|
Avtomobil yo'llari arxitektura manzarali obodonlashtirish
|
bet | 1/3 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 320,72 Kb. | | #110874 |
Bog'liq Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish
Avtomobil yo'llari arxitektura manzarali obodonlashtirish
Reja:
1Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirishning maqsad va vazifalari
2 Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish usullari
3 Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va unga qo‘yilgan talabalar
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirishning maqsad va vazifalari Muhandislik inshootlari (yo‘l, ko‘prik va boshqalar) tarkibiga kiradigan yo‘l daraxtlari ob’ektning o‘ziga xosligini ta’kidlab, uni transport haydovchisi, piyodalar va yo‘lovchilar tomonidan qabul qilinishini oshirishi kerak. Yo‘l o‘simliklari quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: a) yo‘lning ko‘rinishini idroq qilish; b) insonlar va transport harakati xafsizligini yaxshiroq ta’minlash uchun sharoit yaratish; v) yo‘lni atrof landshaftiga moslashtirish, tabiat go‘zalligini bor bo‘yicha ko‘rsatish va shuningdek, landshaftni boyitish; g) mikroiqlimni yaxshilash; d) inshootlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash. Yo‘l o‘simliklari tabiatning boyliklarini ko‘rinishini buzmasdan, ayrim ko‘rimsiz ob’ektlarni (bino, ochiq kon v.b) ko‘rinishini berkitishga xizmat qiladi. Yo‘l o‘simliklari odamlar to‘planadigan joylarda (avtobus bekatlari, dam olish maydonchalari) atrof muhitga qaraganda yaxshilangan mikroiqlim sharoitini yaratishi kerak. Ular yuqori didli ko‘rinishda bo‘lib, odamlar to‘planadigan joyni shamoldan to‘sish, quyosh, chang va shovqindan saqlashga xizmat qiladi. Yo‘l o‘simliklari muhandislik inshootlari (ajratuvchi tasma, yon bag’r qiyaligi, suv qochirish ariqchalari v.b.) saqlanganligini ta’minlashga yordam beradi. Ko‘kalamzorlashtirish faqat manzara vazifasini emas, balki yo‘lning transport-ekspluatastion ko‘rsatgichlariga, ba’zi bir hollarda yo‘l harakati xavfsizligi va qulayligiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Yo‘l bo‘yi o‘simliklarining himoya funkstiyalari yo‘llarni qor va qum bosishidan va chang-to‘zondan asrashda, daraxtlar ochiq joylarda transport vositasini boshqarishni qiyinlashtiradigan yon tomondan esadigan kuchli shamolni to‘sishda, 8 butalar o‘yma, ko‘tarma yon bag’rlarini va jarliklarni suv va shamoldan emirilishidan himoyalashda, o‘simliklar yo‘l poyini namgarchilik va suvli joylarda quritishga yordam beradi. Yo‘l bo‘yi o‘simliklari yo‘l harakatini tashkil etishning kompleks tadbirlarida, tuman va qor bosib qolish davrlarida, sutkani qorong’i vaqtida yo‘lni idrok etishni ta’minlash, hamda yo‘lning to‘g’ri va egri bo‘laklarida haydovchilarni yo‘nalishni aniqlashini yaxshilash, yo‘lning ayrim elementlarini, chorrahalar, xizmat ko‘rsatish inshootlarini aniq ko‘rsatib harakat xavfsizligini oshirishga yordam beradi. Ajratuvchi tasmali bo‘lgan ko‘p tasmali yo‘llarda haydovchilarni qarshi tomondan kelayotgan avtomobillar farasi yorug’ligidan ko‘z qamashishini oldini oladi. Mamlakatga mehmon bo‘lgan yo‘lovchilarni zavqlantiruvchi manzaralar bilan o‘ziga jalb qiladi. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi: himoya va manzarali ko‘kalamzorlashtirish. a) Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi: - nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish; - qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish; - qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish; - shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish. b) Manzarali ko‘kalamzorlashtirish - turizm sohasi bo‘yicha mamlakat mehmonlarini jalb etuvchi omil bo‘lib, avtomobil yo‘lini arxitektura-tasviriy ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladi. Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish. Nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog’inlari va uchirib ketuvchi shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Nurashga asosan himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yo‘l yon bag’irlari va suv qochirish inshootlari uchraydi. Nurashga asosan past mustahkamlikka ega mayda donali changsimon qumlar, changsimon suglinok va 9 glinalar, lyoslar va lyossimon suglinoklar, tarkibida ko‘p miqdorda glina donalari bo‘lgan mergeli gruntlar xarakterlidir. Tuproq yuzalarini nurashga qarshi himoyalash choralarining samarali usullaridan biri, ularda ildizi 20 sm va undan chuqurroq o‘suvchi o‘simlik qatlamini barpo qilish va natijada zich va mustahkam chimli qatlam hosil qilishdir. Hosil qilingan o‘simlik qatlami himoya vazifasini bajarishidan tashqari avtomobil yo‘llarini estetik bezatish elementi ham hisoblanadi. Bundan tashqari nurashga qarshi himoyaga yo‘llarni buzib yuboruvchi va o‘suvchi jarliklarga, sel oqimini yuvib ketishi va buzishi, hamda ko‘chkiga qarshi kurashish chora tadbirlarida ishlatiladigan himoyalar ham kiradi. Bunday o‘simliklar har qanday holatda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida tashkil qilinadi. Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishida buta yoki qoraqarag’ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi. Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish - avtomobil yo‘llarini qum bosishidan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi mumkin. Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning aholi yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi hududi yonidan, davolanish maskanlari, turizm rivojlangan hududlar, qo‘riqxonalar, milliy bog’lar hamda madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun mo‘ljallangan erlar va boshqa joylarda qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish maxsus tanlab olingan ko‘p qatorli daraxtbutali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini, zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda samarali to‘siq hisoblanadi. Yo‘l bo‘yi mintaqasini kompleks himoyalash talablariga binoan yashil ekinlarni asosiy ko‘rsatgichlari quyidagi tartibda bo‘ladi: 10 - tasma kengiligi – 10 m dan kam bo‘lmagan; - daraxt balandligi 7-8 m dan kam bo‘lmagan; - butalar balandligi – 1,5-2 m dan kam bo‘lmagan. Himoya tasmasini ko‘ndalang kesimi shakli ifloslanish manbai tomonga (ya’ni yo‘lning qatnov qismi tomoniga) qiya holda uchburchak shaklida bo‘lishi kerak. Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi yashil tasma barpo qilish uchun daraxt turlarini tanlashda ularning avtomobillardan chiqayotgan gazlarga ta’sirini inobatga olish lozim. Quyidagi daraxtlar ko‘proq chidamli hisoblanadi: - ignabargli daraxtlar, sibir tilog’ochi; - bargli daraxtlar: dub, tol, tut; - butalar: biryuchina, gordovina, sariq akastiya, spireya, namatak. Ekish yirik o‘lchamli ko‘chatlardan boshlanadi. Ko‘chatlarni parvarishlash sharoitini yaxshilash uchun tuproq qayta ishlanadi, ya’ni: ustki qism tuprog’i maydalanadi va tuzilmaviy holatini o‘zgartirgan holda tuproq uchun qulay suv-havo va issiqlik rejimi yaratiladi, tuproqning oziqlanish rejimi yaxshilanadi, tuproq ifloslanishdan saqlanadi. Ekish ishlarining muddati iqlim va ob-havo sharoiti, ekiladigan ko‘chatning yoshi va holatiga bog’liq bo‘ladi. Ekishning eng qulay muddatlari: bahorda – kurtak chiqargunga qadar, kuzda – barglar tushish davrida
|
| |