|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 20/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tig’i uzunroq, tig’ining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan bo’ladi. Chust shaharlarida hali ham pichoqchilik o’z an’analarini davom ettirib kelmoqda. Farg’ona vodiysida Chust asosiy pichoq tayyorlash vatani bo’lib, ular boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo farq qiladi. Chust pichoqlari qat’iyligi, shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan mashx.ur. 1932 yilda Chustda sobiq»Qizil kuch» nomli artel tuzildi. Ba’zi og’ir qo’l mehnatlari stanoklarda bajariladigan bo’lindi. Oldin ustalar pichoq tig’larini yasash uchun eski arracha hamda podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq dastalari esa hayvon shoxlaridan va yog’ochlardan yasalgan. Xorazmdagi Xiva shahri hali ham o’z an’analarini davom ettirib kelmoqda. Hozirda xivalik ustalarimizning XIX—XX asrlarda ishlagan pichoqlari jumhuriyatimizning turli muzeylarida doimiy ekspozisiyaga aylanib qolgan. Bu pichoqchi ustalarning ishlarini ko’rar ekanmiz pichoq shakllarining nozikligi, bezakdorligi hamda metallni mohirona qayta ishlanganligini ko’ramiz. Ular pichoqlarining tig’i yuzining nozik islimiy naqshlar bilan bezatilganligini, «qinbog’i»ning metalldan yasalib badiiy naqshlar bilan bezalganligini ko’ramiz Xiva pichoqchilik maktabiga katta hissa qo’shgan ustalardan biri Otajon Madraimov (1884— 1916). U o’zining ijodiy merosini o’g’li Madraim Otajonovga qoldirgan. Madraim Otajonov jum-huriyat xalq amaliy san’ati ustalari uyushmasida ishlab ajoyib guldor pichoqlar ishlab xalqqa tanilgan. U xiva hunarmandchiligi an’analarini davom ettirib kelmoqda. Xiva pichoqlari guldor bo’lib qini o’ymakor naqshli mis hamda jez qoplamalar bilan bezatilgan. Shahrixon pichoqchilik maktab - iShahrixon ustalari qadimdan pichoq yasab kelganlar. Ular yasagan pichoqlar ko’proq suqma sopli, ixcham, o’tkir dastali gulsiz yoki siyrak gulli bo’ladi. Qo’qon pichoqchilik maktabi - Qo’qon ustalarining pichoqlari ham o’ziga xos bo’lib, tig’i katta hamda qalin, sal uzun, dastasi sarbastali bo’ladi. Uni ustalarimiz ko’konforma pichoq deb ham yuritadilar (86 - rasm).
|
| |