bilan beriladigan daraxtlarga haq to'lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo'jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to'lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun esa ёg'och-taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizasiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari;
- texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg'ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonalarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bo'yicha transport ishlari;
- korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo'jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. Bunda korxonaning o'zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani istemol joyiga transformasiya qilish va
|