• 5.4.6. Qatlamning litologik tarkibining o’zgaruvchanligini tavsiflovchi xarita
  • Qatlamlar xaritasini tuzish




    Download 11,69 Mb.
    bet73/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    5.4.5 Qatlamlar xaritasini tuzish


    Dengiz sathidan ma’lum chuqurlikda joylashgan va konning tuzilishida qatnashgan qatlamning gorizontal tekislik bilan kesishgan yuzasini ifodalaydigan xarita qatlam xaritasi nomi bilan yuritiladi. Bunday xarita ko’ndalang va bo’ylama geologik kesmalar asosida tuziladi (5.24-rasm). Bu kesmalar yordamida xaritada alohida qatlam va svitalarning chegaralari aniqlanadi. SHuningdek, xarita tuzishda kesmaga tushmay qolgan quduqlar kesimlarining barchasidan foydalaniladi. Buning uchun quduq kesimini kesib o’tuvchi gorizontal tekislikning dengiz sathidan o’lchangan balandlik belgisini quduq og’zining dengiz sathidan balandligi belgisi bilan qo’shib, quduq kesimi tekisligining kesib o’tadigan joyi aniqlanadi (5.1jadvalga qarang). So’ngra shu nuqtada qanday qatlam yotganligi aniqlanadi va qatlamning nomi shartli belgi bilan quduqqa yaqin joyda xaritada o’z aksini topadi.

    5.24 rasm. Qatlam xaritasini tuzish ushun bo’ylama 5.25 rasm. Shartli qatlam va ko’ndalang yo’nalishlarda tuzilgan geologik xaritasini tuzishga misol kesmalar (A.M.Agadjanov, 1958) (A.M.Agadjanov, 1958)
    Keyinchalik shu qatlamning maydoni chegaralanadi (5.25-rasm). Litologik tarkibi o’zgaruvchan bo’lgan qatlamlarni o’rganishda qatlam xaritalari alohida ahamiyatga ega.

    5.4.6. Qatlamning litologik tarkibining o’zgaruvchanligini tavsiflovchi xarita


    Qatlamning har xilligini ifodalash maqsadida litologik tarkibning o’zgaruvchanligi va zonal xaritalari tuziladi.

    a) Kollektorlar litologik tarkibining o’zgaruvchanlik xaritasi


    Ma’lumki, konlardagi mahsuldor qatlamlarning litologik tarkibi o’zgaruvchan bo’ladi. Bu hodisa ayniqsa Ural va O’rta Osiyo konlarining mahsuldor qatlamlariga xosdir. Ko’pchilik yirik neft konlaridagi mahsuldor qatlamlardagi qumtosh qatlarni alevrolit, gilli alevrolit va argillitlarga o’tishi Tatariston va Boshqirdistondagi devon davri neft konlarida yaxshi kuzatiladi.
    Qumtosh va alevrolitlarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi har xil bo’ladi.
    SHu sababli ularning neftga to’yinganligi ham turlicha bo’ladi, shunga ko’ra neft quduqlarining mahsuldorligi ham bir-biridan farqlanadi.
    Kollektorlarning litologik tarkibining o’zgaruvchanligini ifodalovchi xaritalarda litologik tarkibi bir xil uchastkalar ajratib ko’rsatiladi, turli jinslar esa shtrixlar yoki rang bilan ifodalanadi (5.26-rasm). Ko’pincha kollektorlar qalinligi haqidagi ma’lumotlar bunday xaritalarga kiritiladi, ya’ni kollektorlarning litologik tarkibining o’zgaruvchanlik xaritasi bilan qalinligini ko’rsatuvchi xaritalar birga qo’shiladi. b) Zonal xarita
    Qatlamni faqat maydon bo’ylab, balki vertikal yo’nalish bo’yicha ham har xil bo’lgan sharoitda uni mukammal tavsiflash uchun zonal xarita tuziladi. Bunday xarita yordamida qatlamning zonal intervallaridan biri tasvirlanadi. Bu interval
    5.26-rasm. Turli tog’ jinslari ajratilgan ushastkalarni xaritada

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   252




    Download 11,69 Mb.