• 5.5.4. Blok-diagramma tuzish metodikasi
  • Qatlamning qarshilik va neftga to’yinganlik xaritalari




    Download 11,69 Mb.
    bet83/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    5.5.3. Qatlamning qarshilik va neftga to’yinganlik xaritalari


    Neftga to’yingan kollektorlarning suvga to’yingan jinslardan farqi shundaki, elektrkarotaj diagrammalarida ularning qarshiligi yuqori bo’ladi. Qatlamning qarshilik xaritasini tuzib, uning neftga to’yinish darajasining maydon bo’ylab taqsimlanishini tasavvur etish mumkin.
    Xaritani tuzish uchun standart zonddan olingan solishtirma qarshiliklardan biri ishlatiladi: a) qatlam qarshisidagi maksimal solishtirma qarshilik; b) qatlamning hamma qismi bo’yicha o’rtacha solishtirma qarshilik; v) qatlamning neft-gazga to’yingan qismining qarshisidagi o’rtacha solishtirma qarshilik.
    Ma’lumki, qatlamni ishlatish jarayonida neftga to’yinganlik darajasi o’zgarib turadi. Shu bilan birga, tasavvur etilayotgan solishtirma qarshilik qiymati va o’z navbatida tuzilgan xarita ham o’zgaradi. SHuning uchun ham xaritani tuzishda karotaj diagrammalaridan unumli foydalanish zarur. Shuni qayd etish lozimki, tuzilgan xaritalar qatlamning neftga to’yinganligi borasida faqat taqribiy tasavvur beradi.
    Keyingi paytlarda kollektorlarning neftga to’yinganligini aniqlashda yonlama elektr zondlash metodidan foydalanila boshlandi. SHu sababli qarshilik xaritasi qatlamning neftga to’yinganlik xaritasi bilan almashtirildi.

    5.5.4. Blok-diagramma tuzish metodikasi


    Geologik tuzilishi murakkab bo’lgan konda tog’ jinslarining ayrim komplekslarini o’zaro bog’liqligini ifodalashda blok-diagrammalarlan foydalaniladi. Blok-diagramma yer qobig’ining parallelepiped shakldagi bloklarini uch tekislikda aksonometrik (yoki istiqbolli) ifodalanishi hisoblanadi, ulardan ikki chetki devori geologik kesimlar hisoblansa, ustidagisi qatlam xaritasini aks ettiradi.
    Aksonometrik blok-diagrammalar ikki usulda tuziladi: 1) egri burchakli proektsiyada; 2) to’g’ri burchakli proektsiyada.
    Egri burchakli proektsiyada (5.37-rasm) blok-diagrammaning bir tomoni frontal tekislik hisoblanib, 2 xatosiz chiziladi. Blok-diagrammani tuzishda dastlab gorizontal bazis to’g’ri chizig’i chiziladi. Bu to’g’ri chiziqdan 300, yoki 450, yohud 600 burchak ostida (blok-diagramma shakliga ko’ra) boshqa to’g’ri chiziq o’tkaziladi, bu 3-yon tekislikning asosi hisoblanadi. Bazis to’g’ri chiziqqa frontal tekislikni ifodalovchi to’g’ri burchak chiziladi va u tekislikni teng kvadratlarga xatosiz bo’ladi. Kvadratning qolgan ikki tekisligi xatoli bo’lib, ularni tuzish uchun quyidagi ishlar bajariladi. 2-frontal tekislik kvadratlaridan 2-3-tekislik asosiga, ya’ni tanlangan burchak ostidagi gorizontal bazis chizig’iga parallel chiziqlar tushiriladi. So’ngra frontal to’g’ri burchak yon chiziqlariga 1 va 3-tekisliklardagi kvadratlarning o’ng tomonini kesib o’tuvchi chiziqlar o’tkaziladi. Kvadratlarning bu tomoni frontal tekislikdagi kvadratlar tomonlariga nisbatan kichraytiribroq olinadi. Ammo xatolik koeffisientining qiymati blok-diagrammada 0,4-1,0 atrofida o’zgarishi mumkin.



    Download 11,69 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qatlamning qarshilik va neftga to’yinganlik xaritalari

    Download 11,69 Mb.