|
-rasm. Erozion botiqning qiyalanishini ifodalaydigan struktura xaritasi
|
bet | 80/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi5.35-rasm. Erozion botiqning qiyalanishini ifodalaydigan struktura xaritasi. Izogipslar, metrda: 1 – monoklinallar, 2 – erozion botiq tagi; 3 – erozion botiqning shuqurligini ifodalovshi izoshiziqlar, metrda
5.35-rasmda erozion botiqlikni ifodalash uchun tutashish xaritasi yordamida qiya struktura xaritasini tuzishning avvalgiga nisbatan soddalashtirilgan grafik metodi ko’rsatilgan. Bu maqsadda I-I va II-II kesmada erozion botiqning geologik tuzilishi ko’rsatilgan, erozion botiqning monoklinal holatda qoplab yotgan tog’ jinslari punktir chiziq bilan ifodalangan, gorizontal chiziqlar tanlangan kesim bo’yicha erozion botiqni kesib o’tgan (bunda kesim 100 m ga teng).
Gorizontal chiziqlarni monoklinal va erozion botiq bilan kesishgan nuqtalarini gorizontalga tushirib, raqamlar (va nuqtalar bilan) bilan monoklinalning mutlaq balandligi, harflar bilan (va kichkina krest belgi bilan) erozion botiqning tubining balandlik qiymati aks ettirilgan (5.35-rasm,a). YUqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar plandagi mos kesma chiziqlariga o’tkazadi (5.35-rasm,b). Keyinchalik monoklinal qatlam ustki qismining mutlaq balandliklari bo’yicha monoklinalning struktura xaritasi tuziladi. Erozion botiq tubining mutlaq balandliklari bo’yicha erozion botiq izogipslari o’tkaziladi. Natijada tutashish xaritasi kelib chiqib, ya’ni erozion botiq va monoklinalning izogips chiziqlarining kesishganini ko’ramiz.
5.35-rasmda ko’rsatilgan kesishish nuqtalaridagi erozion botiq va monoklinal oralig’idagi mutlaq balandliklar farqi erozion botiqning chuqurligini anglatadi. Kesishgan nuqtalar simmetrik joylashganligi sababli, ularni birlashtirib (5.35-rasm,v da ko’rsatilgandek), erozion botiqning 0, 100, 200, 200, 100, 0 m li chuqurlik izochiziqlariga ega bo’lamiz.
Struktura xaritasi odatdagi usulda tuzilganda, erozion botiqlikni aniqlash haddan tashqari qiyin bo’lar edi. Haqiqatan ham, I-I kesmada (5.35-rasm,a) 400 m li izogips uchta kesishgan nuqtani A, V, S beradi, shundan ma’lumki, A nuqta botiq chuqurligida, V nuqta botiqning yonbag’rida, S nuqta esa botiq tashqarisida yotadi. Agar struktura xaritasi odatdagidek tuzilganda hamma nuqtalar bir xil joylashgan bo’lib, rasmiy jihatdan ularni 400 m li gorizontal chiziq bilan birlashtirsa bo’ladi.
|
| |