|
Strukturalarning ayrim maxsus xaritalari
|
bet | 79/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 5.4.11. Strukturalarning ayrim maxsus xaritalari
Ayrim paytlarda maxsus vazifalarni hal qilish uchun strukturalar xaritasini tuzishda alohida usullarni qo’llashga zaruriyat tug’iladi. Bunday xaritalarga buzilish yuzasi xaritalari va qiya struktura xaritalari mansub. Biz quyida ushbu xaritalarning tuzilish usullariga to’xtalib o’tamiz. Buzilishlar yuzasi xaritasi buzilish yuzasining tuzilishi murakkab bo’lib, buzilish yuzasi bilan tektonik to’silgan neft uyumlari bog’liq bo’lganda tuziladi. Bunday xarita uchburchaklar usuli yoki kesmalar usuli bilan alohida quduqlarda ochilgan buzilishlar yuzalarining mutlaq balandlik belgisi bo’yicha tuziladi. Mazkur xaritalar orqali buzilishlar yuzasining ochiladigan chuqurligi aniqlanadi va neft uyumlari etarlicha razvedka qilinmagan taqdirda ham ishlatish quduqlarini aniqlik bilan loyihalashtirishga imkon beradi.
I-I kesma II-II kesma
5.34-rasm. Buzilish yuzasi xaritasi: 1 – buzilish yuzasi izogipslari, m; 2 – uyumning nadvigosti qismidagi holati.
5.34-rasmda kesmalar usuli bilan tuzilgan buzilish yuzasining xaritasi tasvirlangan. Xaritada interval quduqlardan olingan ma’lumotlar ham inobatga olingan. Neft uyumining joylashishi faqat I-I va II-II kesmada (5.34-rasm) ko’rsatilgan. Kesmalar bo’yicha olingan ma’lumotlarni struktura xaritasiga tushirib, neft uyumining joylashishi (abcd) va uning buzilish yuzasi bilan bog’liqligi aniqlanadi.
5.4.12. Qiya struktura xaritalari
Qiya struktura xaritalarini tuzishda qandaydir yuzani yoki strukturani bazis
yuzada ifodalash uchun dengiz sathi o’rniga qiya yuza qabul qilinadi. Birinchi marta qiya struktura xaritasini 1911-1912 yillarda I.M. Gubkin Apsheron neft konidagi ba’zi bir neft uyumlari joylashgan erozion botiq uchun tuzgan.
Bu xaritasi orqali I.M. Gubkin neft uyumlarining tarqalishi to’g’risida to’g’ri yo’nalish bergan.
1939 yilda qiya struktura xaritalari Grozniy neftli rayonida tik qiyalangan qatlamlarni va bukilib yotgan burmalarni ifodalash uchun ishlatilgan. Amaliyotdan aynan shu tipdagi strukturalarni qiya struktura xaritalari yordamida ifodalash strukturalarning va neft uyumlarining haqiqiy o’lchamlarini buzib ko’rsatilishiga olib kelishi ma’lum bo’ldi. SHu sababli bunday xaritalardan foydalanish samarasiz hisoblanadi
|
| |