|
-rasm. Tutashish metodi bo’yisha struktura xaritasini tuzish
|
bet | 78/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi5.32-rasm. Tutashish metodi bo’yisha struktura xaritasini tuzish (M.A.Jdanov, 1981): a – izoxoralar o’tkazilgan belgili gorizontning ustki qismi bo’yisha tuzilgan struktura xaritasi; b – tayansh gorizontining ustki qismini va mahsuldor qatlamning tuzilishini I-I kesmada ifodalanishi; v – A nuqtada mahsuldor qatlam ustki qismining mutlaq shuqurligini aniqlashga misol; g –mahsuldor qatlam ustki qismining tutashish metodi bilan tuzilgan struktura xaritasi; 1 – tayansh gorizontning ustki qismining izogipslari, m; 2 – teng masofali shiziqlar (izoxoralar), m; I-I kesmada qatlam ustki qismlarini joylashgan holatlari: 3 – tayansh gorizont holati; 4 – mahsuldor qatlam holati; 5 – tutashish nuqtalari; 6 – mahsuldor qatlam ustki qismining izogipslari, m
Demak, mahsuldor qatlam ustining A nuqtada yotgan chuqurligi dengiz sathidan 250+500=750 m pastda joylashgan (5.32-rasm,v). Mahsuldor qatlamning yotgan chuqurligi qiymatlarini belgili gorizontning izoxor va izogipslarini hamma kesishgan nuqtalarida hisoblab chiqib, mahsuldor qatlam ustining struktura xaritasini tuzish mumkin (5.32-rasm,g). Buning uchun bir xil qiymatli belgilar tekis chiziq bilan birlashtirib chiqiladi.
5.4.10. Strukturalar xaritasidan foydalanish
Strukturalar xaritasi turli geologik masalalarni hal etishda va qatlamning ishlatish loyihasini tuzishda, shuningdek, neft konlarida quyidagi ayrim masalalarni hal qilishda qo’llaniladi:
1. Quduqning loyihaviy chuqurligini aniqlashda. Masalan, altitudasi 175 m ga teng bo’lgan 1-quduq loyihalashtirilayotgan bo’lsin (5.33-rasm,a). Qatlam ustki qismining keltirilgan mutlaq balandligi qiymati quduqning struktura xaritasida joylashgan holatiga ko’ra 550 m ni tashkil etadi. Bunga ko’ra 1-quduqning loyihada ko’rsatilgan chuqurligi qatlam ustki qismigacha 550+175=725 m ga teng bo’ladi. 2quduqning loyihadagi chuqurligi (5.33-rasm,b) 950-650=300 m, bunda quduq altitudasi 950 m ga tengdir.
5.33-rasm. Struktura xaritasi bo’yisha quduqning loyixada ko’rsatilgan shuqurligini va qatlamlarning og’ish burshagini aniqlash (M.A.Jdanov,1981)
2. U yoki bu uchastkalarda qatlamning yotish burchagi ni aniqlashda struktura xaritasidagi biror uchastkasida AV izogips chiziqlari orqali to’g’ri chiziq (AV, 5.33rasm,a) o’tkaziladi, so’ngra (5.33-rasm,v) og’ish burchagi aniqlanadi
200 , tg β АВ
bunda 200 izogips chiziqlari balandligi orasidagi farq, m; AV xaritaning
masshtabi bo’yicha olingan plandagi izogipslar oralig’idagi eng qisqa masofa.
|
| |