• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Mavzu: Yo’l servisini tashkil etishning maqsadi va obodonlashtirish. Reja




    Download 129.72 Kb.
    Sana27.02.2024
    Hajmi129.72 Kb.
    #163419
    Bog'liq
    Yo’l servisini tashkil etishning maqsadi va obodonlashtirish
    11 TA REFERAT, Kompyuter-zamonaviy-texnik, Landshaft arxitekturasini rivojlantirish, uning usullari va uslublari, AVTOMOBIL YO‘LLARI ARXITEKTURASI., Shahar hududida tashkil etilgan “Yashil maydon”lar arxitekturasi, Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali-fayllar.org, Avtomobil yo‘llarida diagnostika ishlarini olib borish va nuqson-fayllar.org, 1 A. X. O‘roqov, 2 Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish va qabul qilib olish, 1 Karyer transporti, Doc1, 12 Maruza, 12 mavzu, 2 Maruza

    Mavzu: Yo’l servisini tashkil etishning maqsadi va obodonlashtirish.
    Reja:

    1. Yo’l servisini tashkil etishning maqsadi.

    2. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish .

    3. Xulosa.

    4. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Yo‘l bo‘yidagi xizmat komplekslari mo‘ljallangan vazifasi turlicha bo‘lgan inshoot va vositalardan iborat bo‘ladi. Bunday komplekslar loyihasi tuzilganda ketma-ket quyidagi vazifalar hal qilinadi:


    turli xil komplekslar sonini aniqlash va ularni loyihasi tuzilayotgan yo‘l bo‘yida joylashtirish;
    kompleks tarkibidagi inshootlar va ularning o‘lchamini belgilash;
    kompleks qulay va xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan transport yechimlari, piyodalar o‘tish joylari, boshqa joylar loyihasini tuzish;
    motellar, restoranlar, kempinglar, AYQSh va hk. loyihasini tuzish.
    Avtomobil qo‘yish joylari, qisqa dam olish maydonchalari, avtobus bekatlari bevosita yo‘l tashkilotlari tasarrufida bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak. Yuqoridagi ob’ektlar loyihasini tuzish, komplekslarni yo‘l bo‘yida joylashtirish masalasida hal qiluvchi qaror qabul qilish aynan yo‘lchilarning vazifasi bo‘ladi va yo‘l qurilishiga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarida bajariladi. Bino va maxsus inshootlar loyihasini odatda tegishli profildagi loyiha tashkilotlari tuzadi. Lekin yo‘lovchilar, transport vositalariga xizmat qiladigan inshootlar qurilishi albatta yo‘ldan foydalanish xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
    Yo‘ldagi inshootlar andozasini cheklamaslik kerak, aksincha, ularning me’moriy rejasi, qurilish usulini turlicha bo‘lishi kerak, degan tavsiya e’tiborga arziydi.
    Yangi qurilayotgan avtomobil yo‘llaridagi xizmat komplekslari ularning loyihasida, amaldagi loyiha me’yorlariga muvofiq ko‘rsatiladi. Mavjud tarmoqlardagi ko‘p komplekslarning tarkibi va soni zamon talablariga javob bermaydi. Shunday hollarda respublika, viloyat avtomobil yo‘llarida yo‘l bo‘yi xizmat komplekslarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish nazarda tutilgan maxsus dasturlar ishlab chiqish masalasi dolzarb bo‘ladi.
    Yangi yo‘l xizmat komplekslari loyihasini tuzganda ham ketma-ketlik qoidasiga amal qilish kerak. Tanlangan maydonlarda harakat jadallligi ko‘payib borishiga qarab komplekslarni bosqichma-bosqich qurish rejasi belgilanadi. Birinchi bosqichda oddiyroq komplekslar, dam olish maydonchalari quriladi. Bosqichma-bosqich qurish 20 yilgacha belgilanadi, bosqichlar o‘rtasidagi vaqt 5-10 yilni tashkil qiladi.
    Xizmat komplekslari joyi belgilanganda ShNK 2.05.02-07 maxsus bo‘limida aytilgan loyiha me’yorlariga amal qilish kerak. Shu bilan birga avtomobil yo‘llarini me’moriy-manzara loyihalash talablarini ham bajarish kerak bo‘ladi. Shuning uchun komplekslar joylashtirilganda, maydon tanlanganda, boshqa masalalar hal qilinganda joy relefini, o‘simliklar xususiyatini, boshqa tabiiy sharoitni diqqat bilan hisobga olish, yo‘l manzarasi qanday bo‘lishini oldindan ko‘rib, baholash kerak.
    Yo‘l xizmati bino va inshootlari imkon qadar aholi punktlari yaqiniga, ko‘pchilik uchun bitta inshootlarda, bevosita yo‘lga birikadigan maydonlarda joylashtiriladi. Aholi punktlarida suv ta’minoti, oqava quvurlari va elektr quvvati bo‘lgani uchun II va III tur xizmat komplekslarida ham shu shartga amal qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
    Agar kompleks avtomobil magistralida joylashgan bo‘lsa bir andozali xizmat inshootlarini imkoni boricha yo‘lning ikki tomoniga joylashtirish kerak. Agar kompleks yo‘lning bir tomoniga joylashtirilsa yo‘lning ikkala tomonida, ya’ni kompleksning o‘zida va yo‘lning qarama-qarshi tomonida ham avtomobil qo‘yish joylari, turli darajada yo‘lovchilar o‘tish joyi bo‘ladi. Xizmat komplekslarini joylashtirishga tanlab, tayyorlangan maydonlar tekis, quruq va yo‘ldan ko‘ndalang nishab bilan tushgan bo‘lishi kerak.
    AYQSh loyihasini tuzishdan oldin, qoidaga ko‘ra, iqtisodiy va statistik o‘rganish o‘tkaziladi, zarur bo‘lganda transport xizmati inshootlari joylashishining bosh sxemasi tuziladi.
    Kompleks doirasidagi transport yechimlari, o‘tish tezlik polosalari shu avtomobil yo‘li toifasiga muvofiq bo‘ladigan me’yorlarga muvofiq, xizmat kompleksi ishlaganda harakat jadalligi, transport oqimi taqsimlanishi qanday bo‘lishi hisobga olinib loyiha qilinadi.
    Xizmat komplekslarini yo‘l bo‘yiga joylashtirish, ularning ishlashi atrof muhitni himoya qilish talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Komplekslar qurilishiga dehqonchilik uchun yaroqsiz yerlar ajratiladi.
    Loyiha yechimiga xizmat komplekslarining modulli taqsimlanishi asos qilib olinadi. So‘ng me’moriy havzalar tegrasi belgilanadi, raqobatli variantlar olinadi, xizmat korxonalarining o‘lchami aniqlanadi. Har bitta variantda inshootlarning joylashishi belgilanadi. Kompleks asosiy inshootlarini me’moriy havzalar chegarasi bo‘ylab joylashtirish yoki havza ichida me’moriy dominant sifatida belgilash tavsiya qilinadi. Loyihalash vaqtida yo‘lning me’moriy sxemasi chiziqli grafikasi bilan obodonlashtirish elementlari joylashishining chiziqli grafikasini ishlatish tavsiya qilinadi. Variantlar ichidan kapital qo‘yilishi nuqtai nazaridan eng tejamlisi tanlanadi. Lekin yo‘ldan foydalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi kerakligi, atrof muhit himoyasini unutmaslik kerak.
    Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi: himoya va manzarali ko‘kalamzorlashtirish.

    1. Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi:

    • nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;

    • qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;

    • qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;

    • shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.

    1. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish - turizm sohasi bo‘yicha mamlakat mehmonlarini jalb etuvchi omil bo‘lib, avtomobil yo‘lini arxitektura-tasviriy ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladi.

    Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.
    Nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog’inlari va uchirib ketuvchi shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Nurashga asosan himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yo‘l yon bag’irlari va suv qochirish inshootlari uchraydi. Nurashga asosan past mustahkamlikka ega mayda donali changsimon qumlar, changsimon suglinok va glinalar, lyoslar va lyossimon suglinoklar, tarkibida ko‘p miqdorda glina donalari bo‘lgan mergeli gruntlar xarakterlidir. Tuproq yuzalarini nurashga qarshi himoyalash choralarining samarali usullaridan biri, ularda ildizi 20 sm va undan chuqurroq o‘suvchi o‘simlik qatlamini barpo qilish va natijada zich va mustahkam chimli qatlam hosil qilishdir. Hosil qilingan o‘simlik qatlami himoya vazifasini bajarishidan tashqari avtomobil yo‘llarini estetik bezatish elementi ham hisoblanadi.
    Bundan tashqari nurashga qarshi himoyaga yo‘llarni buzib yuboruvchi va o‘suvchi jarliklarga, sel oqimini yuvib ketishi va buzishi, hamda ko‘chkiga qarshi kurashish chora tadbirlarida ishlatiladigan himoyalar ham kiradi. Bunday o‘simliklar har qanday holatda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida tashkil qilinadi.
    Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishida buta yoki qoraqarag’ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi.
    Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish - avtomobil yo‘llarini qum bosishidan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi mumkin.
    Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning aholi yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi hududi yonidan, davolanish maskanlari, turizm rivojlangan hududlar, qo‘riqxonalar, milliy bog’lar hamda madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun mo‘ljallangan erlar va boshqa joylarda qo‘llaniladi.
    Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish maxsus tanlab olingan ko‘p qatorli daraxt- butali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini, zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda samarali to‘siq hisoblanadi.
    Yo‘l bo‘yi mintaqasini kompleks himoyalash talablariga binoan yashil ekinlarni asosiy ko‘rsatgichlari quyidagi tartibda bo‘ladi:

    • tasma kengiligi - 10 m dan kam bo‘lmagan;

    • daraxt balandligi 7-8 m dan kam bo‘lmagan;

    • butalar balandligi - 1,5-2 m dan kam bo‘lmagan.

    Himoya tasmasini ko‘ndalang kesimi shakli ifloslanish manbai tomonga (ya’ni yo‘lning qatnov qismi tomoniga) qiya holda uchburchak shaklida bo‘lishi kerak.
    Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi yashil tasma barpo qilish uchun daraxt turlarini tanlashda ularning avtomobillardan chiqayotgan gazlarga ta’sirini inobatga olish lozim.
    Quyidagi daraxtlar ko‘proq chidamli hisoblanadi:

    • ignabargli daraxtlar, sibir tilog’ochi;

    • bargli daraxtlar: dub, tol, tut;

    • butalar: biryuchina, gordovina, sariq akastiya, spireya, namatak.

    Ekish yirik o‘lchamli ko‘chatlardan boshlanadi. Ko‘chatlarni parvarishlash sharoitini yaxshilash uchun tuproq qayta ishlanadi, ya’ni: ustki qism tuprog’i maydalanadi va tuzilmaviy holatini o‘zgartirgan holda tuproq uchun qulay suv-havo va issiqlik rejimi yaratiladi, tuproqning oziqlanish rejimi yaxshilanadi, tuproq ifloslanishdan saqlanadi.
    Ekish ishlarining muddati iqlim va ob-havo sharoiti, ekiladigan ko‘chatning yoshi va holatiga bog’liq bo‘ladi. Ekishning eng qulay muddatlari: bahorda - kurtak chiqargunga qadar, kuzda - barglar tushish davrida.
    Amaldagi yo‘riqnomaga asosan himoya tasmalarini yaratish 1.1-jadvalda keltirilgan ko‘rsatgichlar bilan xarakterlanadi.
    1.1-jadval

    Himoya tasmalarini turlari

    Shovqin darajasini kamaytirish, dBA, harakat jadalligi avt/soat bo‘lganda

    Qayta ishlangan gazlar konstentrastiyasini kamaytirish, %

    200

    600

    1200

    >1600

    Bargli daraxtlar butalar bilan kengligi 10 m bo‘lgan uch qatorli tasma

    7

    8

    8

    8

    40 - 50

    Bargli daraxtlar butalar bilan kengligi 10 m bo‘lgan to‘rt qatorli tasma

    8

    9

    9

    9

    50 - 60

    Shaxmat shaklidagi ignabargli daraxtlar butalar bilan kengligi 20 m bo‘lgan to‘rt qatorli tasma

    15

    17

    17

    18

    50 - 60

    Shaxmat shaklidagi bargli daraxtlar butalar bilan kengligi 20 m bo‘lgan besh qatorli tasma

    15

    18

    18

    19

    60 - 70

    Manzarali ko‘kalamzorlatirish avtomobil yo‘lini atrof-muhit tabiati bilan uyg’unligini ko‘chaytirish maqsadida amalga oshiriladi. U o‘z tarkibiga faqat yangi daraxt va butalarni ekish emas, balki atrof landshaftiga organik mos tushuvchi yoki e’tiborsiz joylarni yopib turuvchi yo‘l bo‘yi tasmalaridagi mavjud o‘simliklarni saqlash, qo‘shimcha yangi ko‘chatlar ekish va saqlashni ham oladi.


    Manzarali ekinlar harakat xavfsizligini ta’minlashda ham qo‘llaniladi: katta masofalarda yo‘l trassasini ifodalashda, ayniqsa qatnov qismi yuzasi haqiqiy ko‘rinishga ega bo‘lmaganda, haydovchilarni chorraha va tutashmalardan ogohlantirishda, yon tomondan esadigan shamoldan himoyalashda va boshqalar.
    Manzarali ekinlar joylashishi va ahamiyatiga ko‘ra yo‘l bo‘ylab asosiy ekinlar (qatorli va ko‘p qatorli), guruhli va aralash (asosiy va guruhli) ekish turlariga bo‘linadi.
    Mavjud bog’-park uslubi va mahalliy sharoitga mos holda manzaraviy ko‘kalamzorlashtirishda uchta asosiy usul qo‘llaniladi: tartibli (qatorli yoki ko‘p qatorli ekish), landshaft-guruhli (yoki erkin) va aralash.
    Tartibli usul butalar, to‘g’ri yoki egri chiziqli bir xil qatorli daraxtlarni qat’iy aniqlangan joylashishini ko‘zda tutadi. Alohida turdagi o‘simliklar qatori yoki ularni guruhlari orasidagi masofa mavjud bezatishli yo‘l uchastkasi bo‘yicha doimiy qoladi. Bu usul yo‘lning tekis joydan o‘tuvchi yoki maxsus bezatilgan yo‘llarda, shahar va aholi yashash joylariga kirish va aholi yashash joylarida qo‘llaniladi.
    Landshaft-guruhli (yoki erkin) usul daraxt va butalarni alohida element ko‘rinishida va har xil o‘lchamdagi guruhlarni erkin (tasviriy) joylashtirish ko‘zda tutadi. Bu usul asosan yo‘lning adirli yoki to‘lqin relefli territoriyalaridan o‘tgan joylarda qo‘llaniladi.
    Landshaft-guruhli usulidan foydalanishga misollar 1.1-rasmda keltirilgan.

    1.1 - rasm. Daraxt va butalarni monoton ekish ortida landshaft-guruhli joylashtirish.

    Aralash usulda daraxtlarni tartibli va landshaft-guruhli ekishni tashkil etish hisoblanadi (1.2-rasm). Bu usul bir tekis relefli tumanlarda qo‘llaniladi. Bunda asosan quyidagi ko‘rinishlar qo‘llaniladi: tartibli ekilgan qatorlarda landshaftli guruhlarni notekis joylashtirish; tartibli ekinlar va yo‘l orasidagi (qatorli ekish ortida) erkin tasmada alohida turlarni va landshaftli guruhlarni notekis joylashtirish; landshaftli guruhlarni va tartibli ekinlarni yo‘llarni kesishish joylarida, yo‘ldan tushish- chiqishlarda, daryo, jarliklar va boshqalar kesishgan joylarda joylashtirish.


    Manzara samarali bo‘lishi va daraxtlarni erkin rivojlanishi uchun ekilgan daraxtning kattaligiga bog‘liq holda qatorlar va daraxtlar orasidagi masofa 5 m dan 20 m gacha qabul qilinadi. Yosh ko‘chalarni ekishda ularda manzarani tezroq rivojlantirish uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa kichikroq (eng katta masofadan 2-4 marta kam) qabul qilinadi.
    Avtomobil yo‘llarini manzarali ko‘kalamzorlashtirish uchun 4-6 yoshdagi ko‘chatlar va 2-3 yoshdagi butalar qo‘llaniladi.
    Maxsus turdagi ekinlar avtomobil yo‘larining ajratuvchi tasmasini ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Bu ko‘kalamzorlashtirish turi yo‘llarni arxitektura-tasviriy bezatishdan tashqari harakat xavfsizligini oshirishda ham qo‘llaniladi. Qoida bo‘yicha ajratuvchi tasmaga bir biridan 20-30 m, yo‘l chetidan esa kamida 1,75 m masofada joylashuvchi to‘liq buta yoki ko‘ndalang tasma (bir yoki ikki qatorli devor) ko‘rinishida ekish amalga oshiriladi. Bunday ko‘chatlar qarama- qarshidan kelayotgan avtomobillarni yoritish chiroqlari nurlaridan saqlaydi.

    1.2-rasm. Avtomobil yo‘llarini aralash usul bilan manzarali ko‘kalamzorlashtirishga


    misol:
    1 -himoya tasmasi; 2 - daraxtlarni tartibli ekish; 3 - landshaft-guruhli ekish.
    Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish tamoyillari.
    Harakat xavfsizligi sharoitidan kelib chiqib, ko‘rish masofasini ta’minlash va haydovchilar yo‘nalishni idrok etishi uchun egrining tashqi qismida ekilgan daraxtlar quyiqlashtiriladi va ichki tomonidan siyraklashtiriladi yoki umuman ekilmaydi. Yo‘llarda piramidasimon daraxtlarni qatorlab ekish ertalab va kechqurun zebra samarasini beradi. Quyosh yoritganda ular qoplamada haydovchini charchatadigan soyalar tasmalarini paydo qiladi. Daraxtlar orasi 2-3 m va harakat tezligi 80-100 km/soat bo‘lganda yoqimsizlik seziladi.
    Aholi yashaydigan joylarda ekiladigan o‘simlik turi va ko‘kalamzorlashtirish xarakteriga ko‘ra, shuningdek qatnov qismi, piyodalar yo‘lakchasi kengligi, er osti kommunikastiyalari joylashishi va yo‘l atrofidagi binolar qavatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
    Manzarali ko‘kalamzorlashtirish ob’ektning atrof-muhit bilan uyg’unlashuvini kuchaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, transport inshootining me’moriy-badiiy dizayni uchun qo‘llaniladi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish nafaqat yangi daraxtlar va butalarni ekishni, balki yo‘lning boshqa qismidagi mavjud o‘simliklarni saqlab qolishni, atrofdagi manzaraga organik ravishda mos keladigan yangi ekinlarni qo‘shishni va ko‘rimsiz joylarni yopishni (maskirovka) o‘z ichiga oladi.
    Ekilgan daraxtlarning kattaligiga qarab, manzara effekti va shox-shabbalarning erkin rivojlanishi uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa 5 dan 20 m gacha olinadi. Yosh ko‘chatlarni ekayotganda, atrofdagi mavjud katta daraxtlardan “yashab ketish” hollarini hisobga olinib va mutaxassislar xulosalariga asosan tez manzara effektini olish uchun daraxtlar orasidagi eng qisqa masofa tanlanadi (maksimaldan 2­4 marta kam).
    Katta aholi punktlari va boshqa joylarga kirish joylarida alohida 2 yoki 3 nusxada badiiy bezakli holda hududni mavzusiga asosan eskizlar asosida gullar bilan rabatok (pol yoki tasma), erkin gulli dog’lar shaklida bezash loyihalanadi, shuningdek gul ochadigan maysa joylar bilan bezatiladi. Shu bilan birga, muntazam parvarishnini talab qilmaydigan ko‘p yillik gullarga imtiyoz beriladi.
    Uzun yo‘lda bir xil turdagi manzarali ko‘kalamzorlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish me’moriy jihatdan asoslangan holda almashtiriladi va trassa elementlariga biriktiriladi. Ko‘pincha manzarali ko‘kalamzorlashtirishni tez- tez almashtirish mumkin emas, chunki bu yo‘lni jihozlashda turli xillikni yuzaga keltiradi.
    Ko‘kalamzorlashtirish xarakteri o‘zgarishi 2-3 km dan kam bo‘lmasligi va 10 km dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘simliklar biologik va ekologik funkstiyalarni bajarishi bilan cheklanib qolmasdan, ularning xilma-xilligi va rang-barangligi har doim insonning “ko‘zini quvontirishi kerak”.
    Daraxtlar ekilgan yo‘llar hudud tabiatiga moslashgan milliy landshaftlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi kerak.
    Yo‘lning funkstional ahamiyati va toifasiga qarab, uning obodonlashtirish darajasi, yo‘l bo‘yi ekinlarining turi va xarakteri hududning tabiati bilan belgilanadi. Avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘zining bir xilligi bilan yo‘lovchilarni toliqtiradigan uzluksiz yashil rangli ekranlarni o‘rnatish tavsiya qilinmaydi.
    Loyihalanayotgan o‘simliklar, bu hududga moslashgan o‘simliklar bilan bir xil bo‘lishi kerak. Boshqa o‘simlik turlaridan foydalanish faqat kontrast va manzara xilma-xilligi uchun bo‘lishi kerak. Ularning ekologik jihatdan mosligini, chiqindi gazlariga nisbatan chidamligini, yo‘l ekpluatastiyasiga ta’sirini (gullaganda, bargi to‘kilganda, ildiz o‘sishi) qo‘llashni hisobga olish kerak.
    Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

    1. doimiy yashil tasma atrofdagi landshaft yo‘nalishida tez-tez “derazalar” tomonidan uziladi. Bu usul qiziqarli panoramalarni, tarixiy obidalarni yoki tabiiy joylarni ko‘rish, ko‘zni dam olishi, aerodinamik bosimni kamaytirish va boshqalarda qo‘llaniladi.

    O’simlik guruhlari “zich” yoki “siyrak” bo‘lishi mumkin. Yo‘llarni xilma xilligi uchun birinchi guruh katta ahamiyatga ega O‘simliklar landshaftdagi o‘zgarishlarni ta’kidlashlari kerak. Ushbu ekish guruhlari orasidagi masofa landshaftning tabiatiga qarab olinadi: eng kattasi “ochiq” landshaftda va aksincha; katta chiroyli shox shabbali daraxtlarni alohida ekish zarur. Ularning tuzilishi diqqat bilan o‘ylangan va odatda yuqoridagi ikki usul bilan birgalikda ishlatiladi. Ushbu daraxtlar yo‘l reperlari vazifasini bajarishlari, akstent va xilma-xillik kiritishi kerak.


    Xulosa
    Tabiiy landshaft qadimdan kuchli fizik va psixik sog‘lomlashtirish va estetik yaxshi ta’sir qiluvchi omil deb hisoblanib kelgan. Ammo faqat bizning vaqtga kelib tabiiy landshaft yuzaki ko‘rinmasdan, yashash muhitining muxim komponenti sifatida, ekologik muvozanatni muxim bo‘lagi deb ko‘rilmoqda. Tabiiy muhitda arxitektura- landshaftni tashkillashtirishda birinchi jixat – uni bevosita saqlashdir. Arxitektura- landshaftni tashkillashtirishda biz landshaft loyihalash jixatlaridan foydalanamiz. Demak yo‘l avtotransportni o‘tkazish uchun texnologik inshoot sifatida rejada, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimda ma’lum o‘lchamlarga ega bo‘lishi, tabiiy landshaftga moslashishi kerak, yo‘lni landshaft bilan uni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha atrof muhit bilan uyg‘unlashuvi kerak bo‘ladi. Hozirgi zamon landshaft loyihalashning nazariyasi, avtomobil yo‘llari trassasini tanlashga, landshaft shakliga bog‘liq ravishda nozik yondashadi. Yo‘l muhitini tashkil qilishda landshaft loyihalashni usullaridan foydalanib, tabiyatni saqlash va uni o‘rganish jihatlarini tushunib yetamiz. Shuningdek xar bir tabiiy yoki urbanlashgan landshaft o‘zining landshaft masshtabiga ega ekanligini unutmaslik kerak.


    Foydalanilgan adabiyotlar.

    1.O’tilgan ma’ruza matnlari.


    2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 2013-yil 13-avgustda
    tasdiqlangan 223-so n li «0‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini
    rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori. — T.: 2013.
    3. Adilova L.A. Landshaft arxitekturasi. O‘quv qo’llanma. - T.: 2009.
    Download 129.72 Kb.




    Download 129.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yo’l servisini tashkil etishning maqsadi va obodonlashtirish. Reja

    Download 129.72 Kb.