|
Chust pichoqchilik maktabi
|
bet | 9/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tigʻi uzunroq, tigʻining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan boʻladi. Chust shahrida pichoqchilik anʼanalari hali ham davom etib kelmoqda. Fargʻona vodiysida Chust asosiy pichoq tayyorlash joyi boʻlib, u boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo farq qiladi. Chust pichoqlari shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan mashhur. 1932-yilda Chustda „Qizil kuch“ nomli artel ochilib, unda pichoqlar ishlab chiqarila boshlanadi. Baʼzi ogʻir qoʻl mehnatlari stanoklarda bajarilgan. Oldin ustalar pichoq tigʻlarini yasash uchun eski arralar hamda podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq dastalari esa hayvon shoxlaridan va yogʻochlardan yasalgan. 1949-yildan boshlab artel tuman maishiy xizmat koʻrsatish kombinati deb yuritildi. Keyinchalik, 1970-yilda Chust shahrida pichoq ishlab chiqarish zavodi qurildi. Chust pichoqlarining dovrugʻi butun mamlakatga taraldi. Chust pichoqlari sobiq Ittifoq koʻrgazmalaridagina emas, balki Hindiston, Suriya, Polsha, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Belgiya, Shvetsiya va boshqa chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda ham munosib oʻrinlarni egalladi. 1980-yili Nyu-Delida ochilgan III-Xalqaro Osiyo yarmarkasiga 10 xil Chust pichogʻi yuborilgan edi Chust pichog’i ham boshqa milliy pichoqlar kabi uchta qismdan: tigʻ, dasta va qindan iborat. Tigʻ-pichoq tigʻi, pichoqning gulbanddan yuqorigi, yaʼni kesadigan qismi. Qadimdan tigʻni oʻtkirlash va silliqlashga katta eʼtibor berilgan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi. Chust pichoqlari dastasi oʻziga yarasha usullar bilan yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalarga boʻlinadi.
II.BOB Pichoqchilikda ishlatiladigan materiallar va asboblar Oʻzbek milliy pichoqchiligida qin yasash alohida hunar hisoblanadi. Bu anʼana bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. Qadimdan qinning poynagi kumush, tilla kabi materiallardan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan Pichoqchilik san’ati deganda biz pichoq yasash kasbini tushunamiz.
|
| |