Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish




Download 11,69 Mb.
bet76/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.4.8. Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish


Strukturalar xaritasini tuzishda yanglishishlar bo’lishining oldini olish maqsadida quduq tanasining qiyshayishini hisobga olish zarur. CHunonchi, quduq tog’ jinslarining yuqoriga ko’tarilishi bo’yicha qiyshaysa, struktura xaritasida aslida yo’q bo’lgan struktura do’ngligi paydo bo’lishi mumkin (5.31-rasm,a) va aksincha, quduq tog’ jinslarining pastga og’ishi bo’ylab qiyshaysa, xaritada struktura botiqligi paydo bo’ladi (5.31-rasm,b).
Quduqning qiyshayishini hisobga olishda, eng avvalo uning fazoviy qiyshayishi aniqlanadi va uni bir tekislikdagi qiyshayishga keltiriladi (qiyshayishning soxta tekisligi). Bu ish 5.10-rasmga berilgan izohdagi metodika bo’yicha bajarilib, uning vertikal tashkil etuvchisi aniqlanadi. Natijada tayanch yuzaning quduq bilan uchrashgan nuqtasining joylashgan chuqurligi belgilanadi.

5.31-rasm. Quduqning qiyshayishi hisobga olinmaganda yuzaga keladigan xatoliklar sxemasi va strukturalar xaritasini tuzishda ularning qiyshayishini hisobga olish (M.A.Jdanov, 1981). Quduqlarning qiyshayishi hisobga olinmaganda sodir bo’ladigan xatoliklar: a – qatlamlarning yuqoriga ko’tarilishi bo’yisha; b – qatlamlarning pasayishi bo’yisha; v – quduqning qiyshayishini hisobga olib struktura xaritasini tuzish. A, S – quduqlar og’zining holati; V, D – quduqlar ostki qismlarining holati; kasr suratida – quduqlar soni, kasr maxrajida – quduq shuqurligining belgisi (metrda)
Quduqlar joylashgan planda struktura xaritasini tuzish uchun qiyshaygan quduqlar og’zi va ularning tayanch yuza bilan kesishgan nuqtalari tasvirlanadi (bir tekislikka keltirilgan quduq tanasining gorizontal proektsiyasini ifodalovchi vektor oxirida). Bu nuqtalarga (vektor oxirida) ularning yotgan chuqurliklarini mutlaq balandlik qiymatlari metrda qo’yiladi, ya’ni х -N, bunda х  vertikal tashkil etuvchi; N  quduqning altitudasi.
Keyinroq mazkur quduqning tayanch yuzasi bilan kesishgan nuqtalari (vektorning oxirida) uchburchak usulida tutashtiriladi. YUqorida qayd etilgan qoidaga ko’ra quduqlarning keltirilgan qiymati chuqurliklari bo’yicha interpolyatsiya qilinadi va struktura xaritasi tuziladi (5.31-rasm,v).

Download 11,69 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish

Download 11,69 Mb.