«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet87/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

6.1.2. G’ovaklilik


Tog’ jinslarining g’ovakliligi deb ulardagi bo’shliqlar (g’ovaklar, kovaklar, yoriqlar) tushuniladi. Tog’ jinslarining g’ovakliligi g’ovaklilik koeffisienti orqali aniqlanadi. Uning qiymati tog’ jinsidagi bo’shliqlar hajmining uning umumiy hajmiga nisbati bilan topiladi (foizda yoki o’nlik birliklarda ifodalanadi).
Quyidagi g’ovaklilik turlari mavjud:
1)mutlaq (to’la, umumiy) g’ovaklilik - tog’ jinsidagi umumiy bo’shliqlar
(shakli, kattaligi va o’zaro joylashishidan qat’iy nazar);
2)ochiq (to’yingan) g’ovaklilik - o’zaro tutashgan g’ovaklar majmui;
3)foydali g’ovaklilik - suyuqlik siljiyotgan g’ovakliklar majmui;
4) yopiq g’ovaklilik - o’zaro tutash bo’lmagan g’ovaklar majmui (yopiq g’ovaklilik, mutlaq g’ovaklilik va ochiq g’ovakliliklar farqi bilan aniqlanadi).


6.2 rasm. Turli jinslardagi g’ovaklar (M.A.Jdanov, 1981). Qumlar: a, b – zarralari saralangan va yaxshi silliqlangan, v – har xil zarrali, yomon silliqlangan va kushsiz saralangan; g – qumtoshlar, g’ovaklari tsementlovshi moddalar bilan qisman to’lgan; d – darzli ohaktoshlar, g’ovaklari jinsning erishi tufayli qisman kengaygan; e – massiv kristalli jinslar, g’ovaklari darzliklardan iborat
Morfologik belgilarga ko’ra quyidagi g’ovakliliklar mavjud: a) zarralar oralig’idagi g’ovaklilik ― bo’sh, karbonat, gil jinslari zarralarining joylashishidan yuzaga kelgan g’ovaklilik; b) yoriqli g’ovaklilik ― uning hajmi 0,01-1% bo’lib, zarralar oralig’idagi g’ovaklilikka nisbatan kam bo’ladi. Paydo bo’lishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi g’ovakliliklar farqlanadi. Birlamchisi cho’kindilarning to’planish sharoitiga bog’liq bo’lib, cho’kindi jinslarning hosil bo’lish jarayonida yuzaga kelib, asta-sekin kamaya

boradi. Ikkilamchi g’ovaklilik epigenetik jarayonlar ta’sirida jinslardan minerallarni eritib yoki zarra holida olib chiqilishidan paydo bo’lgan bo’shliqlar bilan bog’liq. Karbonat jinslarning erib ketishidan ikkilamchi g’ovaklilik tarkib topadi. Masalan, karst hosil bo’lishi (6.2-rasm).
Turli tog’ jinslarining g’ovakliligi bir necha foizdan 40% gacha, lyosslarda esa 52-55% gacha o’zgaradi. Gil jinslarning umumiy va ochiq g’ovakliligi ularning yotgan chuqurligiga bog’liq. Bir necha yuz m chuqurlikka tushib qolgan jinslarning ochiq g’ovakliligi 25-35%, 3-4 km chuqurlikda esa bir foizgacha bo’ladi. G’ovaklilikni chuqurlikka tomon o’zgarib borishi gil jinslar tarkibiga, ularning egilish tezligiga va kesim tuzilishiga bog’liq. Bo’sh jinslar g’ovakliligi chuqurlik sari ma’lum qonuniyat bo’yicha kamayib boradi. Lekin shunga qaramay g’ovaklilik 100200 m chuqurlikda kamroq, ba’zan keskin (5-6% gacha) kamayishi mumkin.
Bundan tashqari bo’sh jinslar g’ovakliligi tarkibidagi sement miqdoriga ham bog’liq. Masalan, jinslardagi karbonatli sement miqdori 25-30% bo’lganda, ochiq g’ovaklilik kam chuqurliklarda ham 1-2% gacha pasayib ketadi. Organik va chaqiq ohaktoshlarning g’ovakliligi nisbatan yuqori bo’ladi. Tog’ jinsi g’ovakliligi laboratoriyada turli tadqiqot usullaridan va geofizik metodlardan foydalanib aniqlanadi.
Ochiq g’ovaklilik deb jinsdagi o’zaro tutash g’ovaklar hajmining jins umumiy hajmi nisbatiga aytiladi. Bo’sh sementlangan qumtoshlarning mutlaq g’ovakliligiga ularning ochiq g’ovakliligi mos keladi. Mutlaq g’ovaklilik laboratoriya sharoitida Melcher usuli bilan aniqlanadi. Mutlaq g’ovaklilik (mf) quyidagi mf=1-V3/V0 tengligi orqali topiladi. Bunda V3 - namuna mineral qismi hajmi, V0- namunaning umumiy hajmi.
Odatda kollektorlarning ochiq g’ovakliligi 10% dan 20% gacha o’zgaradi. Kollektorda darzliklar ko’p bo’lsa, ochiq g’ovaklilik 2-3% bo’lganda ham konlardan sanoat miqyosida neft olish mumkin. Tog’ bosimining ortishi g’ovaklilikning kamayib ketishiga sabab bo’ladi. CHunonchi, bosim 5-107 Pa ga etganda g’ovaklilikning boshlang’ich qiymati 60-80% ga kamayadi. Ochiq g’ovaklilikni aniqlashda gidrodinamika va geofizika usullaridan foydalaniladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.