Qatlamning g’ovaklilik (sementlanganlik), o’tkazuvchanlik va singdiruvchanlik xaritalari




Download 11,69 Mb.
bet82/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.5.2. Qatlamning g’ovaklilik (sementlanganlik), o’tkazuvchanlik va singdiruvchanlik xaritalari


G’ovaklilik xaritasi deb g’ovaklilik qiymati bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtirib tuzilgan xaritaga aytiladi. Bunday xaritani tuzishda har bir quduqdan olingan kernni tahlil qilish natijasida berilgan nuqtalarda qatlamning o’rtacha g’ovakliligi aniqlanadi. Olingan natijalar xaritadagi har bir quduq nuqtasining oldiga yozib qo’yiladi. So’ngra quduqlararo interpolyatsiya qilinib, ma’lum intervallardagi ayrim nuqtalarda g’ovaklilik% hisobida aniqlanadi (10, 15, 20, 25, 30% va h.k.). Ma’lumki, jinslarning g’ovakliligi ularning sementlanish darajasiga bog’liq (sementlanish darajasi yuqori bo’lsa, ularning g’ovakliligi shuncha kam bo’ladi). Binobarin, g’ovaklilik xaritasi bir vaqtning o’zida kollektorlarning sementlanganlik darajasini ham bildiradi.
Ba’zi bir rayonlarda sementlovchi moddalar (kvartsli, ohakli va boshqa sementlar) tog’ jinsining qattiqlik darajasini oshirib yuboradi. Bunday joylarda yuqoridagiga o’xshash xaritalarni tuzishda jinslarning burg’ilanishi pastdagi qattiqlik darajasiga oid ma’lumotlar inobatga olinadi. Ammo mazkur xaritalar tog’ jinsi g’ovakliligi to’g’risida faqat nisbiy tasavvur beradi.
Kollektorlar o’tkazuvchanligini ifodalovchi xaritalar g’ovaklilik xaritasini tuzish usulida tayyorlanadi. Har bir quduq uchun, u yoki bu usulda aniqlangan o’tkazuvchanlik qiymati darsi birligida aniqlanadi.
Quduq belgisi oldiga yozib qo’yilgan o’tkazuvchanlikni anglatuvchi raqam interpolyatsiya metodi bilan ma’lum intervallar uchun aniqlanadi va o’tkazuvchanligi bir xil bo’lgan nuqtalar belgilanadi. Qiymati bir xil bo’lgan nuqtalar tekis egri chiziq bilan birlashtiriladi. Natijada kollektorlar o’tkazuvchanligini ko’rsatuvchi xarita tuziladi.
Neftli qatlamlarning fizik xususiyatlarini gidrodinamika metodlari bilan o’rganish borasida qatlamning singdiruvchanlik xaritasi ishlatila boshlandi. Bunday xaritalar neft yoki suvning qovushqoqligi, qatlamning o’tkazuvchanligi va qalinligi μ
ta’sirini tavsiflaydi va quyidagicha ifodalanadi: , bunda   qatlamdagi suyuqlik kh
qovushqoqligi, santipuazda; k  kollektorning o’rtacha o’tkazuvchanligi, darsida; h  qatlamning qalinligi, m.
Singdiruvchanlik xaritasi izoliniyalari yuqorida qayd etilgan xaritalar usuli bilan topiladi. Qatlamning singdiruvchanlik xaritasi yordamida suyuqliklarning harakati qiyinlashgan uchastkalar aniqlanadi, ammo suyuqlikning harakati qanchalik qiyinlashsa, ya’ni μ , miqdori qancha katta bo’lsa, qatlamning singdiruvchanligi kh
shunchalik yomon bo’ladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qatlamning g’ovaklilik (sementlanganlik), o’tkazuvchanlik va singdiruvchanlik xaritalari

Download 11,69 Mb.