Burg’ilangan quduqlar joyini kesmada uning yo’nalishiga moslab joylashtirish




Download 11,69 Mb.
bet61/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.3.1. Burg’ilangan quduqlar joyini kesmada uning yo’nalishiga moslab joylashtirish


Kesmaning tuzishdagi xatoliklarni bartaraf etish maqsadida, qoidaga ko’ra, quduqlarning o’rni (nuqtalari) qatlamning yo’nalishi bo’yicha joylashtiriladi (5.7rasm,a). Kesmaga quduqning o’rnashgan joyini qatlamning yo’nalishi bo’yicha tushirish (5.7-rasm,b) mumkin bo’lmasa yoki quduq kovlangan joyni bunday belgilash, masalan T nuqtadan U nuqtaga o’tkazish (5.7-rasm,v) maqsadga muvofiq bo’lmasa (chunki funktsiyalar xarakteri T va U nuqtalarda har xil bo’ladi), quduq kesma yo’nalishiga perpendikulyar bo’yicha joylashtiriladi (K nuqtadan L nuqtaga, M nuqtadan N nuqtaga, T nuqtadan Y nuqtaga). Quduqlar kesmaga bunday joylashtirilganda albatta tuzatishlar kiritiladi.
Quduq M ni qatlamning enkayish chizig’i bo’yicha joylashtirish uchun (5.7 b,
5.7 a-rasmlar) quyidagi tuzatish kiritiladi: х1  MNtg β. (5.2)
Quduqni qatlamning enkayishi bo’yicha joylashtirishda (5.2)-ifoda bo’yicha hisoblab chiqarilgan tuzatish qiymati quduq balandligi qiymatidan ayrib tashlanadi va quduq kesmaga h3 h2  х1 ga (5.8-rasm, a) teng yangi balandlik bilan
tushiriladi. Quduq qatlamning yuqoriga ko’tarilib borishi bo’yicha joylashtirilganda, avval hisoblab chiqilgan tuzatish qiymati quduqning balandlik qiymatiga qo’shiladi va buni kesmada h1  h  х1 ga teng balandlik bilan ko’rsatiladi (5.8-rasm, b).
Bunday sharoitda quduqning og’zi L2 nuqtada, birinchi holatda esa N2 nuqtada joylashadi. Quduqni bunday chizishda va u kesmaning yo’nalishiga mos holatda joylashtirilganda kesmada xatoliklar bo’lmaydi.
5.7-rasm. Quduqlar joyini kesmaga joylashtirish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981): 1 – qatlamlarning yotish elementlari; 2 – quduqlar joylashgan o’rni; 3 – quduqlarning ko’shirilgan nuqtasi;  - qatlamning og’ish burshagi;  - kesmaning yo’nalishi bilan qatlamning yo’nalishi oralig’idagi burshak; rim raqamlari bilan kesmalar yo’nalishi ifodalangan.

Agar quduq qatlamning cho’ziqligiga va enkayishiga nisbatan diagonal yo’nalishda tuzilgan kesmaga joylashtirilsa (5.7-rasm,g), unday holatda quduq O nuqtadan kesmaga o’tkazilgan perpendikulyar chiziq bo’yicha R nuqtaga tushiriladi, ya’ni qatlamning pastga enkayishi bo’yicha o’tkaziladi.
5.7-rasm,g da OS va PR yordamchi chiziqlar
o’tkazilgan. Rasmdagi O, R, S nuqtalar qatlamning yo’nalishi chizig’ida joylashadi va rasmdagi R nuqtaga nisbatan bir xil chuqurlikda bo’ladi. R nuqta hamma nuqtalarga nisbatan х o’lchamiga teng bo’lgan chuqurlikda joylashadi. Demak, х RPtgβ ga teng.

.(5.3) bo’ladi
5.3. ifoda bo’yicha hisoblangan tuzatishni quduqni R


Download 11,69 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Burg’ilangan quduqlar joyini kesmada uning yo’nalishiga moslab joylashtirish

Download 11,69 Mb.