• 5.21 rasm. Struktura Belgilarni tez topishda grafik metodidan xaritasini tuzish namunasi
  • 2 rasm. Balandlik «arfasi»
  • rasm. Kesmalar usulida tuziladigan struktura xaritasi asosi




    Download 11,69 Mb.
    bet71/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    5.20 rasm. Kesmalar usulida tuziladigan struktura xaritasi asosi (M.A.Jdanov, 1981): 1 – tayansh gorizont ustki qismining izogipslari, m; 2 – tayansh gorizont ustki qismini buzilishlar yuzalari bilan kesishgan shiziqlarining gorizontal proektsiyasi; 3 – tektonik strukturalar o’qlari; 4 – kesmalar yo’nalishi

    5.4.3. Strukturalar xaritasining mutlaq balandliklarini interpolyatsiya qilish metodi bilan tuzish


    Mazkur metod bilan struktura xaritasini tuzish quyidagicha bajariladi. Maydonning planiga qazilgan hamma quduqlarning o’rni nuqta ko’rinishida tushiriladi. Quduqlarda struktura xaritasi tuziladigan qatlamlar aniq ajratiladi. Quduqlar altitudasi yordamida qatlam yuzasining mutlaq balandligi hisoblab chiqiladi.
    Hisoblab chiqilgan mutlaq balandliklar quduqning joylashgan o’rni ko’rsatilgan nuqta yoniga yoziladi. Odatda nuqtaning o’ng tomoniga chizilgan chiziq suratiga quduqning tartib raqami, uning maxrajiga qatlam ustining (yoki tubining) mutlaq balandligi yozib qo’yiladi. So’ngra struktura xaritasini tuzishga kirishiladi. Buning uchun katta va kichik belgilar mukammal o’rganib chiqiladi va maydonda qanday strukturalar mavjudligi, shuningdek, uzilmali buzilishlarning bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Quduqlar bir-birlari bilan to’g’ri chiziq orqali tutashtiriladi va bular orqali interpolyatsiya qilish yo’li bilan gorizontlarning boshlang’ich holati aniqlanadi.
    Quduqlarning nuqtalarini chiziqlar bilan birlashtirishda tayanch to’rining chiziqlari orasida o’tkir burchak hosil bo’lmasligi kerak. Agar bunday bo’lsa, gorizontlarning egilishi noto’g’ri ifodalanadi.
    Qayd etilgan ishlar bajarilgandan so’ng gorizontallar kesimining maqsadga muvofiq o’lchami tanlanadi va ularning to’g’ri chiziqlar bilan kesishgan nuqtalari aniqlanadi.
    5.21-rasmda tasvirlangan struktura xaritasida gorizontallar har 10 m dan o’tkazilgan. Eng oddiy holatni olsak, agar to’g’ri chiziq bilan birlashtirilgan ikki quduq bo’yicha belgi 10 karrali bo’lsa (masalan, 1-quduqning chuqurligini anglatuvchi belgi 570 m va 3-quduqdagisi 620 m) bo’lsa, masofa 620570 5
    10 bo’lakka bo’linadi, binobarin bu bo’laklarning oxirida joylashgan nuqtalar 1quduqdan boshlab 580, 590, 600 va 610 m dan o’tuvchi gorizontallarga to’g’ri keladi.
    A gar quduqlar bo’ylab olingan belgilar 10 m ga karrali bo’lmasa, u holda hisoblashlar ancha murakkablashadi. Bunda 5-quduq (chuqurlik belgisi 532 m) va 8quduq (chuqurlik belgisi 587 m)lar oralig’idan o’tkazilgan gorizontallar topilishi kerak. Basharti xaritada quduqlararo masofa 27,5 mm bo’lsa, u holda belgilarning 1 m farqiga xaritada
    0,5мм to’g’ri keladi. Demak, 540 m
    li gorizontal chiziq 5-quduq markazidan (540532)x0,5=4 mm masofada, 550 m li gorizontal chiziq  9+(10x0,5)=14 mm, 570 m li gorizontal chiziq  19 mm, va 580 m li gorizontal chiziq  24 mm masofada, ya’ni 8-quduqdan 27,5-24=3,5 mm masofada joylashadi. Bunday holatning to’g’ri aniqlanganligini 8-quduqdan 580-gorizontal belgisini aniqlab, (587-580)x0,5=3,5 mm ekanligi
    topiladi. 5.21 rasm. Struktura
    Belgilarni tez topishda grafik metodidan xaritasini tuzish namunasi foydalaniladi. Bunda balandlik «Arfa»si (yoki paletka) (A.M.Agadjanov, 1958) ishlatiladi. Kalka qog’ozda chizilgan va bir-biridan bir xil masofada parallel joylashgan chiziqlar «Arfa» nomi bilan yuritiladi (5.22-rasm). Eng chekkadagi to’g’ri chiziqda O-belgisi, yon tarafidagi hamma to’g’ri chiziqlar 5 va 10 ga karrali yozilgan.
    « Arfa»dan quyidagicha foydalaniladi. Aytaylik, balandlik belgisi 7,5 m bo’lgan 7-quduq va 32 m bo’lgan 10-quduqlar oralig’ida gorizontallarning to’g’ri chiziq bilan kesishgan joyini topish kerak. Gorizontallar kesimi (mutlaq balandliklar farqi) 5 m. Xaritaning ustiga «Arfa»ni shunday joylashtirish lozimki, bunda 7-quduqning markazi 7 va 8 m belgili to’g’ri chiziqlarning qoq o’rtasiga joylashsin. So’ngra aniqlangan nuqtani joyidan siljitmay turib, 22 m belgili to’g’ri chiziqni 10-quduqning markaziga o’rnashguncha «Arfa»ni aylantiramiz. Ikki quduqni «Arfa»ning 10, 15 va 20 m belgili to’g’ri chiziqlari bilan birlashtiradigan chiziqning kesishgan joylarida teshikchalar hosil qilib, izlanayotgan nuqtalar topiladi.
    Topilgan bir xil belgili nuqtalar keskin egilishlar hosil qilmay, chiziq bilan birlashtiriladi.
    Bunda nuqtalar soni ko’p bo’lmagan izogipsning yo’nalishi nuqtasi ko’p bo’lgan izogips chiziqlari yo’nalishiga moslab chiziladi. Nuqtalar soni kam bo’lgan uchastkalarda esa izogipslar shartli ravishda punktir (uzuq) chiziqchalar ko’rinishida
    chiziladi. Mutlaq balandliklarni interpolyatsiya 2 rasm. Balandlik «arfasi» qilish metodi bilan struktura xaritasini tuzishda, (A.M.Agadjanov, 1958) qatlamlarning buzilish chizig’ining o’rni faqat taqribiy aniqlanadi. Buzilishlar chizig’ining o’rnini aniq topish uchun kesma chiziqlariga tushirilgan quduq kesimlaridan foydalaniladi.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Kesmalar usulida tuziladigan struktura xaritasi asosi

    Download 11,69 Mb.