|
Pichoqchilik san'ati. Mundarija Kirish
|
bet | 17/22 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 4,98 Mb. | | #233859 |
Bog'liq PICHOQCHILIK SAN\'ATI. Sandon — temirchilik, anjomsozlik, zargarlik, tunkasozlik, pichoqchilik va nahalgarlikda qizigan metallni quyib bosqon va bolg’a bilan urib yalpoqlaydigan, cho’zadigan, buklaydigan, qalam bilan qirkadigan asboblari bo’ladi. U po’latdan yasaladi.Uning shakli va qattiqligi turlicha bo’ladi. Eng katta sandon temirchiniki bo’lib, uning og’irligi 60—70 kg bo’ladi. U yasa-lishi va shakliga ko’ra turlicha bo’ladi. Agar to’rtta oyoqli bo’lsa chorpoya sandon; tumshuqli bo’lsa kulli sandon, ko’shkulli sandon deyiladi. Temirchilik va pichoqchilikda sandonning katta chorqirraligi ishlatiladi. Uning bosh qismi keng-roq bo’lib, yog’och kundaga o’rnatilgan bo’ladi. Unda pichoq, ketmon, tesha, bolta va boshqa narsalar qilinadi. Misgarlikda po’lali sandon ishlatiladi. Unda mis idishlar teriladi, par¬dozlanadi. Zargarlikda dupoya, ko’lli sandonlar ishlatiladi. Tunkasozlikda esa sandonning sim-sandon degan turi ishlatiladi. Dam — forscha-tojikcha tin degani. U metall¬ni eritish yoki qizdirish uchun o’choq, ya’ni qo’racha xavo yuborib o’tin yondiradigan asbob. Damning ikki xili bor. Birinchisi damning zeki erli shaklini bosma dam yoki qo’l dam uni yana musulmoncha dam, ikkinchisi ruscha dam yoki osma dam deyiladi. Damga katta yoki kichikligiga ko’ra 2 tadan 11 tagacha qasqon o’rnatiladi. Shu qasqonning miqdoriga ko’ra u turlicha nomlanadi. Ikkiqasqonli (ikki qovurg’ali) dam, uchqasqonli dam, beshqasqonli, oltiqasqonli, ettiqasqonli va 8—10—11 qasqonli damlar bo’ladi. Bu damlar turli kasblarda ishlatiladi. Masalan, zargarlar uchun ikki qasqonli (qovurg’ali) dam, anjomsoz uchun uchqasqonli dam, pichoqchi uchun beshqasqonli va xokazo damlar ishlatiladi. Damda havo kiradigan teshigi bo’lib, uning ichki qismida latta yoki charmdan til yoki elpig’ich yopishtirilgan bo’ladi. Dam bosilganda til ko’tariladi va damning ichiga havo kiradi. Agarda damni qo’yib yuborilsa til berkiladi va qavo qamaladi. Kavzo orqali shoxnayzaga uriladi. Marg’ilonda buni tepki deb ataladi. Dam qaysi kasbga moslab yasalgan bo’lsa, shu nom damga qo’shib aytiladi. Masalan, temirchi dami, pichoqchi dami, zargar dami, misgar dami va hokazo. O’rta Osiyoda bu asbob juda qadimdan ishlatilib kelinadi. Masalan, XI asr yozma yodgorligi «Devonu lug’otit-turk»da, XV asrda A. Navoiy asarlarida va boshqalarda uchratish mumkin.
|
| |