|
-rasm. Struktura xaritasini tuzishda keltirilgan Chuqurliklarni to’g’ri va noto’g’ri interpolyatsiya qilish sxemasi
|
bet | 69/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi5.17-rasm. Struktura xaritasini tuzishda keltirilgan Chuqurliklarni to’g’ri va noto’g’ri interpolyatsiya qilish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981) 1 – noto’g’ri interpolyatsiya shizig’i; 2 – to’g’ri interpolyatsiya shizig’i; strukturalar izogipslari: 3 – noto’g’ri interpolyatsiya shiziqlari; 4 – to’g’ri
interpolyatsiya shiziqlari
Murakkab tuzilishli struktura xaritalarini to’g’ri o’qish uchun eng avval oddiy (elementar) strukturalarni tasvirlashni bilish kerak. SHundan so’ng
strukturalarning murakkab tuzilishli xaritalarini o’qish ancha oson bo’ladi. 5.18rasmda oddiy strukturalar xaritasi va ularning kesmalari tasvirlangan. Antiklinal va sinklinal strukturalarda izogipslarning berkilishi kuzatiladi. Tog’ jinslarining monoklinal yotish sharoitida tarkib topgan struktura elementlarida izogipslarning berkilishi kuzatilmaydi.
Struktura terrasalari mavjud bo’lganda izogipslar bir-biridan uzoqlashadi, uning tashqi tomonida esa tog’ jinsi qatlamining ko’tarilib borishi bo’yicha yuqoriga, shuningdek, pastga tomon jinsning tikroq yotishi kuzatiladi va bunday holatda izogipslar bir-biriga yaqinlashib boradi. Agar fleksurali bukilish mavjud bo’lsa, izogipslar bir-biriga yaqinlashadi yoki tog’ jinsi qatlamining tik yotishi ko’zga tashlanadi, fleksuraning tashqi tomonida esa tog’ jinsining yotishi bo’yicha yuqoriga va pastga tomon izogipslar bir-biridan uzoqlashib ketadi (tog’ jinsining qiya yotishi).
5.4.2. Kesmalar usuli
Struktura xaritasi kesmalar usulida tektonik tuzilishi murakkab bo’lgan va yer yoriqlari bilan ajralib ketgan strukturalar uchun tuziladi. Goho bu usul uchburchaklar usuli bilan birgalikda ishlatiladi.
5.19-5.20-rasmlarda kesmalar usuli bilan struktura xaritalarining navbatmanavbat tuzilishi ko’rsatilgan. Eng avvalo hamma quduqlar bo’yicha bir qator ko’ndalang, goho bo’ylamasiga, bir qator geologik kesmalar tuziladi (5.19-rasmda II, II-II, III-III, IV-IV kesmalar). Bunday kesmalarda tayanch gorizontning ustki qismi
(yoki tubi) albatta ajratiladi va bular bo’yicha struktura xaritasi tuziladi. Joyning planida tuzilgan kesmalar chiziqlarining o’rni ko’rsatiladi. Maydonning tektonik tuzilishining murakkabligiga va struktura xaritasini xohlagan darajada mufassal bo’lishiga qarab izogips kesimi tanlanadi (keltirilgan misolda 25 m).
So’ngra tayanch gorizontning ustki qismi (tubi) har bir kesmada tanlangan kesim va chizma masshtabida gorizontal tekisliklar bilan kesib o’tiladi. Kesma tekisligini gorizontal tekisliklar bilan kesib o’tilishidan hosil bo’lgan izlari chizmada kesma chizig’iga parallel joylashadi. YUqorida joylashgan to’r chiziqlari bilan qatlam ustki qismining kesishgan nuqtalari kesma chizig’iga proektsiyalanadi va qatlamning ularga mos keluvchi balandlik belgilari ko’rsatiladi.
|
| |