rasm. Qiya burshakli aksonometrik blok diagrammani tuzish: 1, 2
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Bulardan so’ng blok-diagrammaga geologik kesimlar va qatlam xaritasining ma’lumotlari tushiriladi. Frontal tekislikka geologik kesim ma’lumotlari o’zgartirilmay, xatosiz yon tekislikda tushiriladi. Yon tekislikda kesimni ifodalashda qabul qilingan xatolik masshtabiga binoan kesim gorizontal yo’nalishda siqiladi. YUqoridagi tekislikda ham ma’lumotlar xuddi shunga o’xshash xatolar bilan ko’rsatiladi, lekin geologik yotqiziqlar chegarasini o’tkazishda blok-diagrammadagi kvadratlar tomonlaridan va qatlam xaritasiga xatosiz tushirilgan kvadratlardan foydalaniladi. Qandaydir nuqtani tekislikka tushirishda uning masofasi kvadratlar tomonidan boshlab, bir yo’nalish bo’yicha xatosiz olinadi. Boshqa yo’nalishi bo’yicha esa dastlab qabul qilingan xatolik koeffisientiga ko’paytirib olinadi. To’g’ri burchak proektsiyasida blok-diagrammalar uch variantda (turda) tuziladi: 1) izometrik tasvirlash, bunda uch o’qning yo’nalishi bo’yicha xatolik koeffisienti bir xil bo’ladi (5.38-rasm,I); 2) diametrik tasvirlash, bunda ikki yo’nalishda xatolik koeffisientlari birday bo’lib, uchinchi yo’nalishdan farqlanadi (5.38-rasm,II); 3) trimetrik tasvirlash, bunda xatolik koeffisientlari uch yo’nalish bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Amaliyotda izometrik tasvirlash eng ko’p, diametrik tasvirlash esa kamroq ishlatiladi. Izometrik aksonometrik blok-diagrammalar quyidagicha tuziladi. Qog’ozga gorizontal chiziq chiziladi (5.39-rasm) va shu chiziqdagi A nuqtadan AV perpendikulyar o’tkaziladi. Bu blok-diagrammaning old tomonga qaragan qirrasini ifodalaydi. Keyinchalik A nuqtadan gorizontal chiziqqa 300 burchak ostida parallelipiped shaklini tasvirlovchi qirralar o’tkaziladi. Bunda hamma yo’nalishlar bo’yicha xatolik koeffisienti 0,82 ga teng. Bundan keyingi tuzilishlarda AS, SS1 va DD1 tomonlarni bir-biri bilan o’zaro teng ekanligi inobatga olinadi. SHuningdek, VS1, AS, DE va D1B, DA, EC tomonlari ham bir-biriga teng. 5.39-rasmda tasvirlangan blok kub shaklida bo’lib, uning hamma tomonlari teng. Blok-diagrammaning qirralari chizilgandan so’ng uning hamma tomonlari kvadratlarga bo’linadi (blok-diagrammada ular romb ko’rinishida). Bular geologik kesmalardagi va xaritadagi kvadratlarga mos keladi. Kesmalardan olingan ma’lumotlar va xaritalar xatolik koeffisientini hisobga olgan holda blokdiagrammaga o’tkaziladi. 6-bob. Download 11,69 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa rasm. Qiya burshakli aksonometrik blok diagrammani tuzish: 1, 2
|