|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 1/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. PICHOQCHILIK SAN'ATI. Kirish…………………………………………………………………….3 I.BOB. PICHOQCHILIK SAN’ATI TARIXI………………………...5 1.1. Pichoqchilik maktablari………………………………………………5 1.2 Pichoq turlari, tuzilishi va uning bezagi………………………………10 II.BOB Pichoqchilikda ishlatiladigan materiallar va asboblar……….14 2.1.Pichoq yasash texnologiyasi…………………………………………..14 2.2. Pichoqchilik san’ati qaysi davrlarda rivojlana boshlagan..…………23 Xulosa …………………………………………………………………….29 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………..30 Ilovalar…………………………………………………………………….31
Kirish
Mavzuni dolbzarbligi:Pichoqchilik san’ati deganda biz pichoq yasash kasbini tushunamiz. Pichoq bobolarimiz uchun kzdimdan tirikchilik vositasi bo’lib, xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda pichoq yasash san’ati xalq amaliy san’ati qatorida e’zozlanib kelinayotir. Nodir pichoqlar yasashda o’zbek pichoqsoz ustalarining oldiga tushadigan usta kam topiladi. Pichoq yasash boshlang’ich paleolit davridayoq ma’lum bo’lgan. Temir davrida hunarmandchilik paydo bo’lgan va rivojlangan. Mis va bronzadan pichoq yasash bronza davriga kelib avj olgan. Temirning kashf etilishi pichoqchilik san’ati taraqqiyotida katta burilish bo’ldi. Gesiodning «Mehnat va kunlar», Gomerning «Iliada» asarlarida pichoqning xo’jalikdagi roli haqida batafsil bayon etilgan. O’rta Osiyoda pichoqchilikning eng rivojlangan joyi arab mamlakatlari bo’lgan, Ispaniya va Italiyada esa tez o’sib rivojlanib ketgan. Hunarmandlar qadimdan birbiri bilan birikib bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining nomi ko’pchilik qaysi hunar bilan shug’ullansa shu nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug’ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug’ullansa misgarlik (misgaron) va hokazo mahallalar deb yuritilgan. Buxoroda «So’fikordgar» qishlog’ining nomi hali ham saqlanib qolgan. U yerda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O’rta Osiyo territoriyasidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko’p bo’lgan. Pichoq temir yoki po’latdan ishlanadi. Bronza davrida pichoqlarni misdan va bronzadan yasashgan. Keyinchalik temir kashf etilgandan keyin temir pichoqlar yasalgan. Pichoq qinini tayyorlash uchun teri, gazlama, metall, yog’och va boshqalar ishlatiladi. Uni bezash uchun esa kashta, quroq, chekanka va boshqa materiallar ishlatiladi. Pichoq bandi yog’ochdan, mol shoxi, fil suyagi yoki tishidan yasaladi. Pichoqchilikda pichoq tig’ini tayyorlashda zok ishlatiladi. Chust pichog’i – Namangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan Chust shahrida usta hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoq turi[1]. Chust pichogʻi nafaqat chiroyli, balki gʻayrioddiy vazifalarni ham bajara oladi: u sochni osongina kesadi. Tig’ini to’g’ri o’tkirlasa, juda uzoq yillar xizmat qiladi. Oʻzbekistonda „Chust pichog’i“ atamasi „Yuqori sifatli pichoq“ iborasi bilan ma’nodosh sanaladi. Dakdon sopli pichoq — bunday pichoqning sopi filning tishi va suyagidan tayyorlanganbo’ladi. Dandon—tojikcha tir degani. Bunday pichoqlarni narxi qimmat bo’lgan. Dandon sopli pichoq qadimda ilohiy hiso6lanib, kishini yomonlikdan asrashda ahamiyatga ega bo’lgan. Odamlar bu pichoqning dastasini ushlaganlarida ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi deb ishonganlar.
|
| |