|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 12/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. O’rta Osiyoda pichoq alohida razmiy ma’noda ya’ni barcha yovuzliklardan saqlash ma’nosida masalan, “dandon sopli pichoq” va “ karkesopli pichoq” lar iloxiy hisoblangan.. Bu pichoqlar kishini ins-jinsdan, yomonlikdan asrashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Pichoq dastasini ushlash ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi deb irim qilishgan. Ushbu pichoqlar hozir ham noyob, hatto ustalar uchun ham kamyob hisob. pichoqni yasash jarayonida pichoqni tig’i o’tkirlash uchun ishlatiladigan suv tomoq og’rig’i hamda yurakni davolashda ishlatilgan. Bundan tashqari kashtachilikda, me’morlik bezagida, sopolchilikda pichoqni ramziy holatda tasvirlaydilar. To’g’ri pichoq — qadimdan ishlatilib kelinayotgan pichoq turi bo’lib, pichoq-chilikda pichoq tig’ining uchi qayrilmay to’g’ri chiqqan bo’ladi.Shuning uchun Marg’ilonda to’g’ri pichoq deb yuritiladi.Asakada bu pichoqni ribak, Namanganda esa to’g’ri pichoq yoki hanjar nusxa deb ataladi. Qaychi pichoq — pichoqchilikda pichoqning bir shakli bo’lib,tig’ning uchi orqasiga ozgina qayrilgan bo’ladi.Uni qilichak pichoq chaqmoqi pichoq deb ham yuritiladi. Bodomcha pichoq— uning orqa qirrasi uchidan taxminan 4—5 smcha joyi ichiga kamalak bo’lib kirgan bo’ladi. Ko’qonda qozoqcha, Marg’ilonda qozoqi, Namanganda bodomcha va qozoqcha deb yuritiladi, Pichoqlar katta-kichikligiga ko’ra o’rtasuyamli, kezlik, bolapichoq va chalabuzar mardona pichoq turlariga bo’linadi. O’rtasuyampm pichoq — pichoq turlaridan biri bo’lib,tig’ining uzunligi o’rtacha suyamda bir suyam keladigan pichoqdir. Kezlik pichoq— pichoqchilikda balalar uchun moslab yasalgan pichoq. Uni bola pichoq va to’g’ri pichoq deb yuritiladi. Qiz to’yida kelinning ukasi yoki jiyaniga kuyov tomonidan to’y pichog’i in’om etilgan. Bu ham o’zbeklarning millim urf-odati bo’lib, an’ana tariqasida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Bolapichoq — qadimdan ishlatilib kelinayotgan bolalar uchun moslab yasalgan pichoq turi. Chalabuzar — pichog’ining tig’i bo’g’zidan qayrilib, dastasiga yopilgan bo’ladi. Bu pichoqni qadimda qinga solib belda osib yurilgan. Uni yana kallabuzar, Cho’stda chalaavzal deb yuritadilar.
|
| |