|
MAHSULDOR QATLAMLAR TARKIBINI IFODALOVCHI XARITALAR
|
bet | 81/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 5.5. MAHSULDOR QATLAMLAR TARKIBINI IFODALOVCHI XARITALAR
Mahsuldor qatlamlar tarkibini ifodalovchi xaritalar neft konlarini ishlatishda (neft va gazning zaxirasini hisoblashda, konni ishlatish sistemasini loyihalashda va sh.k.) muhim ahamiyatga ega. Bularga kollektorlarning qalinligini ifodalovchi xaritalar, qatlamning g’ovaklilik va o’tkazuvchanlik xaritalari mansubdir. Quyida biz shu xaritalar haqida so’z yuritamiz.
5.5.1. Kollektorlar qalinligini ifodalovchi xaritalar
Agar neftli qatlam monolit bo’lsa, ya’ni uning tarkibida o’tkazmaydigan jinslar uchramasa, bunday holatda kollektorlar qalinligining xaritasini (yoki izopaxit
5.36 rasm. Neft konlaridan birining S2 uyumlari bo’yisha tuzilgan zonal qalinliklar xaritasi
xaritasini) tuzish tutashish xaritasini tuzish usulidan farq qilmaydi. Aksincha, neftga boy qatlamning tarkibida o’tkazmaydigan tog’ jinslari qatchalari (gillar va sh.k.) mavjud bo’lsa va ular kollektorlik xususiyatiga ega bo’lmasa, bunday sharoitda qatlamdagi hamma o’tkazuvchan qatchalar birlashtirilib, kollektorning qalinligi aniqlanadi. Bunday xaritalar kollektorlarning foydali qalinligi xaritasi deb ataladi. Xarita izopaxitlari ma’lum nuqtalarni o’zaro interpolyatsiya qilish yo’li bilan topiladi, ya’ni bu jihatdan kollektorlar qalinligini ifodalovchi xaritalarni tuzish, avval qayd etilgan struktura xaritalarining mutlaq balandliklarini interpolyatsiya qilish yo’li bilan tuzishdan farq qilmaydi. Agar kollektorlar ba’zi bir uchastkalarda qiyiqlansa va maydonda quduqlar bir maromda joylashgan bo’lsa, bunday holatda nol chizig’i, ya’ni kollektorlarning qiyiqlanish chizig’i quduqlar oralig’idagi masofaning yarmisidan o’tkaziladi.
Agar chegaralovchi quduqlar qiyiqlanish chizig’idan uzoqroqda joylashgan bo’lsa, u holda nol chizig’ini kollektorlar qalinligining maydon bo’ylab o’zgarishini hisoblab topiladi. Kollektorlarning foydali qalinligi bo’yicha tuzilgan xaritalardan neft va gaz zaxiralarini hisoblashda, neft qatlamining ishlatishni loyihalashda va nazorat qilishda foydalaniladi. Bunda amaliyot vazifalaridan kelib chiqqan holda kollektorlarning foydali qalinligi xaritasi bilan birgalikda kollektorning gaz yoki neftli qismining xaritasi tuziladi. 5.36-rasmda neft konlaridan birida S2 uyumi kollektorining zonal qalinligining xaritasi tasvirlangan.
|
| |