• Turli dasturiy muhitlar bilan integratsiyalanishi.
  • Real vaqt rejimi.
  • Foydalanuvchi uchun qulay interfeys.
  • Dasturiy ta’minotning modulliligi va moslashuvchanligi.
  • Texnologik jarayonlarni xavfsiz boshqarish.
  • Ma’lumotlarni saqlash.
  • Texnologik jarayonlarni boshqarish dasturiy




    Download 442.82 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana27.02.2024
    Hajmi442.82 Kb.
    #163001
    Bog'liq
    M2
    MUSTAQIL TA'LIM-2


    2-MA’RUZA 
    TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISH DASTURIY 
    TA’MINOTINING XUSUSIYATLARI. 
    Oldingi mavzuda ko’rib o’tilganidek, dasturli boshqarish tizimlari o’zida 
    ko’plab vazifalarni mujassamlashtirganligi tufayli bu tizim tarkibiy elementlarini 
    biror xususiy hol uchun oddiy yoki murakkab deb baholash qiyin. Dasturli 
    boshqarish tizimlarining murakkablik darajasi qo’yiladigan masalaga
    jarayonning oddiy yoki murakkab ekanligiga, qatnashuvchi avtomatlashtirish 
    texnik vositalariga hamda boshqarish tizimi talablariga bog’liq. Deylik, 
    ko’rilayotgan boshqarish tizimi dasturli boshqarish tizimlariga toifasiga kirib, 
    murakkab struktura va boshqarish shart hamda talablariga ega. Bu holatda tizim 
    tarkibidagi dasturiy ta’minoti xususiyatlariga alohida e’tibor berib o’tilishi kerak. 
    Texnologik jarayonlarni boshqarish dasturiy ta’minotining xususiyatlari 
    quyidagilar bo'lishi mumkin: 
    1. Turli dasturiy muhitlar bilan integratsiyalanishi. Texnologik 
    boshqarish dasturiy ta’minoti, har xil texnologiyalar va tizimlarni 
    birlashtirish va ular orasida ma’lumot almashishga imkon beruvchi 
    integratsiya muhitlarini ta’minlashi kerak. Bu xususiyat ma’lumot 
    almashish va dasturiy ta’minotlarning o’zaro bog’lanishni soddalashtiradi. 
    2. Real vaqt rejimi. Tuzilayotgan dasturiy ta’minot texnologik jarayonlar 
    bilan o’zaro munosabatni, ya’ni boshqarish va nazorat qilishni real vaqtda 
    ta’minlashi kerak. Bu xususiyat boshqarish tizimi tomonidan tezkor va 
    samarali qarorlar qabul qilishiga imkon beradi. 
    3. Foydalanuvchi uchun qulay interfeys. Tuziladigan boshqarish dasturi va 
    inson-mashina interfeyslari texnologik jarayonni nazorat qiluvchi operator 
    yoki mas’ul xodim uchun tushunarli holatda bo’lishi kerak. Inson-mashina 
    interfeysining murakkabligi xodim tomonidan texnologik tizimning 
    tasodifiy ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 


    4. Dasturiy ta’minotning modulliligi va moslashuvchanligi. Ishlab 
    chiqilgan dasturiy ta’minot loyihasi ekspluatatsiya davrida ham 
    o’zgarishlarga moslanadigan bo’lishi kerak. Dasturiy ta’minotning 
    modullilik xususiyati kelajakda ushbu dasturiy ta’minotga qo’shimcha 
    funksiyalar qo’shish 
    imkonini 
    beradi. 
    Dasturiy 
    ta’minotning 
    moslashuvchanligi esa tizim tarkibidagi qaysidir vazifalar o’zgarganida 
    dastur strukturasini o’zgartirish imkonini beradi. 
    5. Texnologik jarayonlarni xavfsiz boshqarish. Tuziladigan boshqarish va 
    diagnostikalash dasturiy ta’minotida texnologik jarayon uchun favqulotda 
    himoyalash, tarmoq xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalar mavjud bo’lishi 
    kerak. 
    6. 
    Ma’lumotlarni saqlash. Dasturiy ta’minot ma’lumotlar bazasini 
    boshqarish tizimlari bilan integratsiyalangan bo’lishi kerak. Texnologik 
    jarayondagi o’lchanadigan ma’lumotlar va boshqarish tizimi tomonidan 
    qabul qilinadigan har bir qarorlar real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasida 
    saqlanishi va zarur vaqtda ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini 
    berishi kerak.
    Yuqorida keltirib o’tilgan xususiyatlar, texnologik jarayonlarni boshqarish 
    dasturlari uchun muhimdir, chunki ularni samarali boshqarish, monitoring qilish, 
    va ma'lumotlarni real vaqtda nazorat qilish imkon berishadi. 

    Download 442.82 Kb.




    Download 442.82 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik jarayonlarni boshqarish dasturiy

    Download 442.82 Kb.
    Pdf ko'rish